Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz ko’paytirib borish davr talabidir
Download 14.35 Kb.
|
olma
KIRISH Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz ko’paytirib borish davr talabidir. Ayniqsa, bu borada meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga alohida e’tibor berish lozim. Mahsulot yetishtirish ortib borgai sari, uni saqlash va qayta ishlash usullari ham takomillashib, yangi zamonaviy omborxona va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida qarorida Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiharilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko’st to’ldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko’proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish takidlangan. Ma’lumki olma inson uchun qimmatbaho, parxez va oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Yaxshi pishgan olmani tarkibida 30% gacha, so’liganida 40 % va undan ko’p qand moddalari (glyukoza va fruktoza, qisman saxaroza) bo’ladi. Olma, vino, limon, qaxrabo, chumoli, shovul, salisil kabi organik kislotalar, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir kabi mineral tuzlar, A, С, Р, В guruh vitaminlari, vitamin РР kabilar ko’p. Mamlakatimizda bugungi kunda ham aholi turmush darajasini yuksaltirishning muhim tarkibiy qismi bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ta’minotiga alohida ye’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturining yeng muhim yo’nalishlari va ustivor vazifalarini belgilashga bag’ishlangan kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida yekin maydonlarini va yekinlar tarkibini optimallashtirishni, ilg’or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorligini oshirish, meva-sabzavotlarni yetishtirishni ko’paytirish, umuman aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida ye’tibor qaratdilar. Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish, paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, bo’shab qolgan yerlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat i moyli ekinlarni, shuningdek yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish, qishloq xo’jalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, fermer xo’jaliklar, enga avvalo qishloq xo’jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish yuzasidan investisiya loyihalarini amalga oshirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko’rsatish infratuzilmasini yanada keygatirish; sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorativ va irrigasiya obyektlarning tarmog’ini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonoviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish, global iqlim o’zgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni ko’rish to’g’risida aytib o’tilgan. Download 14.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling