Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nodavlat moliyaviy nazorati
- Oborot solig‘i
- Gerb solig‘i
Mulk solig‘i (mulkiy soliq) – o‘z tarkibiga ko‘chmas mulk (er, binolar) solig‘ini va shaxsiy mulk(asbob-uskunalar, zaxiralar) solig‘ini oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko‘pgina mamlakatlarda ular daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulkiga va jismoniy shaxslarning molmulkiga solinadigan soliqlarga bo‘lingan.
N Nafaqa – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganda, homiladorlik va tug‘ishda, bola tug‘ilganda, bola parvarishi bo‘yicha va shunga o‘xshash boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul to‘lanmasi. Nodavlat moliyaviy nazorati – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi, foydaliligi va to‘lovga layoqatliligi ustidan auditorlik firmalari, korxona va tashkilotlarning rahbariyati va moliyaviy xizmatlari, aksionerlari, tijorat banklari, sug‘urta firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. O Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz. Davlat organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash uchun va aksionerlik jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi. Aktsiyadan farqli o‘laroq obligatsiyada uni qaytarish (uzish) muddati ko‘rsatiladi. Oborot solig‘i - ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida xalq iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymatidan olinadigan soliq turi. Asosan, uch xil metod bo‘yicha aniqlanadi: 1) chakana baho (savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va korxona ulgurji bahosi o‘rtasidagi farq; 2) chakana baholardagi (savdo ustamalari chegirilgan) tovar oborotga nisbatan foizda; 3) mahsulot birligiga nisbatan absolyut pul summalarida. Barcha mahsulotlardan olinmasdan, balki texnologik 768 G Grant – innovatsion xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, o‘qitish, davolash va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot berish sharti bilan beriladigan mablag‘lar tushuniladi. Gerb solig‘i – turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to‘g‘risidagi shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling