Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘l fondini shakllantiruvchi soliqlar
- Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq
Imtiyozli soliqqa tortish – jismoniy yoki yuridik shaxslarni soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod etish.
Ijara haqi – ijara sharoitida (sharti bilan) taqdim etilgan mulk uchun to‘lovning turi. Asosiy fondlarning alohida obyektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda (qismlarda) mahsulot tannarxiga kiritiladi. Y Yig‘imlar – qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki byudjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladigan majburiy badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar kiradi. Yo‘l fondini shakllantiruvchi soliqlar – yoqilg‘i-moylovchi materiallarni sotishdan olinadigan soliq, avtomobil yo‘laridan foydalanuvchilardan olinadigan soliq, transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq va transport vositalarini sotib olganlik uchun to‘lanadigan soliqdan iborat. 762 har yili birinchi yanvargacha bo‘lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo‘yicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning birinchi fevraligacha taqdim etiladi. Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida ikkinchi oyning 15-kunigacha to‘lansa, qishloq xo‘jaligi korxonalari bu soliqni bir yilda bir marta – hisobot yilining 15-dekabrigacha to‘laydilar. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun joriy yilning birinchi noyabrigacha belgilangan. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq - bu soliqni O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydilar. Uning obyekti bo‘lib foydali qazilmalar qazib olish hajmi, texnogen hosilalarning hajmi, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari hajmi, rangli toshlar xom ashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kollektsiya materiallari namunalarini to‘plash uchun berib qo‘yilgan er qa’ri uchastkasi maydoni hisoblanadi. Soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yerning normativ bahosi - hisobli qoplash muddati davomida olinishi lozim bo‘lgan potentsial daromaddan kelib chiqqan holda ma’lum sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini ifodalaydigan ko‘rsatkich. Erni mulk sifatida berish uchun, unga nisbatan jamoa-hissali mulkni o‘rnatish uchun, meros sifatida berish, taqdim etish, bank kreditini olish uchun yer uchastkasidan garov sifatida foydalanilganda er munosabatlarini iqtisodiy tartibga solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda erning normativ bahosi er maydoni birligiga to‘g‘ri keluvchi yer solig‘ining 50 martalik hajmi miqdorida o‘rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan paytda yer solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling