Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar.
- Ko‘p tomonlama moliyaviy munosabatlar.
Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar, odatda, jamg‘armaning daromadlarini shakllantirishda yoki uning xarajatlarini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Masalan, ko‘pchilik mamlakatlarda valyuta fondining tashkil etish manbai markazlashtirilgan byudjet mablag‘laridan qaytarib berilmaydigan subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir tomonlama moliyaviy aloqalar jamg‘arma daromadining bir qismini moliya tizimining boshqa bo‘g‘iniga dotatsiya yoki subsidiya sifatida o‘tkazganda ham vujudga keladi. Masalan, AQShda tashkil etilgan Yo‘l jamg‘armasi maxsus soliqlar hisobiga tashkil etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘lgan davrlarda Federal byudjetga zayom shaklida taqdim etiladi.
Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar amaliyotda moliyaviy resurslarning oqimi fondlararo va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Masalan, Pensiya jamg‘armasi nafaqat maxsus ajratmalar hisobiga tashkil etiladi, balki hozirgi davrda respublika byudjetidan olinayotgan byudjet transfertlar: hisobidan ham qisman shakllanadi. Bir vaqtning o‘zida, agar jamg‘arma daromadida aktiv saldo vujudga kelsa, u ortiqcha moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlarini xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat byudjetga kreditor sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘p tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunda bitta davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasi bir vaqtning o‘zida bir nechta jamg‘armalar hamda moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Ya’ni, pul mablag‘lari turli xil yo‘nalishlarda harakat va oqimda bo‘ladi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bir qator vazifalarni bajaradi. Ularning ko‘lami keng, ammo asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: • iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash (ekologiya jamg‘armalari, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqalar); 495 ko‘rsatish ko‘lamining kengayishi va moliyaviy siyosatning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan muammolarni maqsadli va manzilli bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Shunday vaziyat shakllanganda hukumat davlat byudjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish uchun maxsus qaror qabul qiladi. Bizda ham yuqorida qayd etilgan vaziyatga o‘xshash holat vujudga kelishi va mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi munosabati bilan 20042009 moliya yillarini o‘zida qamrab olgan davlatning byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi tashkil etilgan edi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasi har qanday maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, odatda uning nomida qanday maqsad uchun tashkil etilayotganligi aks etadi. Masalan, Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va h.k. Moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari kabi Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy daromad hisoblanadi. Bunday jamg‘armalarning aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi. Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadini shakllantirishning asosiy usullari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar; 2. Davlat byudjeti mablag‘lari va zayomlar. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlarini tashkil etishning asosiy usuli maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar hisoblanadi. Ushbu manbalalar hisobidan jamg‘armalar daromadlarining 80-90% va hatto 100% ham shakllanishi mumkin. Davlat byudjeti hisobidan shakllanayotgan mablag‘lar amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotatsiya va subvensiya ko‘rinishida (davlat byudjetidan transfertlar shaklida) beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga turli muddat va qiymatda (foizli, foizsiz) bo‘lgan zayomlar ham jalb qilinishi mumkin. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling