Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
5.2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
Zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim jihatlaridan biri uning aralash mulkka asoslangan ekanligidadir. Lekin jahonning rivojlangan birorta davlatida ham davlat mulki yoki xususiy mulklardan birortasining mutloq hokimligi uchramaydi. Rivojlangan davlatlarda turli mulk shakllarining birgalikdagi harakatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zining hayotchan ekanligini allaqachon isbotladi. Lekin tan olish kerakki, iqtisodiy hayotning u yoki bu bosqichida davlat yoki bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining ta’siri sezilarli bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti qonunlarining harakati obyektiv xaraktyerga ega bo‘lib, ularni bekor qilish mumkin emas. Xuddi shuningdek, bozor institutlari “nomenklatura”sining kengayishi, ular o‘rtasidagi aloqalarning murakkablashuvi, yangi tizimlarning (evolyutsiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri esa quyidagi maqsadlar uchun zarur: hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyat uchun xavfsiz yashash sharoitini yaratish, mulkka egalik qilish huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejimni (tartibni) o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlab turish, samarali raqobatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish); barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy o‘sishning sur’atlarini, inflyatsiya va ish bilan ta’minlash darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quvvatlashi lozim); resurslarning ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bo‘ladigan, lekin u bilan xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil 128
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining yetarli bo‘lmagan hajmda va o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bo‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling