Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va uni tasdiqlash
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
20.5. Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va uni tasdiqlashDavlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot davlat byudjeti ijrosining yakuni (natijalari)ni o‘zida ifoda etadi. Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot davlat byudjeti tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi. Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini o‘z ichiga oladi: Davlat byudjeti ijrosining balansini; Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni; jamg‘armalarni tashkil etishga bir qator omillar ta’sir etadi, albatta. Ularning ko‘lami keng, lekin asosiylari quyidagilar hisoblanadi: iqtisodiyot qisman nobarqaror bo‘lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag‘batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o‘zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko‘rinishdagi Davlat jamg‘armalarini tashkil etadi; Davlat byudjetidan xoli bo‘lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo‘ladi. Aynan ushbu jamg‘armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi; Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lardan Davlat byudjeti defitsitini noinflyatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada kengaytiradi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etish tartibi va shakllantirish metodlari. Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tayanib aytish mumkinki, odatda Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari quyidagi shartli ikki yo‘l orqali tashkil etiladi: Davlat byudjetiga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobidan muhim umumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolarni hal etish uchun ma’lum bir xarajatlarni tashkil etish; Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasini shaxsiy (o‘zlik), maxsus ajratma va badal mablag‘lari hisobidan shakllantirish. Masalan, qator davlatlarda daromadi cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjeti ko‘magida maxsus ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari tashkil etilgan. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etish, muqaddam bizning tajribamizda ma’lum bo‘lmagan, ammo ishlab chiqarishning rivojlanishi, xizmat 493 faoliyatini davom ettirishga zarurat bo‘lmagan. Shu bois, maxsus jamg‘armalarning miqdori va shakli doimo o‘zgarib turgan, ya’ni davr taqozosi va muayyan zaruriyatdan kelib chiqib, ehtiyoj qolmaganlari tugatilgan, yangilari paydo bo‘lgan. Lekin, tarixiy tendentsiya shuni namoyon qilyaptiki, muayyan mamlakatda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari va mamlakat hududining kengayishi munosabati bilan davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining miqdori ham, hajmi ham o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan. O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari miqdorining ortishi (ko‘payishi) ma’lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg‘arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘armalarda moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo‘lsa, ayrimlarida yetishmovchiliklar paydo bo‘lgan. Shuningdek, davlat ularni boshqarish va muvofiqlashtirishni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishga majbur bo‘lgan. Bu, o‘z o‘rnida, jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha moliyaviy yuk hisoblanib, ular o‘rtasida ma’lum bir noroziliklarning paydo bo‘lishiga ham olib kelgan. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun markazlashtirilgan davlat shakllanishiga zarurat tug‘ilgan. Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat jamg‘armalarini uyg‘unlashtirib, bir necha muammolarning oldini olish imkoniyatini tug‘dirgan. Jumladan, bir jamg‘armada ortiqcha bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni ikkinchi bir jamg‘armadagi yetishmayotgan moliyaviy mablag‘lar o‘rniga jalb qilish imkoniyati hosil bo‘la boshlagan. Davlatning turli xil fondlarining uyg‘unlanishi asosida ulkan bir markazlashtirilgan jamg‘arma, ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga asos solingan. Davlat byudjeti sekin asta har to-monlama mustahkamlanib borib, mamlakatning oliy organi uni ko‘rib chiqib, tasdiqlagandan keyin qonun kuchiga kirib, ijro etish majburiyati sezila boshlandi (bu haqda mazkur darslikning oldingi boblarida batafsil to‘xtalib o‘tilgan). O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini ham tashkil etishga zarurat tug‘ildi. Bu 492 Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni; davlat byudjeti tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani; Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni. Tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga tumanlar va shaharlar byudjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha: yuqori turuvchi moliya organlariga — ular belgilagan Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling