Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet237/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Maqsadli soliq imtiyozlari – xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda o‘zaro manfaatdorlik (o‘zaro foydalilik) asosida mintaqaviy byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin. Maqsadli ajratmalar – nobyudjet fondlarning daromadlar qismini shakllantiradi. Bu ajratmalarning manbai ishlab chiqarilgan (yaratilgan) yalpi ichki mahsulot bo‘lib, uning hisobidan birlamchi daromadlarni shakllantirish
765
soliq)ning summasi asos raqamlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadigan koeffitsiyent asosida hisoblanadi. Bunda uning summasi korxonada yangidan yaratilgan mahsulotning ma’lum bir foizidan (masalan, 5%) oshmasligi lozim.
Kvotativ soliqlar – daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga nisbatan foizlarda o‘rnatiladigan soliqlar.
Kontingentlashtirilgan soliqlar – umumiy summasi oldindan o‘rnatiladigan va so‘ng ma’muriy birliklardan tortib to alohida soliq to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanadigan soliqlar.
L
Lizing – moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o‘xshashlarni uzoq muddatli ijaraga olinishini anglatadi. Lizingda uning obyektlari odatda (lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o‘tkaziladi. Bu tartibdagi bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko‘rmaydilar va, odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo‘ladilar.
Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo‘jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olish kirish, olib chiqish yoki o‘tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotereya va mahalliy auktsionlarni o‘tkazish uchun litsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o‘tkazuvchiga, shug‘ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspektsiyasiga yo‘llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanliklari to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
London klubi - o‘z hukumatlarining kafolatlarisiz SSSRga ssuda taqdim etgan 600 yirik g‘arb bank-kreditorlarning birlashmasi. 1996 yilda Rossiya va London klubi o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unga muvofiq 32 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi Rossiyaning tashqi qarzi (shundan, 25 mlrd. AQSh dollari – asosiy qarz, 7 mlrd. AQSh dollari esa – asosiy qarz bo‘yicha to‘lanmagan foizlar) muddatidan oldin restrukturizatsiya qilingan va unga ko‘ra, bu qarz navbatdagi 25 yilga qayta rasmiylashtirilgan va 5 yillik imtiyozli davr taqdim etilgan edi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling