Aholining demografik tarkibi


AHOLINING NIKOH VA OILAVIY TARKIBI


Download 55.5 Kb.
bet2/3
Sana21.10.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1714970
1   2   3
Bog'liq
aholining demografik tarkibi

AHOLINING NIKOH VA OILAVIY TARKIBI.

Aholining nikohda turish tarkibi-aholining jinsiy va yosh guruhlarining nikohda turish holati bo’yicha taqsimlanishi. Nikoxda turishi asosan yosh guruhlari bo’yicha o’rganilganligi uchun ham ko’p adabiyotlarda aholining «nikoh-yosh tarkibi» ham deyiladi. Aholining nikoh holati bo’yicha asosiy manba aholi ro’yhati ma’lumotlari hisoblanadi. Aholi ro’yhati o’tkazilayotganda aholi nikohda turuvchilar va nikohda turmaydiganlar guruhiga ajratib ro’yhatga olinadi. Nikohda turmaydiganlar guruhiga bo’ydoqlar, bevalar va ajralganlar kiradi.


Aholining nikohda turishi aholi takror barpo bo’lishi va oilalar shakllanishida asosiy demografik omil sifatida ahamiyatlidir.
Aholining oilaviy xolati va tarkibi demografik jarayonlarga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Ma’lumki, jamiyatda insonlar oila muxitida oila a’zosi bo’lib, turli guruhlarda guruh a’zosi bo’lib yoki o’zlari alohida yolg’iz holda yashaydilar. Aholining bunday guruhlarga bo’linib yashashi uning oilaviy holatini bildiradi.
Aholining oilaviy holati haqidagi ma’lumotlar aholi ro’yhati o’tkazish yo’li bilan to’planadi. O’zbekiston statistikasida aholi oilaviy holati bo’yicha uch guruhga ajratilgan va aholi ro’yhati dasturiga kiritilgan.
1. Oila bilan birga oila a’zosi bo’lib yashovchilar.
2. Oiladan alohida, lekin oila bilan muntazam aloqani saqlab qolgan holda yashovchilar.
3. Yolg’iz yashovchilar.
O’zbekistonda aholining oilaviy xolatiga oid to’laroq statistik ma’lumotlar 1939 yilda o’tkazilgan aholi ro’yhatlari ma’lumotlaridan boshlab mavjuddir. Ushbu ma’lumotlar ko’rsatishicha 1939 yilda O’zbekiston aholisining 93,3 foizi oila a’zosi bo’lib, oila bilan birga 6,7 foizi esa oiladan alohida yashaganlar. Agar bu ko’rsatkichlar 1989 yil o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlari bilan solishtirilsa respublika aholisining oilaviy tarkibida katta ijobiy o’zgarishlar bo’lgani ma’lum bo’ladi. Chunki 1939-1989 yillarda aholining oila a’zosi bo’lib, oila muxitida yashovchi qismi 2 foizga ko’paydi va jami aholining 95,3 foizini tashkil etdi. Yolg’iz yashovchilar esa, deyarli ikki marta kamaydi.
Aholining oilaviy tarkibi deganda oila a’zosi bo’lib yashovchi aholining oila turlari bo’yicha taqsimlanishi tushuniladi1. Axolining oilaviy tarkibini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar aholining oila kattaliklari, ya’ni oilada yashovchi kishilar miqdoriga qarab va oilaning ijtimoiy guruhlari bo’yicha taqsimlanishidir.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling