Aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi


Download 50.22 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi50.22 Kb.
#1642125
  1   2   3   4
Bog'liq
Aholining shahar va qishloq o\'rtasida taqsimlanishi.hozzirgi zamon urbanizatsiya jarayoni.urbanizatsiya. shahar va qishloqaholisi


AHOLINING SHAHAR BILAN QISHLOQ O’RTASIDA TAQSIMLANISHI. HOZIRGI ZAMON URBANIZATSIYA JARAYONI.
URBANIZATSIYA. SHAHAR VA QISHLOQ AHOLISI.


R E J A:

  1. Urbanizatsiya to’g’risida tushuncha.

  2. Urbanizatsiya xususiyatlari va darajalari.

  3. Shahar aglomeratsiyalari va megapolislari.

  4. Urbanizatsiya tuplari.

5. Urbanizatsiya haqida tushuncha.
6. Urbanizatsiyaning xususiyatlari
. 7. Urbanizatsiya tiplari.

Aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi, shahar aholisining salmog’I har bir mamlakat yoki uning ayrim rayonlarining rivojlanish darajasini shu hudud ho’jaligining industrial yoki agrar harakterga ekanligini nihoyat urbanizatsiya darajasini ko’rsatuvch muxim ko’rsatgichidir.


Shahar aholisi soni va salmog’ining tez o’sa borishi asosan kapitalizimning rivojlanishi yirik mashina indusrtiyasining taraqqiyetishi bilan bog’liq. XIX asrdan boshlab yaqqol ko’zga tashlana boshladi. Shahar aholisining salmog’I dunyoning turli qisimlarida turlicha. Shahar aholisining salmog’i eng yuqori bo’lgan kontinent Shimoliy Amerika hisoblanadi.75 % Avstraliyada (Okeaniya bilan birgalikda)
71 % Evropada, 73 % Lotin Amerikasida, 74 % Osiyoda, 35 % Afrikada, 34 % aholi shaharlarda yashaydi. Odatda shahar aholisining salmog’i urbanizatsiyaning asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Shuningdek hozirgi zamon urbanizatsiyasining muhim ko’rsatkichi umuman shahar aholisining soni va salmog’igina emas, balki qayta va yirik shaharlarning soni va salmog’i haqidagi ko’rsatgchidir.
Urbanizattsiya – shaharlashish demakdir. Shaharlashish jarayonini qo’yidagi xususiyatlarda ko’rishimiz mumkin.
1) Shahar aholisi sonining o’sib borishida.
2) Ishlab chiqarishning shaharlarda to’planishida.
3) Shaharlar maydonining kngayib borishida jamiyat rivojlanishi tarixda shaharlarning ma’muriy markaz, madaniy markaz hamda iqtisodiy aloqalar qilinadigan markazlar sfatida roli ortib bordi. 1808 yilda dunyo aholisining 2,4 % ining shaharlarda yashagan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 47 % ga ortib ketdi.
1900 yilda 1,4 %, 1950 yilda 29 %, 1990 yilda 45 % bo’ldi. Davlatning urbanizattsiyalashgan dramasi qo’yidagi ko’rsatkichlar asosida belgilanadi.
1) 50 % dan yuqori bo’sa, yuqori darajada urbanizattsiyalashgan .
2) 20 – 50 % o’rtacha urbanizattsiyalashgan .
3) 20dan kam bo’lsa, past urbanizattsiyalashgan .
Hozirgi kunda urbanizattsiyalashgan hudud jami dunyo hududini 1 % maydoninigina egallagan holda dunyo sanoat maqsulotining 80 % ini ishlab chqarmoqda. Tabiatga ciqarilayotgan ciqindining 80 %i ham urbanizattsiyalashgan hududlar massasiga to’g’ri kelmoqda.
Shahar aglomiratsiyalari konurbanizatsiya ham deyiladi. Shaharlar hududining kengayib borib, qo’shilib ketishidan yirik shahar mlgapolislari vujlolga keladi.
Masalan: Bosvash, Chipits, Sansan, Tokaydo yirik shaharlar atrofidagi qishloqlardagi aholining asosan qismi sanoat, savdo bilan band bo’ladi. Bunday qishloqlarda hududning kengayishi, ijtimoiy hayotning rivojlanishi – Rururbanizatsiyaga misol bo’ladi.
Shaharlar aglomiratsiyasi shaharlarning guruh bo’lib rivojlanishiga, shahar aholisi manzilgoxlarining hududiy jihatdan diyarli bir – biri bilan qo’shilib ketishi yoki bir – biriga juda yaqin joylashishiga, yirik shaharlarning o’z atrofi bilan birgalikda tez rivojlanib asosiy yirik haharlar bilan uning shahar atrofi zonasi o’rtasida aholining qayta taqsimlanishi jarayoni adabiyotlada Suburbanizatsiya deb ataladi. Yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining rivojlanishi ular atrofida va orasida joylashgan ko’plab qishloq aholisi manzilgohlari ham shaharlarga hos hayot obrazining keng tarqalishiga sababchi bo’ladi. Bunday zonalarda joylashgan qishloq aholisi manzilgohlarida odatda, qishloq ho’jaligi bilan vojiq bo’lmagan mehnat faoliyati asosiy o’rin tutadi, aholi qishloi joylarda yashab, shaharlarga borib ishlaydi, aholining har kuni bajaradigan ishlari harakati ko’rinadigan darajada keng tus oladi.
Ma’daniy – maishiy talablarni qondirish maqsadlarida ham amalga oshiriladi. Bu rururbanizatsiya jarayoni deyiladi. (ingilizcha “rural” – “qishloq”) rurbanizatsiya “qishloq joylar urbanizattsiyasi” demakdir. Juda yirik urbanizatsiyalashgan rayonlar AQShda keng rivojlangan. Uning shimoliy – sharqiy qismida, Atlantika sohilida aglomeratsiya jarayoni ayniqsa kuchli.
Ayrim mamlakatlarda urbanizatsiyaga xos katta va yirik shaharlar, shahar aglomeratsiyalar tez rivojlanmoqda. Ma]lumki odatda yirik shaharlar katta yoki kichik aglomeratsiyalarning markazi hisoblanadi. Bular mamlakatning eng yirik sanoat hududidir. Hozirgi zamon urbanizatsiyasi va ayniqsa yirik shaharlar aglomeratsiyaslari geografik muhitga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ba’zan shaharlar va aglomeratsiyalar giografik shu hayotga faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi deb o’ylaydilar. Urbanizatsiya jarayonida geografik muhitga ko’rsatiladigan ta’sir uni yaxshilash, aholi hayoti uchun yanada qulayroq qilish maqsadida amalgam oshirish mumkin. Yerlar melioratsiyasi, suv mashqini va amallarda saqlanish maqsadidagi tadbirlar, dengiz, daryo, ko’l va suv omborlari qirg’oqlarining mustahkamlanishi, gidrografin tarmoqlarning rekonstruktsiaysi, himoya zonalari barpo etish va boshqalar shaharlar va shahar atrofi tabiatni yanada qulaylashtirish maqsadida amalgam oshiriladigan tadbirlar jumlasidandir.
Shaharlarning rivojlanish jarayonida tabiatga uzviy ta’sir etishishi oqibatida uning turli komponentlari o’rtasidagi muvozanat buzilishi, oqar suvlar va atmasfera xaddan tashqari ifloslanib ketishi, eryoziya jarayoni kuchayishi, flora va fauna kambag’amlashib kamayib ketishi mumkin.
Bunday jarayonlarni maishiy sanoatlarning yirik shaharlari va aglomeratsiyalarida ko’rsa bo’ladi. Sanoat korxonalari va avtomabil transporti atmosfera va oqar suvlarni ifloslantiruvchi asosiy manbalardir. Dunyoning eng yirik shaharlari bo’lgan Nyu-York, Tokio, Parij, London osmonida sanoat va avtotransport iflosliklaridan iborat sun’iy bulutni hardoim ko’rish mumkin. Birgina Nye-York shahrida ham kuni atmosferaga 3200 t, oltingugut birikmalari 280 t, sanoat changi 4200 t, uglirod ko’tariladi. Sotsialistik mamlakatlarda giografik muhitning bunday buzilishi va ifloslanishiga yo’l qo’yilmaydi. Eng yirik shaharlarimizda ham atmosfera ancha toza.
Hozirgi zamon urbanizatsiyasi jarayoni gilobal harakterga egabo’lib deyarli butun dunyoni qamrab olgan.
Urbanizatsiya o’ziga xos shahar hayot tarzini vujudga keltiradi. Buning esa kishilarning o’zaro aloqalari uchun qulay vaziyat yaratadi, aholining professional tarkibini, sotsial harakatchanligi tamoman o’zgartiradi.
Urbanizatsiya jarayoni yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarida urbanizatsiyalashgan muhitni vujudga keltiradi. Yoqori darajada urbanizatsiyalashgan muhit aholining hayoti, mehnat va dam olishi jarayonida vujudga keladigan deyarli barcha talablarni qondira oladi.
Hozirgi zamon urbanizatsiyasi fan – texnika inqilobi bilan chambarschas bog’liq holda rivojlanmoqda. Fan – texnika inqilobi sanoatning hududiy kontsentratsiyasiga sanoatning ayrim qisimlarida emas, balki katta areallarda joylashuviga aglomeratsion jarayonini kingaytirishga sababchi bo’lmoqda.
Urbanizatsiyaning yanada kuchayishiga ta’sir etayotgan muhim omillardan biri – hozirgi zamoning juda tez taraqqiy etayotgan ishlab chiqarish va sotsial infrastrukturasidir.
Hozirgi zamon urbanizatsiya jarayonining ko’p qirraligi, turli sotsial – iqtisodiy tuzumga ega bo’lgan mamlakatlarda bir – biridan forq qilish urbanizatsiyani tiplarcha ajratishni taqozo qiladi.
1) Induotrial tip.
2) Kompiens tip.
3) “Soxta” Urbanizatsiya tip.
4) Xizmat darajasining haddan tashqari rivojlanishi.
Dunyo urbanizatsiya jarayoni, asosan 1 chi tio va 2 chi tiplarga to’g’ri keladi. Urbanizatsiyaning 3 chi tipi soxta urbanizatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xos. Urbanizatsiyaning 1 chi tipi ayrim rivojlangan kapitalistik mamlakatlarga xosdir.
Urbanizatsiyani mamlakat xo’jaligining hududiy strukturasi bilan bog’lab giografik jihatdan o’rganish yaxshi natijalarni beradi.
Urbanistik struktura aholining soni turlicha bo’lgan shaharlarning nisbatan yirik shaharlar aholisining barcha shahar aholisidagi salmog’i kasbi ko’rsatkichlardan iborat.
Hududiy urbanistik struktura mamlakat turmush qisimlarining yirik shaharlar bilan ta’minlanganlik darajasi turli xil urbanizatsiya darajasiga ega bo’lgan hududlarning bir – biriga
Shaharlar juda qadimgi zamonda ma’muriy hokimiyat, savdo va hunarmandchilik markazi, harbiy qo’rg’onlar sifatida Nil, Dajla, Furaot daryolari deltalarida paydo bo’lgan. Kapitalizmni rivojlanishi va yirik mashinasozlik sanoati, transport va jahon bozorining o’sishi bilan shaharlarda sanoat to’plandi. Ko’p shaharlar transport tugunlariga, savdo taqsimot tugunlariga aylanib bordi. Shaharlarning ma’muriy va madaniy markazlar sifatidagi mavqelari kuchaydi. 20-asr o’rtalarida nomoddiy sohalarning o’sishi bilan shaharlarning vazifalari yanada kuchaydi. Hozirgi zamon shahari bir qancha vazifani bajaradi. Lekin bir xil vazifani bajaruvchi shaharlar ham mavjud. Masalan, tog’-kon sanoti shahari ilmiy shahar, kurort shahari va xatto poytaxt shaharlari ham qurilgan. Ba’zi shaharlar poytaxt qilish uchun maxsus qurilgan.



Download 50.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling