Ajdodlar merosidan foydalanib zamonaviy tarbiya
Download 24.25 Kb.
|
Tajibayeva Ma\'mura 2- sho\'ba
AJDODLAR MEROSIDAN FOYDALANIB ZAMONAVIY TARBIYA BERISH. Tajibayeva Ma’mura Tojiddinovna Namangan davlat universiteti 1-bosqish doktoranti.Namangan shaxri: mamura 07.09.1986 .@gmail.kom Bugun o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadryatlar ruxida tarbiyalashga yetarlicha e’tibor qaratmaydigan va bu yo’lda o’zing tarixiy, madaniy, ahloqiy merosini asrab -avalashga ularni boyitishga va ko’paytirishga munosabat bildirmaydigan har tamonlama uyg’un rivojlangan mustaqil fikrlaydigan, o’z qarash va yondashuviga, fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan shaxsni kamol toptirishni o’z oldigi maqsad qilib qo’ymaydigan har qanday davlat, jamiyat tarix hamda taraqqiyot yo’lidan chetda qolib ketishi mumkin. Shu nuqtai-nazardan qaralganda birinchi navbatda o’tmish ajdodlarimizning milliy merosimizni, ayniqsa yosh avladni har tamonlama yetuk inson qilib tarbiyalashga qaratilgan boy tajribalarni , ushbu masalaga bag’ishlangan asarlarini qarashlarini chuqur o’rganish va ulardan bugungi kunda samarali faydalanish imkoniyatini ko’rsatib berish o’ta zarur muammolardan hisoblanadi . O’z davrining yirik olimlari ilmiy meroslarida insonnig aqliy, jismoniy ,estetik, ruxiy axloqiy takomili masalalariga aloxida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Muxammad al- xorazmiy (783-850) insonni kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muxim ahamiyatga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgani bilan pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi.O’rta asr sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino va boshqa ko’plab o’z davrining yetuk olimlari bizga ta’lim-tarbiya, oila,jamiyat ma’rifat, madaniyat, ma’naviyat insoniylik , vatanparvarlik kabi tushunchalarni o’z asarlarida ifodalab berganlar. Bugungi kunda biz bu meroslardan oilada farzand tarbiyasida qanchalik foydalana olyapmiz. Oilada farzand tarbiyasi, oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo’lib yetishidagi ota-onaning sa’y-harakati hisoblanadi. Oiladagi farzand tarbiyasi uning kelajakda kim bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning qiyofasini ko’radi, bo’lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko’ra kamol topib boradi. Farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq, o’z o’rnida tarbiya ma’naviyat bilan chambarchas bog’liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ma’naviy kamolotida esa ma’naviy tarbiya katta ahamiyat kasb etadi. Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo’lishiga, tarbiyasiga tikilayotgan bir vaqtda farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati kuchayib borayotganligi hammamizni tashvishlantiradi. Xo’sh bugun biz farzandlarimizga qanday tarbiya beryapmiz? tarbiyani tug’ri bera olyapmizmi? bugun xayotimizda sodir bo’layotgan ba’zi bir voqealar ota-onalar o’rtasida farzand tarbiyasiga e’tiborsizligini ko’rsatib bermoqda? Farzandi tarbiyasi bilan shug’ullanishiga qanday omillar to’sqinlik qilyapti? Ota-onalar tarbiyaviy yondashuvlarini biladimi? Ular buyuk mutafakkirlarimizning tarbiya to’g’risidagi qarashlaridan xabardormi? Xabardor bo’lishsa amalda to’g’ri foydalana olishyaptimi? shu savollarga to’g’ri javob topib ijobiy yondosha olsak maqsadga muvofiq bo’ladi . Imom G’azzoliy aytganidek “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o’rgatilsa, shu bilan o’sadi va shu asosda kamolot va saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallimu ustozlari ham sherik bo’ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o’z holiga tashlab qo’yilsa, oxir-oqibat halok bo’ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo’lganlarning gardaniga tushadi”. Bugungi kunda har bir ota-ona pedagog bo’lishi kerak. Ota-onalarning farzand tarbiyalashdagi eng samarali metod bu- o’rgatish metodi. chunki uning ichida tushuntirish ham bor, suhbat ham bor, ko’rsatish ham bor, aytish ham bor, namuna ham bor .Bugun ota- onalar tarbiyani zomonaviy usulda tashkil eta olmasalar natijaga erishish kiyin masala. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo’laylik, bolalarimizni ma’nan va ruhan sog’lom, ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o’z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo’lib o’sib ulg’ayishsin. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Sharq uyg’onish davri mutafakkirlari qarashlarida insonparvarlik g’oyasi va ularning mikkiy tarbiya tizimi mavzusida Respublika ilmiy-amaliy fnjuman materiallari.(Andijon 2015 yil) 3.http: www.ziyo.net.uz. 4. http: www.pedagog.uz Download 24.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling