Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari


Download 1.64 Mb.
bet40/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

7.2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari55
Rossiyada moliya fani mustaqil voqelik sifatida XIX asrning boshlarida shakllana boshladi. Shu davrda moliya sohasiga oid birinchi yirik ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. Rus moliya fanining boshlanishiga N.I.Tergenevning “Soliqlar nazariyalari tajribasi” asari (bu asar 1818-yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda Rossiyada ilk marta soliqlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning davlat xo‘jaligi va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun ahamiyati o‘rganildi.
Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida moliya masalalari. Rossiya moliya fanining gullab-yashnashi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, bu davrda rossiyalik iqtisodchilar va yuristlardan I.Yanjul, I.Ozerov, I.Kulisher, L.Xodskiy, V.Lebedev, S.Ilovayskiy va boshqalarning eng mashhur asarlari e’lon qilindi.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar moliya fanining ham nazariy va ham amaliy masalalarini ishlab chiqishdi. Nazariyada ular pragmatik yondashuvning vakillari hisoblanib, “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining tarafdorlari edilar. Bu narsa I.Ozerovning “Moliya fani asoslari” deb nomlangan darsligida yaqqol namoyon bo‘lgan edi.
Davlat moliyasini tadqiq qilish shu davrdagi olimlarning ishlarida asosiy o‘rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda e’lon qilingan ishlarda xususiy xo‘jalik moliyasi to‘g‘risida masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning o‘zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish shakllari va tartiblari, shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan amalga oshirilgan nazorat, byudjet defitsitini qoplash manbalari, davlat kreditining rivojlanishi kabi masalalar tadqiq qilingan.
Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar moliyachilar tomonidan o‘rganilgan masalalarning boshqa bir yo‘nalishi byudjet va mahalliy byudjetlar bilan bog‘langan. Ularda markaziy byudjet va mahalliy byudjetlarning tuzilish masalalari va byudjet jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling