Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet43/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Sovet moliya fani. Iqtisodiyot va moliyani boshqarishning direktiv metodlariga o‘tilishi munosabati bilan moliya xususidagi ilmiy tasavvurlarni unifikatsiya qilish va tartibga keltirish, ularni sinfiy kurash manfaatlariga bo‘ysundirish zaruriyati paydo bo‘ldi. SSSR moliyasi to‘g‘risidagi fanning yaratilishi buning natijasi bo‘lib, unda sovetlar moliyasining kapitalistik davlatlar moliyasidan ustunligi ko‘rsatildi. Bu fanning oyoqqa turish davri nisbatan uzoq vaqtni talab etib, 1920-yillarning oxiridan 1950-yillarning boshigacha davom etdi.
Birinchi davrda (1926-1931-yillar), asosan, birinchi besh yillik rejaning bajarilishi jarayonida vujudga kelgan moliyaning xususiy masalalari ishlab chiqildi. Bir vaqtning o‘zida, moliyaning sotsialistik amaliyotdagi yangi voqeliklarini umumlashtirishga ham harakat qilindi. Bunday ishlar qatoriga D. Kuzovkov, G. Tiktina, A. Bukovetskiylarning ishlarini va, ayniqsa, muallifning o‘zi tomonidan “markscha darslik” deb e’tirof etilgan D. Bogolepovning “Moliya fanining qisqacha kursi” darsligini ko‘rsatish mumkin.
Sotsialistik atamalardan, so‘z va iboralardan keng foydalangan bo‘lishiga qaramasdan D. Bogolepov moliyasining mazmuni “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasidan kelib chiqadiki, uning tarafdorlari, yuqorida qayd etilganidek, Oktyabr davlat to‘ntarilishigacha bo‘lgan rossiyalik iqtisodchilar edi. Bularning hammasi moliya nazariyasining biron-bir ishlanmasi rasmiy jihatdan e’tirof etilmasligiga va qo‘llab-quvvatlanmasligiga olib keldi. Bu o‘sha davr SSSR tarixiy taraqqiyotiga xos holat edi. Sovet moliya fani taraqqiyotining ikkinchi davri (1931-1956- yillar) moliyaning predmetiga nisbatan yagona qarashlarning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Ilmiy asarlarida moliyaning nazariy asoslarini: moliyaning mohiyati, funksiyalari va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, milliy daromadni taqsimlashda moliyaning o‘rni, moliyaviy tizimning tarkibi va boshqa shunga o‘xshash bir qancha masalalarni ishlab chiqqan V. D’yachenko bu davrning klassikiga aylandi. U birinchi bo‘lib moliyaga markscha ta’rif berdi. Berilgan ta’rif quyidagicha edi: “Daromadlar va jamg‘armalarni rejali taqsimlash orqali davlatning funksiyalari va vazifalariga muvofiq ravishda uning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan pul munosabatlari tizimiga sotsialistik davlatning moliyasi deyiladi”56 (tarjima - mualliflarniki).
V.D’yachenkoning asarlari birinchi rasmiy darsliklar hisoblangan “SSSR moliyasi” (1933-yil) va “SSSR moliyasi va krediti” (1940-yil) darsliklari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. V.D’yachenkoning moliya nazariyasiga oid umumiy qarashlari uning “Sovetlar moliyasining mohiyati va funksiyalari to‘g‘risidagi masalalarga doir” asarida aks ettirilgan.
Bu davrda moliya fanining amaliy masalalarini tadqiq qilish, asosan, ikki yo‘nalishda amalga oshirildi: 1) moliya kategoriyalarining taraqqiyot tarixini o‘rganish. Bu ro‘yxatga K.Plotnikovning byudjet tarixiga bag‘ishlangan, A.Zverev va N.Voznesenskiylarning Ulug‘ Vatan urushi davrida moliyaning idoralari tizimlarining moliya bo‘linmalari uchun oliy ma’lumotli moliya mutaxassislarini tayyorlar edi.
O‘zbekistonda moliya sohasida maxsus oliy o‘quv yurti tashkil etilgani bilan uning professor-o‘qituvchilari batamom Ittifoq markazlaridan yuborilgan mutaxassislardan iborat edi. Ya’ni o‘sha davrlarda Toshkent Moliya instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlari iqtisodiyot fakultetlarining talabalariga ham moliya fanini Rossiyadan yuborilgan asosan xristian millatlariga mansub olimlar o‘qitishgan.
Lekin 1940-yillarga kelib, O‘zbekistonning o‘zbek millatiga mansub oliy ma’lumotli ilk moliyachi mutaxassislari paydo bo‘lishdi. Bu holat ular ichidan Ittifoq va O‘zbekiston davlat byudjetlari o‘rtasidagi munosabatlarni tushuna oladigan va bu borada fikrlar ayta oladigan o‘zbek mutaxassislari va olimlarining ham paydo bo‘lishiga zamin yarata boshladi. Lekin, qator obyektiv sabablarga ko‘ra, eng avvalo, sobiq Ittifoqning bu masalaga aynan o‘gay ko‘z bilan qaraganligi, Markaziy Osiyodan moliya faniga kimdir kirib qolishini xohlamasligi sababli o‘zbek moliyachi mutaxassislari bu sohada ilmiy daraja olishlari uchun yana uzoq yillar kutishlariga to‘g‘ri keldi.
Demak, Toshkent Moliya institutining ilk o‘zbek o‘qituvchilari 1940-yillarda paydo bo‘lishgan. Ana shulardan biri keyinchalik iqtisod fanlari doktori, professor darajasiga yetishib, Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan “moliya” kafedrasini 30-yil boshqargan, o‘zbek moliya fanining otasi Hikmat Rahimovich Sobirov edi.
Sobiq Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda moliya fanining taraqqiyotida va uning nazariy masalalarini tadqiq etishda o‘zbekistonlik moliyachi olimlardan dots. Q.A.Yah’yoev, dots. A.F.Krasnikov, dots. F.Sh.Shamsiddinov, dots. X.M.Muratov, dots. H.H.Muhamednazarov, fanning rivojiga muayyan hissa qo‘shishgan.
O‘zbekistonda moliya fanining bugungi taraqqiyotida prof.
T.S.Malikov, prof. O.O.Olimjonov, prof. J.Zaynalov, prof.
N.H.Haydarov, prof. O.K. Iminov, prof. N.Karimov, prof. M.I.Almardonov, prof. M.B.Hamidulin, prof. B.E.Toshmurodova, prof. N.X.Jumaev, prof. I. Butikov, prof. N.R.Qo‘zieva, prof. Sh.A.Toshmatov, prof. A.A.Omonov va boshqalar samarali faoliyat ko‘rsatishyapti.
203
ham e’tiborga molik ilmiy asarlar soni kamayib, sifati ham pasaya boshladi.
Bu salbiy tendensiya Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgan davrda yanada kuchaydi. O‘zbekiston Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan paytda bu yerda iqtisod va moliyaga oid asarlar yozish deyarli to‘xtab qolishi obyektiv sabablarga bog‘liq edi. Negaki, mazkur masalalar to‘laligicha Rossiya imperiyasining O‘zbekistonni boshqarish uchun tashkil etgan maxsus generalgubernatorlik mahkamasi tomonidan amalga oshirilar va mustamlaka yurtning fuqarolariga moliya fani masalalari bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmas edi. Chunki bu holatda yurtimizdan olib chiqib ketilayotgan moddiy va moliyaviy boyliklarning miqdorini yerli xalqning vakillari bilib qolishlari mumkin edi.
O‘zbekiston sovet davrida ham mohiyat jihatidan tom ma’nodagi mustamlaka davlat bo‘lib qolaverdi. Bu davrda ham O‘zbekistonning iqtisodiyoti bir tomonlama, ya’ni faqat Markazning manfaatlariga xizmat qilishga moslashtirib rivojlantirildi, SSSRning asosiy xomashyo bazalaridan biriga aylantirildi.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi hududida yaratilayotgan yalpi ichki daromad va milliy daromadning haqiqiy miqdorini Moskvadagi markaziy iqtisodiy idoralarning rahbarlarigina bilishar va bu davlat siri edi. Chunki yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan eng yirik ishlab chiqarish korxonalari Ittifoq mulki bo‘lib, shu sababdan ularning daromadlari ham SSSRning daromadlari hisoblanardi. Ittifoq markaziga bo‘ysunuvchi mazkur korxonalarning soliq va to‘lovlari ham Ittifoq byudjetining daromadlari tarkibiga kiritilgan va uning daromad manbalari hisoblanar edi. Ana shu sabablarga ko‘ra, ya’ni xuddi Rossiya imperiyasi davridagiga o‘xshab, O‘zbekiston hududida uning korxonalari va xalqi tomonidan yaratilayotgan daromadlar miqdorini bu ittifoqdosh respublika fuqarolari bilib qolmasliklari uchun sobiq Ittifoq rahbariyati barcha vositalarni ishga solgan.
1931-yili Toshkentda maxsus moliya instituti tashkil etildi. Mazkur oliy o‘quv yurti O‘rta Osiyo va Qozog‘iston (Sovet davrida Markaziy Osiyo shunday nom bilan atalgan) ittifoqdosh respublikalari moliya vazirliklari, boshqa barcha vazirlik va
202
rivojlanishini yoritgan kitoblarini kiritish mumkin; 2) moliyaviy amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish xarakteriga ega bo‘lib, moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan. Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqeliklarga barham berilishi sovet moliya fanida ham yakkafikr hukmronligiga yakun yasadi. 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini o‘z ichiga olgan davrda moliya nazariyasiga bag‘ishlangan iqtisodchi olimlarning qator ishlari paydo bo‘ldi. Ularning orasida A.Aleksandrovning “Sotsializm moliyasi” (1965-yil), A.Birmanning “Sovet moliya nazariyasining ocherklari” (1968, 1972 va 1975- yillardagi uch nashri), E.Voznesenskiyning “Sotsialistik moliya nazariyasining munozarali masalalari” (1969-yil),
G.Tochilnikovning “Sotsialistik moliya” (1974-yil) kabi asarlari alohida o‘ringa ega. Shu davrning o‘zida “SSSR moliyasi” va “SSSR moliya va krediti” o‘quv fanlari bo‘yicha bir necha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashrdan chiqadiki, ularning orasidan M.Shermenyov tahriri ostida 1977-yilda e’lon qilingan “SSSR moliyasi” darsligini alohida qayd etish lozim.
Moliya nazariyasi masalalari bo‘yicha munozaralarning mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida moliyaning o‘rnini aniqlashga borib taqaladi. O‘sha davrda moliya sohasida ishlab chiqilgan turli konsepsiyalarning mualliflari ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, moliyaning o‘rni - bu faqat noekvivalent xaraktyerga ega bo‘lgan pul mablag‘larini taqsimlash tizimidir. Ana shundan kelib chiqqan holda, moliya faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, almashuv va iste’mol munosabatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu guruhga kiruvchi olimlarning yorqin namoyondalari V.D’yachenko, G.Tochilnikov va M.Shermenyov edilar.
E.Voznesenskiy, A.Aleksandrov, A.Birman va boshqalardan iborat bo‘lgan olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan boshqacha qarashga ega bo‘lgan. Bu guruhga kiruvchi olimlarning fikricha, moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab chiqarishning barcha to‘rt bosqichi yoki uning bir necha bosqichi belgilab beradi. Bunday yondashuv moliyaning kengaytirilgan konsepsiyasi, deb e’tirof etildi.
Moliya nazariy konsepsiyasi asosidagi ana shunday farqlardan kelib chiqqan holda olimlarning moliyaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, moliyaning funksiyalari, moliyaning chegaralari, moliyaviy tizimning tarkibi va boshqa shunga o‘xshash bir necha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham turlicha bo‘lgan.
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning o‘zida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida prinsipial jihatdan yangi ko‘rinishga ega bo‘lgan amaliy moliyaviy tadqiqotlar ham paydo bo‘ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha amaliyotda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni yozma bayon etish yoki maqtash xarakteriga ega bo‘lsa, 1960-yillarda boshlangan xo‘jalik islohotidan keyin tanqidiy xaraktyerga ega bo‘lgan va alohida moliyaviy instrumentlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga misol qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini ko‘rsatish mumkin. Uning kitoblarida sovet moliya fanida ilk marta korxonalar moliyasining masalalari yuqori darajada tadqiq qilindi. Shuningdek, uning asarlarida birinchi marta xo‘jalik hisobi sharoitida moliyaviy kategoriyalardan foydalanish masalalari ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sotsializm sharoitida bozor xo‘jaligining elementlariga ega edi.
Shu davrda moliyaviy resurslar va korxonalar moliyasini boshqarishning mazmunini birinchi marta o‘rganishga kirishildi. A.Birmanning ishlari 1960-1980-yillardagi olimlarning (P.Bunich,
G.Bazarova, V.Senchagov, S.Sitaryan, M.Romanovskiy, V.Kolesnikov, P.Jevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida korxonalar moliyasini tadqiq etishda o‘ziga xos turtki bo‘ldi.
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki yo‘nalishda amalga oshirildi: 1) byudjet daromadlari va xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil etish. Biroq, shu davrlarda byudjet masalalarini kompleks tadqiq etishni moliya fanida hukmronlik qilgan ma’lumotlarning yetarli emasligi va g‘oyaviy qotib qolishlarning mavjudligi ancha murakkablashtirgan edi. Bu davrdagi davlat byudjetiga bag‘ishlangan yirik izlanishlar qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, Ya.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini kiritish mumkin.
Sug‘urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi sug‘urta masalalarini o‘rganishga o‘zining keskin salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning sug‘urta fondlarining zarurligi, mazmuni va roli to‘g‘risidagi tasavvurlarini interpretatsiya qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, yyetarli darajada ilmiy yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug‘urtasining nazariyasi va amaliyotini umumlashtirgan L.Motilev, L.Reytman E.Kolomin va boshqalarning ishlari birmuncha diqqatga sazovordir.
Shu davrlarda xorijiy mamlakatlarning moliyaviy munosabatlarini tahlil va tanqid qilish masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir tomondan, kapitalizm moliyasining rivojlanishiga bag‘ishlangan ishlarni (B.Boldirev, L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okuneva va boshqalarning asarlarini) alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sotsialistik mamlakatlarda moliyaviy instrumentlarning rivojlanish tendensiyalari va o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ishlar (D.Butakov, Yu.Kashin va boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bo‘lganligini e’tirof etish zarur.
Rossiya moliya fanining hozirgi holatiga tavsifnoma bera turib, qayd etish kerakki, ayni davrda bu sohaga bag‘ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar paydo bo‘lmoqda. Mualliflarning ko‘pchiligi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning metodologik va metodik masalalarini tadqiq etishmoqda, ayrimlari davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari muammolarini o‘rganishmoqda, boshqalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyasi, xalqaro moliyaviy munosabatlar kabi mavzular bilan shug‘ullanishmoqda. Shu bilan birgalikda yana shuni ta’kidlash lozimki, mazkur darslikda Rossiya Federatsiyasi olimlarining moliya sohasidagi ayni davrdagi ilmiy izlanishlari chuqur tahlil etilmadi. Buning sababi bugun Rossiya va
O‘zbekiston moliya tizimlarining bir-biridan farq qilishlari tufayli rus olimlari asarlarining biz uchun ahamiyati oldingidan ancha pasaydi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling