Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
UB к = T + F к
Bu yerda: UB к - XYuSning ulgurji bahosi; T - mahsulot tannarxi; F к - XYuSning foydasi. UB т = UB к + C +UT у Bu yerda: UB т - tarmoq ulgurji bahosi; UB к - XYuSning ulgurji bahosi; S - soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, sotuv solig‘i va boshqalar); UT у - ulgurji-ta’minot ustamalari (ta’minot va transport xarajatlari, ta’minot XYuSining foydasi). ChB = UB т + S у Bu yerda: ChB - chakana baho; UB т - tarmoq ulgurji bahosi; S у - savdo ustamasi (muomala xarajatlari, savdo XYuSining foydasi). Bahoning minimal chegarasini ishlab chiqarish chiqimlari miqdori aniqlab beradi. Ularning puldagi ifodasini mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan. Foyda bahoning majburiy elementi hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividendlarni to‘laydi, ishlab chiqarishni kengaytiradi va modernizatsiya qiladi, kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi, ijtimoiy sohaga mablag‘ ajratadi. Foyda bahoning muhim elementi hisoblanib, XYuSning moliyaviyiqtisodiy ahvoli uning hajmiga bevosita bog‘liq. Tovarlar vositachilar (ta’minot-ta’minlash, savdo-sotib olish XYuSlari va tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali sotilganda bahoda vositachining ustamasi o‘z aksini topadi Bozor iqtisodiyotida marketing-baho strategiyasining moliyaviy jihatlarini tashkil etish shakl va sharoitlarining ko‘p turliligi bilan xarakterlanadi. Bu o‘z tovarini sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nuqtayi nazardan nimadan iborat ekanligiga va turli bozorlarda shu tovarlarni iste’mol qilish imkoniyatining qandayligiga bog‘liq. Baholarni shakllantirishning u yoki bu strategiyasi, yoki ularning turli kombinatsiyalarini qo‘llash tovarlarni realizatsiya qiluvchilarning egalariga (mulkdorlariga) ko‘zda tutilgan pul tushumlariga ega bo‘lishni va shu asosda zaruriy moliyaviy fondlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga imkon beradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling