Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet243/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Yer uchun ijara haqi - uning hajmi (o‘lchami), shartlari va o‘tkazish muddatlari shartnomaga muvofiq o‘rnatiladi. Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan erlar ijaraga olinganda uning miqdori ijaralangan uchastkalardan olinadigan yer solig‘ining summasidan oshmasligi kerak. Er uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga olingan mulkning ijara haqi tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin bu holda ham er uchun ijara haqi, albatta, mahalliy byudjetning daromadiga o‘tkazilishi kerak.
J
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar - daromad solig‘i,
fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport vositalari solig‘i, molmulk solig‘i, uy-joy solig‘i, meros tariqasida o‘tadigan mulkdan olinadigan soliq va boshqalar), tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qayd etish yig‘imi, boshqa soliq, yig‘im va to‘lovlardan iborat.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq – umumdavlat soliqlarining tarkibiga kirib, byudjet daromadlarining muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq progressiv xaraktyerga ega. U quyidagi shakllarda to‘lanishi mumkin: daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan; agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘rinishida; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoki boshqa mablag‘lar, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromad kiradi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling