Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.86 Mb.
bet35/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
    • Odatda, moliyaviy nazorat qanday ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi?


    • Moliyaviy nazorat deb nimaga aytiladi?


    • Moliyaviy nazoratning predmeti qanday moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat?


    • Moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo‘linadi?


    • Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga bo‘linadi?


    • Moliyaviy nazorat o‘z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi?


    • Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, qanday elementlardan tashkil topadi?


    • Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?


    • Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari tarkibiga nimalar kiradi?


    • Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko‘ra uning qanday turlari mavjud?


    • Moliyaviy nazoratning shakllarini qanday mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan?


    • Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin?


    • O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari o‘z ichiga nimalarni oladi?


    • Nazoratning subyektlari bo‘yicha moliyaviy nazoratning qanday shakllari bo‘lishi mumkin?


manfaatlarini hisobga olgan holda o‘z siyosatini o‘zgartirishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchilarning asarlari paydo bo‘ldi.


Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873-yillar) mamlakatda ijtimoiy keskinlashuvni yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida o‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi prinsiplari ishlab chiqildi. Hayot kechirish uchun zarur sanalgan daromadga teng bo‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g‘oyasi aynan unga tegishlidir.
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo‘llabquvvatlashlar uchun o‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari o‘rtasida bog‘liqlikni o‘rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog‘lagan.
Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amerikalik iqtisodchi olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va u soliqlarning o‘sishi davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan birgalikda yuz berishi kerak, deb hisobladi.
Shveytsariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842-yillar) rivojlangan davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xo‘jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan, proteksionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bo‘yicha ingliz yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bo‘lib, bunday siyosatni u millatga ziyon yetkazuvchi siyosat deb hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish borasidagi proteksionizm siyosatining ijobiy tomonlarini ko‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol o‘ynab borayotgan o‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u yetarlicha baholay olmadi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling