AHOLINING HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI BAHOLASH YUZASIDAN SO‘ROVNOMA
Jinsingiz?
Yoshingiz?
10-18 yosh
18-30 yosh
31-40 yosh
41-50 yosh
50 yosh va undan yuqori
Maʼlumotingiz?
Oʻrta 2. Oʻrta maxsus 3. Oliy
O‘zbekistonda yuridik kuchiga ko‘ra Konstitutsiyadan keyingi
o‘rinda turuvchi hujjatni toping.
1.Prezidentining farmonlari va qarorlari
2.Hokim qarorlari
3.Qonunlar
4. Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Qaysi mansabdor shaxslar qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish vakolatiga ega?
1. Sudyalar
2. Prokurorlar
3. Ichki ishlar xodimlari
4. DXX xodimlari
3. Maktab hududida sigaret chekib turgan voyaga yetgan fuqaroni ko‘rsangiz, qanday yo‘l tutasiz?
1. Sigaret chekkan kishiga tanbeh beraman;
2. IIV xodimlariga xabar beraman;
3. Maktab rahbariyatiga xabar beraman;
4. Bu holatga eʼtibor bermayman;
5. Har kimni sog‘ligi o‘zi uchun muhim
6. Javob berishim qiyin.
4.Ta’qiqlangan (qarama-qarshi) yo‘nalishdan bir haydovchi qoidani
buzgan holda mashina haydab o‘tdi. Ushbu holat mashinangizdagi videoyozuv qurilmasida saqlanib qoldi. Bunday holatda siz nima qilgan bo‘lardingiz?
1.Hech narsa qilmayman
2.Bunaqa qoidabuzarlar soni ko‘payib ketmasligi uchun bu haqida tegishli joyga xabar beraman albatta
3.Har kim ham xato qilishi mumkin. Birovni aybini ochish yaxshi emas
4.Menga xalaqit bermasa, qarshi emasman.
5. Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar davlat idoralariga qaysi shakllarda murojaat qilishi mumkin?
1.Og‘zaki, yozma va elektron
2. Og‘zaki va yozma
3. Faqat yozma
4. Yozma va elektron
6.Bugungi kunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i necha foizni tashkil etadi?
1. 13%
2. 14%
3. 12%
4. 11%
7) OAV orqali yoki internetdagi rasmiy manbalarda berilgan huquqiy ma’lumotlarni tushunishda qiyinchiliklarga duch kelasizmi?
1. Ha, chunki rasmiy tilda berilgan ma’lumotlarni tushunishim qiyin
2. Ayrim holatlarda, chunki huquqiy atamalarning ma’nosini bilmayman
3. Yo‘q, chunki rasmiy tilda berilgan ma’lumotlarni yaxshi tushunaman
4. Yo‘q, chunki huquqiy ma’lumotlar xalqchil va sodda tilda beriladi
8) Huquqiy savodxonligingizni qanday baholaysiz?
1. A’lo
2. Yaxshi
3. O‘rtacha
4. Yomon
5. Juda yomon
9) Uy-joy uchun subsidiya olish masalasida qayerga murojaat qilasiz?
Hokimiyatga murojaat qilaman
Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilaman
Soliq organlariga murojaat qilaman
Mahalla raisiga murojaat qilaman
10) Sudning qaroridan norozisiz va bunday holatda qayerga murojaat qilasiz?
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasiga
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga
Davlat xizmatlari markaziga
Qaroridan norozi bo`lgan suddan yuqori turuvchi sudga
Do'stlaringiz bilan baham: |