Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Davlat byudjeti me’yor (norma)lari, xarajatlar smetasi va davlat krediti
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
18.3. Davlat byudjeti me’yor (norma)lari, xarajatlar smetasi va davlat krediti
Davlat byudjeti me’yor (norma)lari. Davlat byudjeti mablag‘larini sarf qilishning asosiy prinsipi ularning mo‘ljallanganligi va vaqt bo‘yicha qat’iy tartibga solinganligidir. Tashkilot pul mablag‘laridan smetada ko‘zda tutilmagan maqsadlar uchun foydalanish huquqiga ega emas. Davlat byudjeti tashkiloti smetasining xarajatlari ularning ro‘yxatini o‘z ichiga olib, tarkibiga quyidagilar kiradi: xodimlarning mehnat haqini to‘lash; davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga badallar; aholiga transfertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar); xizmat safari xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompensatsion to‘lovlar; sotib olinishi kerak bo‘lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar va ko‘rsatilajak xizmatlarga haq to‘lash. Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar aniq ehtiyojni qondirish o‘lchovi sifatida pul mablag‘larining ma’lum summasida ifodalangan xarajatlar me’yori (normasi) asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda pulli me’yorlarning har xil turlaridan foydalaniladi: moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko‘rsatkichlariga asoslangan normalar (ovqatlanish, tibbiyot uskunalari, doridarmonlarni sotib olish, yumshoq inventarlar va h.k.lar xarajatlari normasi). Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini namoyon etadi; umumlashtirilgan yakka tartibdagi to‘lovlar – ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, xizmat safari xarajatlari va boshqalar; o‘tgan davrlarda mablag‘larning sarflanish ko‘rsatkichlarini umumlashtirish asosida tajriba-statistika usuli yordamida va davlat byudjetining imkoniyatlarini hisobga olgan holda vujudga keltirilgan normalar. O‘zining murakkablik darajasiga qarab, davlat byudjeti me’yorlari ikkiga bo‘linadi: oddiy me’yorlar (xarajatlarning oddiy yoki aniq turiga tegishli bo‘lgan me’yorlar); kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yorlar (bir necha xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar moddasini va o‘xshash xarajatlar moddalarini shakllantiradigan yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan me’yorlar). Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha tashkilotlarining barcha turdagi xarajatlarini qamrab oladigan yiriklashtirilgan me’yorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish muassasalar ishini yuqori yakuniy natijalarga erishishga yo‘naltiradi: bolalarni o‘qitish, mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga yordam ko‘rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning qo‘llanilishi turli xarajatlar yo‘nalishida davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha tashkilotlarning mustaqilligini kengaytiradi va resurslardan oqilona va tejamli foydalanishda ularning manfaatdorligini kuchaytiradi. Davlat byudjeti normalari juda ko‘p omillar ta’siri ostida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizimining o‘zgarishi, milliy xo‘jalikda ish haqining o‘sishi, mahalliy byudjetlarda xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarning paydo bo‘lishi kabi omillar me’yorlarning miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi; davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi; davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; ochiqlik. Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti jarayoni prinsiplari, davlat byudjeti qonunchiligini buzganlik uchun sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va davlat byudjeti mablag‘lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi. Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriyhududiy tuzilishiga muvofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy birlikning o‘z mustaqil byudjeti bo‘lishi shartligi bilan izohlanadi. Ma’muriy – hududiy birlik o‘z byudjetini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanishda muayyan vakolatlarga ega bo‘ladi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi prinsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti mutlaqo balansli holda tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga oshirilishi mo‘ljallangan xarajatlar moliya yilida olinajak daromadlar miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlarning hajmi davlat byudjeti daromadlari va uning defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami hajmiga teng bo‘lishi kerakligini bildiradi. Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar davlat byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish masalasiga alohida e’tibor berishlari kerak. Bundan tashqari, daromadlarni yig‘ish va mablag‘larni xarajat qilishda byudjetlarning bir-biriga bo‘ysunadigan yuqori va quyi zvenolari qat’iy o‘zaro bog‘liqlikda harakat qiladi. Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish o‘ta muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Daromadlarni prognoz qilishning asosi bo‘lib mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining natural ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ular bazasida kelgusi davrda olinishi mumkin bo‘lgan 445 Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling