Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Yangi tarixiy maktab konsepsiyalari


Download 1.86 Mb.
bet36/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Yangi tarixiy maktab konsepsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bo‘ldiki, uning boshlanishi nemis olimlarining (G.Shmoller, M.Veber, A.Vagner va boshqalar) nomlari bilan bog‘liq. Davlat moliyasini tadqiq qilish bilan ko‘proq A.Vagner shug‘ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni jamg‘arishning o‘z yechimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, ijtimoiy-
187
kapitalining oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq konsepsiyasi yagona maqsadga – kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi.
Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham o‘zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar so‘zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mo‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jamg‘arilishi qisqaradi yoki soliq to‘lovchining iste’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining o‘sishiga sabab bo‘lib, ular iste’mol qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan proporsiyalarda iste’molchining yelkasiga yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bo‘lmasa-da, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib keladi.
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buyuk zulmdir”, degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o‘sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli pasayadi va bu narsa, oxir-oqibatda, ishlab chiqarishda o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak.
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning konsepsiyasini, ko‘p jihatdan, aniqlab bergan edi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida ilg‘or mamlakatlarning moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xo‘jalik hayotiga davlatning aralashmasligi prinsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.
XIX asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keldi. Xuddi shu davrning o‘zida turli sotsial guruhlarning
186
    • Nazoratning obyektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning qanday shakllari mavjud?


    • Ichki va tashqi moliyaviy nazorat bir-biridan qanday farqlanadi va ularning qanday umumiy jihatlari bor?


    • Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning qanday metodlaridan foydalaniladi?


    • Subyekt xo‘jalik faoliyatini qamrab olishning to‘liqligiga qarab taftishning qanday turlari bo‘lishi mumkin?


    • Moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko‘ra taftishlar qanday guruhlarga bo‘linadi?


    • Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga qanday funksiyalarni bajarish yuklatilgan?


    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qanday asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan?


    • Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat Bosh boshqarmasining vazifalari sifatida nimalar belgilangan?


    • Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari nimalardan iborat?


    • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimidagi Bosh nazorat-taftish boshqarmasining vazifalariga nimalar kiradi?


    • Moliyaviy nazorat nodavlat turlarining tarkibi nimalardan iborat?


    • Ichki firmaviy moliyaviy nazoratning xarakterli xususiyatlari nimalardan tashkil topadi?


    • Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat qanday xususiyatlarga ega?


    • Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan iborat?


    • Auditorlik xizmatlari yana qanday boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin?


    • Auditorlik tekshiruvining qanday turlari mavjud?


    • Har yili qanday subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shart?


    • Auditning asosiy tamoyili nimadan iborat?





Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling