faoliyat maqsadi;
AJ ustavi, shu jumladan unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda jamiyatning tasdiqlangan biznes-rejalari;
rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi axborot;
tashkiliy tuzilmasi, uning tarkibiy boʻlinmalari, filiallari, vakolatxonalari, shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarining nomi, ularning telefonlari raqamlari, manzili, ularning ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
rahbariyat (direktor va boshqaruv raisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma axborot;
boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
jamiyat yoki uning boshqaruv organlari tomonidan tuzilgan kollegial va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qoʻmitalar va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
affillangan shaxslari roʻyxati;
KB masalalari boʻyicha jamiyatning ichki hujjatlari, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi;
muhim faktlar;
AUYda qabul qilingan qarorlar boʻyicha ovoz berish yakunlari (qarorlar qabul qilingan sanadan 30 kun mobaynida);
AUY oʻtkazilishi, sanasi, vaqti, oʻtkaziladigan joyi, kun tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospektlari, shuningdek QQB toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq AJ choraklik va yillik hisobotlari;
oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, matbuot-relizlar va kundalik faoliyat toʻgʻrisidagi boshqa axborot;
ishlab chiqariladigan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) roʻyxati hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha AJ va uning tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
moliya-xoʻjalik holatini va uni rivojlantirish dinamikasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi muhim maʼlumotlar, AJ faoliyati toʻgʻrisidagi axborot tusidagi tahliliy sharhlar;
oxirgi uch yilda hisoblangan va toʻlangan dividendlar, shu jumladan qarzdorlik miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, aksiyadorlar tomonidan dividendlarni olish uchun bogʻlanish maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar;
yillik moliya-xoʻjalik faoliyatni tekshirish natijalari boʻyicha auditorlik tashkilotining xulosasi;
AJ tomonidan aksiyalar sotib olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda AJ korporativ veb-saytiga majburiy havolalar koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi talab;
AJ korporativ veb-saytida joylashtirishni jamiyat zarur deb hisoblaydigan boshqa maʼlumotlar.
|
moliyaviy hisobotlar va auditor xulosasi;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi muhim faktlar haqida axborot;
bo’lajak investorlar uchun emissiya risolasi, aksiyalarni joylashtirish haqida ma’lumot, aksiyadorlik kapitali hajmi va boshqa axborotlar;
korporativ boshqaruv va qimmatli qog’ozlar bozori bo’yicha normativ-huquqiy bazadagi o’zgarishlar.
O’zbekiston Respublikasi "Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida" gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq qimmatli qog'ozlar emitenti tomonidan Markazning rasmiy veb-saytida quyidagilarni oshkor qilishi shart:
emissiya risolasi va unda ko’rsatilgan axborotni qimmatli qog'ozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida 2 hafta qolganida, bundan qimmatli qog'ozlarni xususiy (yopiq) joylashtirish mustasno;
emitentning yillik hisobotini aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig’ilishi o’tkazilganidan keyin2 hafta ichida;
emitentning I chorak, I yarim yil va 9 oy yakunlariga doir hisobotni hisobot oyidan keyingi 1 oy ichida;
emitent faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan e’tiboran 2 ish kuni ichida.
|
Aksiyalari fond birjasining listingiga kiritilgan AJ fond birjasining rasmiy veb-saytida AJ ustavini, shuningdek oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa axborotlarni eʼlon qilishi shart.
Qimmatli qogʻozlar egasi bitim tuzish natijasida emitent qimmatli qogʻozlari har qanday turining 35 yoki undan ortiq foiziga egalik qila boshlasa, emitentga ushbu axborotni bitim tuzilgan sanani, qimmatli qogʻozlar soni va olingan ulushni, shuningdek oʻzining pochta manzilini koʻrsatgan holda mazkur bitim tuzilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etishi shart.
Aksiyalar egasi mustaqil ravishda yoki affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida AJ aksiyalarining mazkur AJ ustav kapitalining jami 20 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni belgilangan tartibda oshkor qilishi shart. Bunda axborotni oshkor qilish bitim tuzilgan kundan ikki ish kuni mobaynida respublika gazetasi yoki fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
|