Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalariga bog‘langan kreditlar


Download 1.86 Mb.
bet249/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalariga bog‘langan kreditlar – xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalari mablag‘lari hisobidan kreditor mamlakatdan tovarlar, ishlar va xizmatlar sotib olish uchun qaytarilish va tiklanish asosida mablag‘larni jalb qilish shakli.
Ts
Tsessionariy – qayta sug‘urtalashda riskni o‘ziga qabul qiluvchi sug‘urtalovchi.
E
Egri (bilvosita) soliqlar – xo‘jalik aktlari va aylanmalari hamda moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar kiradi. Ular baho yoki tarifga ustama (qo‘shimcha) tarzida (ko‘rinishida) o‘rnatilib, soliq to‘lovchilarning daromadlari bilan belgilanadigan (aniqlanadigan) to‘g‘ri (bevosita) soliqlardan farq qiladi.
Egri (bilvosita) soliqqa tortish – daromadlar sarf qilinayotgan paytda to‘lanadigan soliqlar tizimini o‘z ichiga olib, daromadlar bilan emas, balki xarajatlar bilan bog‘liqdir. Masalan, sotuvdan olinadigan soliq (sotuv solig‘i), aktsizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va h.q. Egri (bilvosita) soliqqa tortishda mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki xizmatni ko‘rsatuvchi ularni tarkibida ustama (qo‘shimcha) bo‘lgan bahoda (tarifda) sotadi va tushumdan ma’lum bir soliq summasini davlat ixtiyoriga o‘tkazadi. Shunday qilib, amalda u soliqlar yig‘uvchi, sotib oluvchi esa egri (bilvosita) soliqni to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Shunga mos ravishda egri (bilvosita) soliqqa tortishda shu soliqni to‘lashi kerak bo‘lgan va shu soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar turlicha shaxslardir.
783
F
Foyda solig‘i – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib, byudjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to‘g‘ri (bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to‘lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa tortish obyektidir. Foyda solig‘i barcha soliqlar to‘langandan so‘ng korxona ixtiyoriga qolgan foyda hisobidan to‘lanadi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling