Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning umumiy modeli qanday ko‘rinishga ega? Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari nimalardan iborat? XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni qanday rol o‘ynaydi? Kapitallashtirishning asosiy manbaini aytib bering. Sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? Aktivlarni kapitallashtirish koeffitsiyentining aniqlanish tartibi qanday? Kapitallashtirish jarayoni nimalarga asoslanishi kerak? Nega XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq? Moliyaviy isloh qilish dasturi nimalarni ko‘zda tutadi? Moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirish qanday shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin? XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi nima va uni qanday aniqlash mumkin? Dyupon formulasining ko‘rinishi qanday va uning yordamida nimani hisoblash mumkin? Aktivlar qancha ko‘p aylansa, ularning rentabelligi qanday o‘zgaradi? Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi, degan tasdiq to‘g‘rimi? Qanday ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar) kapitalning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradi? XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun qanday koeffitsiyentdan foydalanish maqsadga muvofiq? Xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti qanday aniqlanadi va u nimani ifodalaydi? Kapitalning optimal (oqilona) tarkibiy tuzilishi koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o‘z mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar tashkil etiladi. Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuSning kreditga layoqatligini va uning qarz mablag‘larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag‘larning XYuS o‘z mablag‘lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, uning to‘lovga layoqatligiga kreditorlariga ham, hamkorlariga ham shubha tug‘dirmasligi mumkin. Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan tashkil topadi: mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi); ishlab chiqarilgan mahsulotga bog‘liq bo‘lmagan sotishdan keladigan tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar; sug‘urta qoplamalari va boshqalar); kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; sotsial sug‘urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar); badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.). 235 F их - ish haqi fondi; Fф - tovarlarni sotishdan olingan foyda (soliqlar to‘languncha va foydadan boshqa to‘lanmalar amalga oshirilguncha). Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi shubhasiz. Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilmasdan uning aylanmasida bo‘lgan paytda, unga qo‘shimcha daromad keltiradi. O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida XYuSlarnig bir-birlariga o‘zaro mol yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya darajasi o‘ta yuqori bo‘lganligi uchun o‘sha davrlarda bank kreditlari stavkasining 100% dan ham baland bo‘lganligi holatida sotib olgan mahsulotning pulini o‘z vaqtida to‘lamaslik shu XYuS ga noqonuniy, lekin qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qildi. Shunday holatlar ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaslik tufayli ham yuz berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi mablag‘lari ularning ixtiyorida bo‘lib, ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda foydalanishlari mumkin edi. Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo‘lib hisoblanadi. 234 XYuSni moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida qanday tadbirlar belgilanadi va ulardan qanday samara olinishi ko‘zda tutiladi? XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari nimalarga muvofiqlashtirilishi kerak? Ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatning rezerlari nimalardan iborat? Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy usulini ayting. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi qanday guruhlarga bo‘linadi? Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv nimadan iborat? XYuS moliyaviy barqarorligining ichki va tashqi rezervlari qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi? Aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi? Fond qaytimi ko‘rsatkichining aniqlanish tartibi qanday va u nimaga tavsifnoma beradi? Kapitalning faollik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi nimani xarakterlaydi va uni qanday aniqlash mumkin? Moliyaviy leverij deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi? Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsim lashning umumiy ko‘rinishi qanday? To‘lovga qobillik koeffitsiyentining aniqlanish tartibi qanday va u nimani xarakterlaydi? XYuSni bankrot deb e’lon qilmaslik uchun qanday omillarga alohida e’tibor qaratmoq lozim? Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori o‘zgarishining hisob-kitobi qanday tarzda amalga oshirilishi kerak? Tannarx, baho, realizatsiya, realizatsiya qilingan mahsulot assortimenti omillarining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi qanday aniqlanadi? Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning qanday parametrlariga chiqishga harakat qilishi kerak? Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling