Kk = (SFkq : SFuh)
Bu yerda: Kk – sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti;
Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Xomashyo va materiallarni iste’mol qilishdagi o‘zgarishlar, mehnat unumdorligining o‘sishi yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k. – bularning barchasi kompaniyaning daromadi darajasini, uning moliyaviy ahvolini aniqlab beradi. Xuddi shu holat bozor iqtisodiyoti muhim omillaridan baho, raqobatchilarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik va boshqa risklarning o‘zgarishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi va u doimiy ravishda ichki va tashqi omillarning ta’siri ostida bo‘ladi.
XYuS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, taraqqiyotning ishlab chiqarish, tashkiliy va innovatsioninvestitsion omillari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezervlari esa bozor konyunkturasi, XYuSning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni optimallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko‘rinishidagi qarz mablag‘larni jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida XYuSga tushumlarning o‘z vaqtida tushishiga va debitorlik qarzlarining kamayishiga erishish hamda kreditorlik qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak bo‘ladi.
Moliyaviy zaxiralarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydalanishni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda buning asosiy ko‘rsatkichi aktivlarning rentabelligi hisoblanib, uni quyidagicha hisoblash mumkin:
R а = (F с : A ў ) x 100
Bu yerda: R а - aktivlarning rentabelligi;
F с - sof foyda;
Do'stlaringiz bilan baham: |