Fuqarolarning yillik jami daromadi - ularning korxonada olgan pul va natural ko‘rinishdagi barcha to‘lanmalaridan iborat. Xorijiy valyutada olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish maqsadlari uchun daromad olingan kundagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha milliy valyutada aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami daromadi tarkibiga (soliqqa tortish maqsadlari uchun) quyidagilar kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy nafaqalari (vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun nafaqalardan tashqari); kompensatsion to‘lanmalar; moddiy yordam ko‘rsatish summalari (tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi obligatsiyalari va lotereyalari bo‘yicha yuto‘qlar; banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi omonatlar bo‘yicha foizlar va boshqalar.
X
Xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish – quyidagilar respublika byudjetdan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan tashkilotlar bo‘yicha); ijtimoiy ta’minot; mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish – quyidagilar yuqorida
782
Do'stlaringiz bilan baham: |