Aholining takror barpo bo’lish jarayonlari
Download 109.5 Kb.
|
AHOLINING TAKROR BARPO BULISH JARAYONLARI
R0=RLX
R – brutto koeffitsient. Lx – Onasining yoshigacha yashagan qizlar. Agar R0>1 bo’lsa, aholi o’sib boradi va kengaygan aholi takror barpo bo’lishi sodir bo’ladi; R0<1 bo’lsa, aholi soni kamayib boradi va qisqargan aholi takror barpo bo’lishi yuz beradi: R0=1 bo’lsa, aholi soni o’zgarmaydi. Bunday holni oddiy aholi takror barpo bo’lishi deyiladi. Demografik o’tish, deb aholi takror barpo bo’lishini, bir turdan ikkinchi turga (kengaygan aholi takror barpo bo’lishidan, qisqargan aholi takror barpo bo’lishiga) o’tishiga aytiladi. Demografik o’tish kontseptsiyasi fanda birinchi marta fransuz demografi L.Landri tomonidan 1903 — 1934 yillarda yaratilgan va uni demografik revolyutsiya deb atalgan. 1945 yilda amerikalik demograf F.Noutstayn «Demografik o’tish» iborasini taklif etdi. XIX asrning oxirida aholi tug’ilishi va o’lim hollari biologik qonuniyatlargagina emas, balki sotsial shart — sharoitlar bilan bog’liq, holda sodir etilishi qayd etilgan. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida aholi takror barpo bo’lishida chuqur o’zgarishlar yuz berdi.1950 yillarga kelib, jamiyatda demografik jarayonlar (nikoh, tug’ilish va o’limni) boshqarish jarayoni keng tarqaddi. Jamiyat taraqqiyotida ro’y bergan yirik ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar, aholining demografik mayliga bevosita ta’sir etdi. Ayniqsa, qator davlatlarda aholining farzandlar soniga bo’lgan munosabati o’zgardi. Ko’pbolalik o’rnini o’rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi. Oilani ko’p farzandga bo’lgan talabi asta-sekin urbanizatsiya jarayoni, sanoatni rivojlanishi, ayollar bilim darajasini oshib borishi, ijtimoiy hayotdagi o’rnini o’zgarib borishi bilan bog’liq holda kamaya bordi, Shuningdek jamiyatda ilm-fanning, ayniqsa tibbiyotning rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmatning keng tarqalishi aholi o’rtasida o’limni keskin kamayishiga, o’rtacha umr ko’rish davrini esa uzayishiga sabab bo’ldi. Xomiladorlikni oldini oluvchi vositalar xaqidagi bilimlar muntazam shakllanib bordi. Bu vositalarddan foydalanish, esa keng tarqala boshladi. Qator davlatlarlda tug’ilishni nisbati yuqori darajada saqlanib turishi, o’limning esa keskin kamayishi, aholi sonini birdan o’sib borishiga sabab bo’ldi. Bu jarayon dunyodagi rivojlanayotgan davlatlarda, ayniqsa 1960-1970 yillarda keskin tus oldi. Aholi sonini tez sur’atlar bilan ko’payib borishini aholishunos olimlar «Demografik revolyutsiya» yoki «Demografik portlash» deb atadilar. Aholining bunday tez sur’at bilan ko’payib borishi har bir davlat uchun ijtimoiy iqtisodiy muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko’pgina davlatlar o’sib borayotgan aholi sonini cheklashga harakat, «Tug’ilishni nazorat etish» dasturi qabul qilindi va tug’ilish jarayoni ekzogen (tashqi) omillar ta’sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo’lishini tashkil etgan ikki asosiy jarayon tug’ilish va o’limni boshqarilishi aholi takror barpo bo’lish sur’atini, o’zgarishiga olib keldi. Aholi takror barpo bo’lishi bir turdan ikkinchi turga o’ta boshladi. Ushbu holni yo’qorida qayd etilganidek «demografik o’tish», deb belgilandi. Demografik o’tish jarayoni bosqichma bosqich sodir bo’ldi. Mutaxasislar tomonidan demografik o’tish to’rt bosqichga ajratildi. Birinchi bosqich. Bu bosqich rivojlangan mamlakatlarda XX asr o’rtalarida kuzatildi. Unda aholi o’rtasida tug’ilish va o’lim hollari kamaya boshladi. Lekin o’lim tug’ilishga qaraganda juda tez sur’at bilan kamayadi. Ba’zi davlatlarda esa tug’ilish deyarli kamaymaydi. Natijada aholining tabiiy o’sishi juda yo’qori darajada bo’ladi. Ikkinchi boskich. O’limning kamayishi jarayoni davom etadi va kamayishi eng kulminatsion nuqtaga yetadi. Tug’ilishning kamayish sur’ati esa jadallashadi. Natijada, aholi tabiiy o’sishi sekinlasha boradi. Uchinchi bosqich. Ushbu bosqichda yo’qori bosqichlarda ro’y bergan tug’ilishni va o’limni kamayishi, aholi o’rtacha umr ko’rishi muddatini uzayishi natijasida aholi tarkibida qariyalar salmog’i ko’payib boradi. Bu hol o’lim holatini ko’payib borishiga olib keladi. Tutilish yana ham kamayib boradi va oddiy aholi takror barpo bo’lishi sodir bo’ladi. Ya’ni netto koeffitsient 1 ga tenglashadi, Boshqacha qilib aytganda. Har bir ona o’z o’rniga faqat bittadan qizni bo’lajak onani qoldiradi holos. Bu bosqichda aholi yosh tarkibida stabillashuv to’liq kuzatilmaydi. Aholi tarkibida o’lim hollari kam bo’lgan guruh yoshlar sallmog’i nisbatan baland bo’ladi. To’rtinchi bosqichda o’tlim hollari yo’qori darajada bo’ladi. O’lim va tug’ilish koeffitsientlari tenglashadi. Demiografik stabillashuv jarayoni tugallanadi. Dunyodagi qator rivojlangan davlatlar XX asrning 80 yillarida uchinchi bosqichning tugallanish davriga o’tganligi kuzatiladi. Shu davrda, ko’pgina rivojlangan davlatlar esa demografik o’tish birinchi bosqichning oxirigi va ikkinchi bosqichning boshlanish davridadirlar. 1> Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling