Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
N а = (1/m) x 100%
Bu yerda: N а - amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk obyektining boshlang‘ich (tiklash) qiymatiga nisbatan amortizatsiya normasi (foizda); m - amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk shu obyektining foydali foydalanish muddati (oyda). Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: N а = (2/m) x 100% Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsiyenti. Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o‘z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tushilmalar ham kiradi: foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashkilotlarda aksiyador sifatida ishtirok etishdan olinadigan daromadlarni ham qo‘shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag‘lari; mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag‘lari; XYuSga tegishli bo‘lgan ijara haqi, lizing to‘lovlari, dividendlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar, sotishdan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni sotishdan olingan daromadlar; ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan foyda. Ish tartibini o‘zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsiyentining oshirilishi, intensiv foydalanishning o‘sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o‘zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o‘zlashtirilishi, innovatsion yangiliklarni joriy etish fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshiradi. Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag‘larining manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar; banklarning o‘rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish (qurish) uchun milliy va xorijiy valyutada olingan qarzlar. Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi: hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag‘lari; taraqqiyotning strategik yo‘nalishini amalga oshiruvchi maqsadli dasturlar asosida investitsiyalar ko‘rinishidagi byudjet mablag‘lari; kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari; hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa XYuS va tashkilotlardan moliyaviy tushilmalar; va boshqalar. Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o‘rinni egallaydi. foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘z vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling