Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNI MOLIYAVIY ISLOH QILISH 9.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilishning zarurligi va mazmuni
- Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘zaro aloqalarining modeli
B м - mahsulot bahosi;
T м - mahsulot to‘liq tannarxi; S т - soliq to‘lovlari. Aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi bir so‘mlik aktivlarga (XYuSning butun mol-mulkiga) to‘g‘ri keluvchi sof foydaning miqdorini ko‘rsatadi va XYuS faoliyatining moliyaviy faolligini o‘zida aks ettiradi. Bu ko‘rsatkichning darajasi XYuS aktivlarining tarkibiy tuzilishiga, ya’ni asosiy fondlar aktiv va passiv qismlarining, asosiy va aylanma kapitalning nisbatiga bog‘liq. XYuS asosiy kapitalidan foydalanishga tavsifnoma beruvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri fond qaytimi hisoblanib, uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: F к = (R м : Aф ) Bu yerda: F к - fond qaytimi; R м - realizatsiya qilingan mahsulot hajmi; Aф - asosiy fondlarning yillik o‘rtacha qiymati. Asosiy fondlarning aktiv qismiga (dastgohlar, mashinalar, mexanizmlar va h.k.) qancha ko‘p asosiy kapital sarflangan bo‘lsa va ular yil davomida qanchalik ko‘p aylanish sodir etsa, XYuS shuncha ko‘p foyda oladi. Aylanma aktivlar XYuS kapitalining eng faol elementi hisoblanadi. Yil davomida ular aylanishining miqdori kapitaldan 222 9-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNI MOLIYAVIY ISLOH QILISH 9.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilishning zarurligi va mazmuni XYuSlarning faoliyatida sifat o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabatlari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (XYuSlar)ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘zaro aloqalarining umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (9.1.1-chizma): 9.1.1-chizma. Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘zaro aloqalarining modeli Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning miqdorini aniqlab berganligi uchun XYuS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida rivojlanishning bozor omillari o‘zgarishini har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar moliyaviy faoliyatining butun falsafasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYuSlarning moliya munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil etadi. Mamlakatimizda 2016-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va eng yangi texnologiyalarga investitsiyalar asosida innnovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash; XYuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish; XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish; ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYuSlarning investitsion jozibadorligini oshirish; aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunkturasini bashorat qilish, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalashtirish. XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiriladigan sof foyda hajmini ko‘paytirish alohida o‘rin egallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti aktiv (kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining XYuS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling