Aholining ijtimoiy tarkibi


Aholi jon boshi hisobiga yalpi milliy maxsulot (2000 – y.)


Download 74 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi74 Kb.
#1512521
1   2   3   4
Bog'liq
Aholining ijtimoiy tarkibi.Dunyo aholisining irqiy tarkibi

Aholi jon boshi hisobiga yalpi milliy maxsulot (2000 – y.)
Ming AQSH dollari hisobiga



Hozir Respublikamiz xalq xo’jaligining barcha sohalari, shuningdek fan va madaniyat uchun zarur kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim o’rta maxsus o’quv yurti tayyorlab beradi.


Yildan yilga Respublikamiz xalq xo’jaligida ishlaydigan malakali mutaxassislar soni ko’payib bordi. O’zbekiston keyingi vaqtlarda industrial taraqqiyotning jadallashuvi bilan hunar – texnika bilim yurtlari (xozirgi kunda kollejlar) orqali malakali ishchilar tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi.
Shu yillarda O’zbekiston xotin – qizlar xayotida ham sifat o’zgarishlari sodir bo’ldi.
Ma’lumki xotin – qizlarning jamiyatdagi tutgan o’rni va huquqlari turli davrlarda turlicha bo’lgan. Inqilobdan avval o’zbek xotin qizlari ishlab chiqarishda kamdan – kam qatnashganlar, asosan uy – ro’zg’or ishlari, bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar. Xozirgi vaqtda o’zbek xotin qizlari xalq xo’jaligining barcha tarmoqalrida faol mehnat qilmoqdalar.
O’zbekiston endilikda barcha fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalarni birlashtirgan 2 ta fanlar akademiyasiga ega.
O’zbekistonda aholining bandlik darajasi juda murakkabdir. Mamlakatimizda qadimdan qishloq xo’jaligi rivojlanganligi va tabiiy sharoitning qulayligi tufayli aholining 36%dan ortiqrog’I qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi.
Shuningdek sanoat ham mamlakatimizda istiqbolli sohalardan biri bo’lib unda aholining 12,6% qismi faoliyat ko’rsatadi.
Xozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda xo’jalik yuritishning reindustrial shakli ommalashib boryapti. (Ya’ni nomoddiy sohaning rivojlanishi). O’zbekistonda esa xo’jalik yuritishning bu shakli xozirgi kunda ast – sekin rivojlanib bormoqda.
O’zbekistonda 1926 yilda nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan aholining bor yo’g’I 6 % I ishlagan bo’lsa, 90 – yilga kelib bu ko’rsatkich 26% ga yetadi ya’ni 4 % ga oshadi.
Musataqilliikdan so’ng O’zbekistonda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari yuqori sur’at bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga aholi moddiy va madaniy turmush darajasini yuqori bo’lishi hilma – xil xizmat ko’rsatish sohalariga bo’lgan talabni oshiradi.
Nomoddiy tarmoqlar ichidan sog’liqni saqlashda aholi tezroq o’sib boryapti. Moddiy tarmoqlar ichida bu jarayon qurilish va transportda ko’proq kuzatilyapti.
Barcha band aholining 35 qismidan ko’prog’I nodavlat sektoriga to’g’ri keladi. 2001 yilda mehnat tashkilotlariga 463ming kishidan ziyodroq aholi ish so’rab murojat qilgan. Ularning yarmidan ko’prog’I 16 – 30 yoshdagilar 23 qismini umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lganlar tashkil etadi. Shu yilda barcha ish so’rab murojaat qilganlarning 68,7% ni talabi qondirilgan.
O’zbekiston Respublikasi marko iqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari bo’yicha, respublikada rasman “ishsiz” maqomiga 7,5 ming kishi qayd qilingan. Bu jami iqtisodiyot faol aholining 0,4% ga teng yoki 2000 – yil darajasida qolgan.
Keyingi yillarda mamalakatda yangi sih o’rinlari yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda: Masalan, birgina 2001 – yilda 465,3 ming kishilik ish o’rinlari tashkil etilgan. Ularning asosiy qismi qishloq joylarga to’g’ri keladi. Bu borada yaniqsa Farg’ona, Samarqand, Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to’la va samarali foydalanish muhim muammo hisoblanadi.
Bu muammo eng avvalo davlatning “bandlik” dasturi doirasida ham etilib boradi. Ma’lumki jahon mamlakatlarida nomoddiy sohalardagi aholining bandligi oshib bormoqda. Bizda esa u hozircha kamroq. Masalan sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport, ta’lim, madaniyat, san’at va fan kabi ijtimoiy sohalarda band bo’lgan mehnat resurslarini ulushi ko’pgina viloyatlarda oz.
O’zbekistonda ham endilikda nomoddiy sohada band aholi asta sekin o’lib bormoqda.
Ayniqsa o’zbekistonda ilm fanga alohida e’tiborni qaratish o’zbek xalqining jahonshumul yutuqlari ifodasisir. Lekin shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki respublika aholisining ijtimoiy tarkibi va bilish darajasinini xozirgi talablar doirasiga ko’tarish uchun ham ancha ish qilinish kerak. Iqtisodning bundan buyon bozor munosabatlari asosida rivojlanib borishi o’zbekistonda zamonaviy sanoat ishlab chiqarish malakasiga ega bo’lgan kadrlarni ko’plab tayyorlashni talab etadi.



Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling