Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet260/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Sotib olish solig‘i - davlat daromadlarini ko‘paytirish yoki ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishni cheklab qo‘yish maqsadida mamlakatda ishlab chiqarilayotgan ayrim mahsulotlardan olinadigan soliq. Odatda eksportga mo‘ljallangan mahsulotlardan olinmaydi.
Sotish solig‘i – mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadigan soliq. Aktsizlarning ko‘rinishlaridan biri.
778
ustidan amalga oshiriladigan nazorat. Nazorat tekshiruv ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonaning o‘zida (hujjatli tekshiruv) yoki korxona tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va hisob-kitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin. Korxonalar ustidan doimiy nazoratga soliq organlarida har bir soliq turi va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va kelib tushish ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi.
Soliq krediti – mintaqaviy soliq organi tomonidan korxonaga beriladigan va tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladigan kredit. Odatda investitsiyalar va innovatsion xarajatlarni amalga oshirish uchun qaytaruvchanlik va haqlilik asosida beriladi. Qarang: Investitsion soliq krediti.
Soliq to‘xtatuvchanligi (to‘sqinchiligi) – soliq progressiyasining noproportsionalligi bilan xarakterlanadigan soliqqa tortish tizimi. Ma’lum darajadan yuqoridagi daromadlarga yanada yuqoriroq (ko‘proq) soliq o‘rnatiladi. Buning natijasida yuqori daromadga ega bo‘lish foydasiz bo‘lganligi uchun tijoriy faoliyat susayadi (pasayadi).
Soliq to‘lovchilar – qonun hujjatlariga ko‘ra soliq to‘lash majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda to‘lovchilarning boshqa toifalari.
Soliq davri - soliq bazasining (negizining, asosining) shakllanish jarayoni tugaydigan muddat. Bu muddatda soliq majburiyatining yakuniy hajmi (miqdori) aniqlanadi. Qonun tomonidan belgilangan soliqqa tortish davri davomida bir obyekt soliqning bir turi bo‘yicha bir marta soliqqa tortilishi mumkin.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling