Aholining bo’sh vaqti va uning sariflanishi Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash


Download 244.01 Kb.
bet4/8
Sana15.02.2023
Hajmi244.01 Kb.
#1201968
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholining bo

Mehnat jamoasi statistikasi
Mehnat jamoasinin strukturasi va rivojlanish bosqichlari.
Jamoa-bu ijtimoiy guruh turi, mehnatkashlarning yagona maqsad, faoliyat yo’lida birlashgan, uyushgan, boshqaruv, intizom va javobgarlik organlariga ega gurhidir. U a’zolarning manfaatlari birligi, hamda hamkorlik va o’zaro yordam munosabatlariga asoslangan ijtimoiy tashkilot shaklidir. Tashkilot sifatida jamoa intizom orqali tartibga solinadi va uni rahbarlar boshqaradilar. Jamoaning eng muhim integral belgisi ijtimoiy-psixologik birligidir. U tashkiqi vaziyatlarga bog’liq va turli darajalarda bo’ladi, masalan partsial va umumiy Partsial birlik kishilarning ma’lum bir yo’nalishdagi birligini ifodalaydi (maqsadlar, manfaatlar, qaramlar birligi). Bir yo’nalishda yakdil insonlar boshqa yo’nalishlarga qarshi bo’lishlari, o’zaro nizoga kirishishlari mumkin. Umumiy birlik yuqori darajadagi birlik hisoblanib, kishilar barcha asosiy yo’nalishlarda yakdil bo’ladilar. Bunda hamma bir-birini qo’llab-quvvatlaydi.
Jamoa rivojlanishning tashqi (ob’yektiv) shartlariga moddiy baza (maydon, texnik ta’minot), ish haqi darajasi, nufuz tuyg’usida aks etadigan ishlab chiqarishning ahamiyati va boshqalar kiradi. Ichki (sub’yektiv) shartlari korxonaning shaxsiy tarkibi va rahbarining sifatlari, ijtimoiy munosabatlarning puxtaligini o’z ichiga oladi.
Jamoaning rivojlanishiga uning yaqin muhit, boshqa jamoalar bilan o’zaro aloqalari ham ta’sir etadi. Boshqalardan ajrab qolish jamoani qashshoqlashuv va turg’unlikka olib keladi, aksincha, ilg’or tashkilotlar bilan keng aloqalar jamoaning faoliyat tajribasi boyishiga, uning nufuzi o’sishiga xizmat qiladi.
Jamoaning rivojlanishiga rahbar, uning tashkilotchilik qobiliyati va ma’naviy ahloqi ham ta’sir etadi. Bunda uning xarakteri, ish tajribasi, umuman olganda, boshqaruv uslubi ham kata ahamiyatga ega. Jamoaning rivojlanish bosqichlari esa quyidagicha:
1.Birlamchi sintez bosqichi.
Bu bosqich boshlang’ich hisoblanadi, unda jamoa shakllanadi, tuziladi. Mazkur bosqichda odamlar bir-birini, rahbarni o’rganadi. Rahbar esa o’z navbatida, jamoaning shaxsiy tarkibi bilan tanishadi. Bu davrda jamoa a’zolarining o’zaro, mehnat sharoitlariga, rahbariga, uning talablariga adaptatsiyasi yuz beradi, rahbar jamoani tashkilotning maqsad va vazifalari, faoliyatining yaqin kelajakka va istiqbolga mo’ljallangan rejalari bilan tanishtiradi, xodimlarning shaxsiy istaklari, tajribasi, tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda rollarni taqsimlaydi, ish rejimini belgilaydi, jamoaning hayoti va faoliyati rejimini amal qilish bo’yicha zarur talablarni qo’yadi. U ijrochilikni nazorat qilish orqali xodimlarda topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashuvni, aniqlik va puxtalikni shakllantirishga alohida e’tibor beradi, jamoa va uning a’zolari layoqati o’rganadi. Rahbar jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini ko’rib chiqib, layoqatliroq xodimlarni jamoat ishlariga doir masalalarni yechishga jalb etadi.

Download 244.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling