Kфк = K аа : Kба
Bu yerda: Kфк- kapitalning faollik koeffitsiyenti;
K аа - aylanma aktivlar (ishlayotgan kapital);
Kба- barcha aktivlar (XYuSning barcha kapitali).
Shuning uchun ham XYuS rezerlarining butun bir qismi aylanma mablag‘lardan foydalanish va ular aylanishining tezligi bilan bog‘liq. Ana shu maqsadda ishlab chiqarish zaxira57larining ortiqcha qismini qidirib topish va realizatsiya qilish asosida aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzilishini optimallashtirish, debitorlik qarzlari va tayyor mahsulot zaxira (zapas)lariga sarflanayotgan mablag‘larni qisqartirish talab etiladi. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishning rezervlarini qidirib topish uchun ularning absolyut va nisbiy ozod bo‘lishini (bo‘sh bo‘lishini, bo‘shashini) aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Tahlil qilinayotgan davrning boshi va oxiridagi aylanma mablag‘lar haqiqiy o‘lchamlari o‘rtasidagi farq ularning absolyut ozod bo‘lishini (absolyut iqtisod qilinganligini) ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi esa ularning hisobli o‘lcham taqqoslaganda qancha iqtisod qilinganligini tavsiflaydi, o‘tgan davrda ulardan foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda haqiqatdagi aylanishga xizmat qilish uchun XYuSga qancha aylanma mablag‘lar kerak bo‘lishi mumkinligidan darak beradi.
Nisbiy ozod bo‘lish XYuS aylanma mablag‘laridan foydalanishning samaradorlik darajasini ifodalaydi, ya’ni ularning shartli ozod bo‘lishini ko‘rsatadi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
223
Agar sof foydaning yoki netto-foydaning baho va to‘liq tannarx o‘rtasidagi farq hamda soliq to‘lovlari o‘lchamiga kamaytirilganligidan iborat ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, aktivlarning rentabelligi faqat bozor konyunkturasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki foydadan olinadigan soliq summalariga ham bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ladi:
S ф = B м - (T м + S т )
Bu yerda: Sф - sof foyda;
Do'stlaringiz bilan baham: |