Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet62/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

F их - ish haqi fondi;
Fф - tovarlarni sotishdan olingan foyda (soliqlar to‘languncha va foydadan boshqa to‘lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi shubhasiz.
Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilmasdan uning aylanmasida bo‘lgan paytda, unga qo‘shimcha daromad keltiradi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida XYuSlarnig bir-birlariga o‘zaro mol yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya darajasi o‘ta yuqori bo‘lganligi uchun o‘sha davrlarda bank kreditlari stavkasining 100% dan ham baland bo‘lganligi holatida sotib olgan mahsulotning pulini o‘z vaqtida to‘lamaslik shu XYuS ga noqonuniy, lekin qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qildi. Shunday holatlar ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaslik tufayli ham yuz berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi mablag‘lari ularning ixtiyorida bo‘lib, ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda foydalanishlari mumkin edi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo‘lib hisoblanadi.
234
    • XYuSni moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida qanday tadbirlar belgilanadi va ulardan qanday samara olinishi ko‘zda tutiladi?


    • XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari nimalarga muvofiqlashtirilishi kerak?


    • Ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatning rezerlari nimalardan iborat?


    • Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy usulini ayting.


    • Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi qanday guruhlarga bo‘linadi?


    • Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv nimadan iborat?


    • XYuS moliyaviy barqarorligining ichki va tashqi rezervlari qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?


    • Aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?


    • Fond qaytimi ko‘rsatkichining aniqlanish tartibi qanday va u nimaga tavsifnoma beradi?


    • Kapitalning faollik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?


    • Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi nimani xarakterlaydi va uni qanday aniqlash mumkin?


    • Moliyaviy leverij deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi?


    • Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsim


    • lashning umumiy ko‘rinishi qanday?


    • To‘lovga qobillik koeffitsiyentining aniqlanish tartibi qanday va u nimani xarakterlaydi?


    • XYuSni bankrot deb e’lon qilmaslik uchun qanday omillarga alohida e’tibor qaratmoq lozim?


    • Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori o‘zgarishining hisob-kitobi qanday tarzda amalga oshirilishi kerak?


    • Tannarx, baho, realizatsiya, realizatsiya qilingan mahsulot assortimenti omillarining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi qanday aniqlanadi?


    • Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning qanday parametrlariga chiqishga harakat qilishi kerak?





Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling