Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet246/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

O‘zaro sug‘urta jamiyati – notijoriy tipdagi sug‘urta tashkiloti, o‘zlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta himoyasi uchun badal asosida vujudga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi sifatida amal qiladi (faoliyat ko‘rsatadi).
Q
Qayta sug‘urtalash – balanslashtirilgan (muvozanatlashtirilgan) sug‘urta portfelini yaratish maqsadida sug‘urta obyekti bo‘yicha sug‘urtalovchi majburiyatlarining bir qismini boshqa sug‘urtalovchiga berish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar tizimi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining byudjeti – Davlat byudjetining Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Qimmatli qog‘ozlar – o‘zining egasiga dividend va foiz ko‘rinishida daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Qo‘shilgan qiymat – sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulotlar, ishlar va xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o‘rtasidagi farq.
784
zanjirning oxiridagi mahsulotdan olinadi (masalan, cho‘yan rudasidan emas, balki muzlatgich, avtomobildan olinadi). Hozirgi paytda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda bu soliqdan qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tilgan bo‘lsa, AQShda uning o‘rniga sotuvdan olinadigan soliq joriy etilgan.
Ortiqcha to‘lovlar – to‘lovning byudjetga tushgan ortiqcha summasi. Odatda soliq to‘lovchining boshqa to‘lovlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan boqimandalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‘g‘rida unga ma’lum qilinadi yoki soliq organining qarori nusxasi va bankning tegishli ko‘chirmasi asosida soliq to‘lovchiga qaytariladi. Boshqa to‘lovlar bo‘yicha boqimandalari bo‘lmagan holda korxonaning ortiqcha to‘lovlari summasi uning yozma arizasiga ko‘ra to‘lov muddati etib kelmagan to‘lovlarni to‘lashga yo‘naltirilishi yoki uning o‘ziga qaytarilishi mumkin. Ortiqcha to‘lovlarning qaytarilishi soliq organlari tomonidan byudjet hisobidan amalga oshiriladi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling