Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet60/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

S мр = N м ф : X мр
Bu yerda: S мр - XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi;
N м ф - ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun XYuS faoliyatining moliyaviy natijasi;
X мр - shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun
XYuS tomonidan sarflangan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqatgina moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini ifodalovchi yaxlit ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog‘liqligi xosdir.
Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija va moliyaviy xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsatkichlarga ham to‘liq tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan tahliliy maqsadlar uchun bu majmua (to‘plam)dan aynan XYuSning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho
236
F р - realizatsiya omilining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi;
F ас - realizatsiya qilingan mahsulot assorti- mentining o‘zgarishi natijasida foydaning o‘zgarishi.
Albatta, foydaning miqdoriga XYuSning soliq siyosati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki odatda, barcha soliqlar tovar bahosining tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda, bahoning darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, soliqlar XYuSning sof foydasiga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans (umumiy) foyda va uning byudjetga to‘langan qismi o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iloji boricha XYuSlar foydasining asosiy qismi byudjetga olinmasligi va XYuSning ixtiyoriga qoladigan sof foyda uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmog‘i lozim. Bu, eng avvalo, investitsiyalarga tegishli bo‘lib, amal (harakat)dagi XYuSlarda ularning manbai sof foydadir. XYuSlarda sof foyda bo‘yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning realizatsiya hajmiga nisbati) yuqori bo‘lib, ularning sog‘lom faoliyatini ta’minlashga yetarli bo‘lishi kerak.
Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning quyidagi parametrlariga chiqishga harakat qilmog‘i lozimki, ular XYuS ishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarkibiy tuzilmasining ijobiyligidan darak beradi: - to‘lovga qobillik koeffitsiyenti - ≥ 1;
    • joriy likvidlik koeffitsiyenti - ≥ 2;


    • aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘- lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti - ≥ 0,1;


    • absolyut likvidlik koeffitsiyenti - ≥ 0,2; - zaxira va xarajatlarning hajmi (o‘lchami) ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga teng (≤) bo‘lishi kerak.


XYuS faoliyatini zarar (ziyon)siz va tanazzulsiz bo‘lishini ta’minlash uchun kompaniya ishtirokchilari va moliyaviy menejment tomonidan bu ko‘rsatkichlar doimiy ravishda monitoring qilib borilishi va zarur bo‘lgan hollarda ularning darajasi o‘z vaqtida o‘zgartirilishi lozim.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling