Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet32/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Neokeynschilar nazariyalari. J.M.Keynsning izdoshlari o‘tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada ko‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQShdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyuk Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Fransiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy konsepsiya muhim o‘rinni egallaydi. Ular fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi o‘zgarishlarga borib taqaladi.
Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli moliyalashtirish” g‘oyasini olg‘a surdilar. Ular davlat qarzlarining o‘sishini inobatga olmagan (davlat qarzlarini o‘sishi bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi olimlarning ma’lum bir guruhini, shu jumladan Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.Myurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni tsiklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy tsiklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy inqiroz paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o‘sish davrida paydo bo‘ladigan ortiqcha imkoniyatlar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag‘lari iqtisodiyotning
191
boshlandi. Jahon iqtisodiy inqirozi yillariga (1929-1933 yillar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi.
J.M.Keyns nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi J.M.Keynsning (1883-1946-yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tartibga solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifatida vujudga keldi hamda u moliyaviy konsepsiyani shakllantirishga va moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Keynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikatsiyalari bilan birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida foydalanildi. J.M.Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosida “samarali talab” g‘oyasi yotadi.
Iqtisodiyot 1929-1933-yillardagi og‘ir siklik inqirozni boshdan kechirayotgan bir paytda J.M.Keyns o‘zining nazariyasini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936- yil) bayon etdi. Unda beqaror rivojlanish sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xarajatlari ana shunday aralashuvning vositalari bo‘lishi kerak. Ularning shakllanishi, tarkibiy tuzilmasi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishning muhim omillari bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining o‘sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning ko‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga erishish uchun, muallifning fikricha, davlat faqat o‘z xarajatlarining darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investitsion iste’molga ham ta’sir ko‘rsatishi kerak.
J.M.Keyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana shu “qonun”ga muvofiq, insonlar o‘z iste’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. Bu narsa, o‘z navbatida, tovarlarga bo‘lgan talabning pasayib ketishiga va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Davlat ana shunday “qonun”ning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi hamda soliq tushumlari, qarzlar hisobidan o‘z xarajatlarini oshirish yoki turli usullar orqali xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan yetmayotgan talabni to‘ldirishi kerak. Uning formulasi quyidagicha:

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling