Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari. Reja
Download 468 Kb.
|
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari. Reja: 1. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlarining nizomi 2. Maxsus testlarning maqsadi va vazifalari 3.Maxsus testlar bo'yicha musobaqalarni tashkil etish 4. Musobaqa ishtirokchilarining natijalarini aniqlash me'zonlari FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari 2019 yilning 29 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan, yurtimizda umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport meʼyorlarini oʻz ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi. Musobaqa tarzida tashkil etiladigan, 6 yoshdan boshlab, barcha insonlar qatnashadigan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari turli shartlar asosida 12 ta yosh toifasi boʻyicha har yili 2 marotaba oʻtkaziladi. Mazkur test sinovlarida ishtirok etish fuqarolar uchun ixtiyoriydir. Qatnashish istagini bildirganlar uchun esa sinovlarida majburiy va ixtiyoriy meʼyorlar belgilangan. I, II, III darajali Alpomish va Barchinoy koʻkrak nishonlariga ega boʻlish uchun majburiy sinovlardan oʻtish talab etiladi. Maxsus test sinovlari talablarini bajargan fuqarolar I, II va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi hamda tegishli sport razryadi va unvoniga sazovor boʻladi. Bundan tashqari qarorga muvofiq, 2019 yil 10 fevraldan barcha telekanallarda har kuni uch marta (ertalab, kunduzi va kechki) 3-5 daqiqali ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari videoroliklari namoyish etiladi. 1. Mazkur Nizom aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o'tkazish tartibini belgilaydi. 2. "Alpomish" maxsus testlari erkaklar uchun, "Barchinoy" maxsus testlari esa ayollar uchun qo'llaniladi. 3. "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari (keyingi o'rinlarda maxsus testlar deb ataladi) O'zbekiston Respublikasi aholisining jismoniy tayyorgarligi yuzasidan davlat talabini belgilaydi. 4. Maxsus testlar O'zbekiston Respublikasi aholisining turli yosh guruhlarining (6 - 70 yosh va undan kattalar) (keyingi o'rinlarda yosh guruhlari deb ataladi) jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi. Maxsus testlar murakkablik darajasi aholining yoshi va jinsiga qo'ra, birbiridan farqlanuvchi to'rt pog'onada belgilanadi. Bunda "Hisob" murakkablik darajasi hamda III, II va I darajali ko'krak nishoni talablari nazarda tutiladi. "Hisob" murakkablik darajasini bajargan ishtirokchiga ko'krak nishoni berilmaydi, III, II va I darajali ko'krak nishoni talablarini bajargan fuqarolarga tegishli sport razryadlari va unvonlari belgilanadi. 5. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolar uchun maxsus testlar shartlari tashkilotchilar tomonidan sog'liqni saqlash va sohaga oid boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishib ishlab chiqilgan holda o'tkaziladi. 6. Maxsus testlar bo'yicha vazirliklar, idora va boshqa tashkilotlar, ta'lim muassasalari, mehnat jamoalari (keyingi o'rinlarda tashkilotlar deb ataladi) darajasida maxsus testlardan o'tish vaqtida betobligi yoki boshqa sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan o'quvchi, rahbar, ishchi-xodimlarning maxsus testlar talablarini boshqa kuni topshirishlariga ruxsat etiladi, lekin ular tomonidan yuqori natijalar ko'rsatilsa ham o'tgan musobaqaning g'olib va sovrindorlari tarkibiga qo'yilmaydi. 7. Maxsus testlar quyidagilarga asoslanadi: a) ixtiyoriylik va hammaboplik; b) aholini sog'lomlashtirish va jismoniy harakatlanishga yo'naltirish; v) tibbiy nazoratdan o'tish majburiyati; g) milliy qadriyatlar va hududlarning o'ziga xosligi. 8. Maxsus testlar har bir yosh toifasi bo'yicha yiliga ikki marta qabul qilinadi: maxsus testlarni birinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy imkoniyati aniqlanadi (tayyorgarlik sinovi); maxsus testlarni ikkinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy holatidagi (tayyorgarlik sinovi davriga nisbatan) o'zgarish aniqlanib, natija belgilanadi. Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling