Ajiniez nomidagi nukus davlat pedagogik instituti


Download 0.57 Mb.

bet1/6
Sana17.03.2017
Hajmi0.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6

WZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA   

WRTA ARNAWLI TA`LIM VAZIRLIGI 

 

AJINIEZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT  



PEDAGOGIK  INSTITUTI 

 

TARIX FAKUL`TETI 



 

«Tarix» kafedrasi 

 

 



       

 

«Evropa va Amerika mamlakatlarining  



ENG YaNGI TARIX (1918-1945 yy.)» 

fani buycha 3-kurslar uchun 

 

 



MA`RUZALAR MATNI 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Nukus - 2012 

 



 



 

 



 

Mavzu nomi 

    


Soatlar    

Kirish 



 



Germaniya 

 



 

Buyuk Britaniya 



 



 

Frantsiya 

 





 

Italiya 


 



 

Ispaniya 

 





 

AQSh 


 



 

Xalqaro ishchilar xarakati 

 





 

Xalqaro mun`osabatlar  

 



10 



 

II-jahon urushi (1939-1945 yy.) 

 



 



JAMI 

 

20 



 

 



KIRISh 

 

Garb mamlakatlarining eng yangi tarixi (1918-2010 yillar) kishilik jamiyatining 



XVII asr 40-yillaridan boshlangan yangi tarixning davomi, umumiy tarixning sunggi, 

eng  murakkab  va  eng  muhim  qismi  hisoblanadi.  G`arb  mamlakatlarining  eng  yangi 

tarixi  1918  yildan  hozirgi  vaqtgacha  dunyoda  bwlgan  muhim  voqealarni,  

mamlakatlarning  sotsial-iqtisodiy  va  siyosiy  rivojlanishlarini,  jahon  tarixiy 

taraqiyotining  asosiy  ywnalishlarini,  jahon  miqyosida  yuz  bergan  ziddiyatlarni, 

ozodlik  kurashi  jarayonlarini,  sotsializmning  inqirozi  sabablari  va  undan  keyingi 

rivojlanish  taraqqiyot  bosqichlarini,  shuningdek,  1918-2010  iyllar  ichida    sodir 

bwlgan xalqaro munosabatlar muhim xususiyatlarini wrgatadi.   

 

Dunyo  xalqlari  hayotida  yuz  bergan  va  yuz  berayotgan  tub  ijtimoiy-iqtisodiy 



wzgarishlarni, xalqaro munosabatlar rivojlanishining ywnalishlarini bayon qilish eng 

yangi tarix  fanining muhim vazifasidir.  

 

Shuningdek,  eng  yangi  tarix  fani  urush  va  tinchlik  muammolarini,  tinchlik 



uchun 

kurash 


masalalarini, 

tashqi 


siyosatdagi 

qarama-qarshi 

ywllar 

va 


tendentsiyalarni  tushuntiradi.  

 

Eng yangi tarix masalalari g`oyatda katta  siyosiy ahamiyatga ega bwlib,  bunda 



sinflar, partiyalar, oqimlar,  turli nuqtai nazarlar  kurashi, haqiqat va adolat, ozodlik va 

sotsial taraqqiyot uchun kurash masalalari  turli mamlakatlar misolida keng va chuqur  

gavdalanadi.  

 

Hozirgi  dunyo    murakkab    va  turfa  xil  dunyodir.  Unda  turli    mamlakatlar  



yonma-yon yashaydi va bir-biriga ta`sir kwrsatadi. Butun dunyo bilan muvaffaqiyatli 

munosabatlarga  kirishish,  dwstlik  va  hamkorlikni  rivojlantirish  uchun  mavjud  

voqeylikning  muammolarini  chuqur  bilish  va  bu  bilimdan  umum  manfaat  ywlida  

foydalanish lozim  bwladi.  

 

Wzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov wzining  “Wzbekiston XXI asr 



bwsag`asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari    va  taraqqiyot  kafolatlari” 

kitobida    dunyo  mamlakatlari  bilan    tinch-totuv    yashash  xususida  shunday  yozadi: 

“Biz  yashayotgan  davr  qanday    xususiyatlarga  ega?  Swnggi  vaqtlarda  jahonda  yuz 

bergan,  dunyoning  jwg`rofiy-siyosiy  tuzilishini  va  xaritasini  tubdan    yangilagan 

wzgarishlar hozirgi zamon  va kelajak uchun qanday  tarixiy ahamiyatga molik? Bular 

haqida mulohaza yuritish va  ularga twg`ri  baho berish juda muhim”

11

.  


Insoniyat  XX  asrda  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  taraqqiyotda  ulkan 

qadamlar  tashladi.  Asrimizning  20-yillarida  boshlangan  ilmiy-texnikaviy  inqilob 

hayotning  barcha  sohalarida  tub  wzgarishlarga  sabab  bwldi.  Inson  tarixda  birinchi 

marta  ochiq  fazoga  chiqdi  va  Oyga  qadam  qwydi.  Atom  energiyasi,  inson  irsiyati 

sohasidagi  kashfiyot,  elektronika,  fazoviy  televidenie,  eng  yangi  harakat  vositalari 

xalqlarning wzaro munosabatlarini sifat jihatidan  yangi bosqichga  kwtardi.  

                                                  

1

 



И.Каримов.  “Ўзбекистон  ХХI  аср  бўсағасида:  хавфсизликка  таҳдид,  барқарорлик  шартлари  ва 

тараққиёт кафолатлари”. Т.”Ўзбекистон”, 1997 й.

 


 

 



Shu  bilan  birga  hali  hal  etilmagan  bir  talay  muammolar  borki,  ularni  bartaraf 

etish uchun insoniyat wz kuchlarini  birlashtirishi zarur. Ochlik va qashshoqlik, atrof-

muhitning  ifloslanishi,  og`ir  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurash  va  turmush 

darajasini  yuksaltirish,  inson  huquqlari  va  erkinliklari  uchun  kurash,  xalqaro  huquq 

mezonlarini qaror toptirish shular jumlasidandir.  

 

Ilmiy-texnikaviy    inqilob  va  uning  ijtimoiy-iqtisodiy,    madaniy  sohalardagi 



kwrinishi  muhim  ahamiyat  kasb  etdi,  jahon  ijtimoiy  hayotida  quyidagi  yangi 

tamoyillarning  yuzaga kelishiga sabab bwldi.  

 

Insonparvarlik: Zamonaviy fan va texnikaning ulkan yutuqlari sababchisi inson, 



shaxsdir.  Hozirgi  komp`yuterlar  qanchalik  katta  ahamiyatga  ega  bwlmasin,  baribir, 

uni  yaratgan  va  boshqarayotgan  insondir.  XX  asr  tarixida  inson  omili  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  ega  bwldi  va  barcha  tarixiy  wzgarishlarning  harakatlantiruvchi  kuchiga 

aylandi.    XX  asrda  shaxsning  wzi  ham  tubdan  wzgardi.  Yalpi  wrta  ma`lumot, 

ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, ommaviy madaniyatning paydo bwlishi 

insoniyat umumiy madaniy darajasining yuksalishiga va uning wziga xos jihatlarining 

takomillashuviga olib keldi.  

Demokratlashtirish:  Yalpi  saylash  huquqi  va  inson  omilining  tarixiy 

jarayonlarga hal qiluvchi ta`sir kuchiga ega bwlishi  jahon siyosiy hayotini wzgartirib 

yubordi.  Xalq  vakillari  siyosiy  hayotga  faol  aralasha  boshladilar,  partiya  va  davlat, 

jamoatchilik  harakatlari  va  tashkilotlari  rahbarligiga  keldilar.  Ular  ayni  paytda  keng 

xalq  ommasining  mafkurasini  ham  olib  keldilar.  Davlatni  boshqarishga  ywl  topgan 

ijtimoiy  guruhlar  doirasi  kengaydi,  keng  xalq  qatlamidan  chiqqan  professional  

siyosatchilar  paydo  bwldi,  ommaviy  axborot  vositalarining  siyosiy  hayotga  ta`siri 

kuchaydi.  Bularning  hammasi  provardida  jahondagi  siyosiy  vaziyatni  tubdan 

wzgartirib yubordi. 

Globallashuv:  Birinchi  jahon  urushidan  swng  dunyo  iqtisodiy  hayotining 

baynalmilallashuvi  tez  sur`atlar  bilan  davom  etdi.  Sof  siyosiy  g`oya  sifatida  paydo 

bwlgan  Evropani  “Evropa  Qwshma  Shtatlari”  shiori  ostida  birlashtirish,  dunyo 

iqtisodiy hayotining integratsiyasi taraqqiyot, xalqaro iqtisodiy va madaniy  aloqalarni 

kuchaytirish  va  chuqurlashtirishning  ob`ektiv  jarayoniga  aylandi.  Bu  jarayon  

davlatlararo    birlashmalar  va  muassasalar  barpo  etish,  xalqaro  mehnat  taqsimotini  

chuqurlashtirish,  ishlab  chiqarish  va  ilmiy  kooperatsiyani  rivojlantirishga  turtki 

bermoqda.    Integratsiya    asta-sekin    turli    mamlakatlar  iqtisodiy  taraqqiyotini  bir-

biriga  yaqinlashtirish va tenglashtirish, wzaro manfaatli savdo, iqtisodiy va valyuta-

xwjalik aloqalarini kengaytirishga yordam bermoqda. Hozirgi paytda mazkur jarayon 

dunyoviy  miqyos  kasb etdi va ravnaq topdi. 

 

Dunyo  iqtisodiy  hayotining  globallashuvi  muhim  hayotiy  va  milliy 



manfaatlarga  javob  beradi.  Chunki  u  davlatlarning  dunyo  xwjalik  jarayoniga 

qwshilishiga va dunyo texnologiyasi, fani va madaniyati yutuqlaridan foydalanishiga 

kwmaklashadi.  Shu  munosabat  bilan  Wzbekiston  Prezidenti  I.Karimov  shunday 

yozadi:  “Milliy  tafakkur  wz  taraqqiyotida  madaniy  qurilish  vazifalariga  dunyo 

miqyosida  yondoshishi,  boshqa  xalqlarning  tag`diri,  ularning  wzaro  munosabatlari 


 

bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran  nuqtalarigacha kirib borishi, milliy 



manfaatlarni hisobga olishi kerak”.  

 

XX  asrda  Evropa  mamlakatlarining  ochiqdan-ochiq  qarama-qarshiligi  jahon 



harbiy mojarosiga aylanib ketdi. Kwpgina  mamlakatlarda bu hol biqiqlik jarayoniga, 

ya`ni  jahondagi  jarayonlardan  chetda  turishni  nazarda  tutuvchi  yopiq  iqtisodiy  

taraqqiyot  ywliga  sabab  bwldi.  Natijada  ular  dunyo  iqtisodiyotidan  ajralib  qoldilar. 

Mazkur  mamlakatlarda  totalitar,  antidemokratik  tuzumlar  shakllandi,  og`ir  iqtisodiy 

qiyinchiliklar  yuzaga  keldi.  Pirovardida  bunday  mamlakatlarning  ba`zilari  harbiy 

mag`lubiyatga  uchradilar  (Germaniya,  Italiya,  Yaponiya),  boshqalarida  esa  siyosiy  

falokatlar  rwy  berdi  (sobiq  SSSR  va  sharqiy  Evropadagi  sotsialistik  lager` 

mamlakatlari). 

 

Shu  sababli  XX  asr  birinchi  yarmining  asosiy  mohiyati  demokratiyaning 



totalitarizm  bilan,  insonparvarlikning  fashizm  bilan  va  globallashuvning  ayrimchilik 

bilan kurashidan iborat bwldi.  

 

XX asr voqealari asosan shu tariqa kechdi. Bu voqealar  bir tekis rivojlanmagan 



va kechmagan, albatta, ular har bir mamlakatda wz xususiyatlariga, namoyon bwlish 

shakllariga  ega  edi.    Eng  yangi  tarix  va  dunyo  siyosati  yigirmanchi  yuz  yillikda 

ularning ta`siriga bog`liq holda uch bosqichni wtadi. Bular quyidagilardir:  

 

I  bosqich.  1914-1945  yillardagi  ikki  jahon  urushi    wrtasidagi  davr.  Unda 



dunyoni    qayta  taqsimlab  olishga,  yangi  dunyo  tartiboti  wrnatishga  ywnaltirilgan 

jahon  mojarolari  juda  kwp.  Birinchi  jahon  urushi  imperialistik,  ya`ni  ikkala  

imperialistik  guruh  boshlagan  bosqinchilik  urushi  bwldi.  U  talonchilik  va  

buzg`unchilik  urushi  edi.  Shunday  bwlsa-da,  barcha  mamlakatlarni  qamragan 

demokratik  harakat  rivojlanishi  uning  natijasidir.  Ushbu  davrda  maqsadi  demokratik 

islohotlarni amalga oshirish bwlgan umumdemokratik xarakterdagi kuchlar yuksalishi 

ustunlik  qildi.  Kapitalistik  tizimning    ham  iqtisodiy,  ham  ijtimoiy-iqtisodiy  inqirozi 

jahonni  ikkita  –  ham  demokratik,  ham  fashistik-totalitar  lagerga  bwlib  yubordi. 

Ikkinchi  jahon  urushi  endilikda  birinchisiga  qaraganda  butkul  boshqacha  xarakterda 

edi. U demokratik lager davlatlari tomonidan umumdemokratik xarakterdagi, fashistik 

lager  davlatlari  tomonidan  esa    tajovuzkorlik,  bosqinchilik  va  talonchilik  urushi  edi. 

Ikkinchi  jahon  urushida  demokratik  davlatlar  g`alaba  qozondilar.  Bu  demokratik 

kuchlarning  umumjahon  tarixi  ahamiyatiga molik g`alabasidir.   

 

II bosqich. Sovuq urush davri. 1946 yildan 1991 yilgacha, ya`ni Ikkinchi jahon 



urushi  tugashidan  to  Sovet  Ittifoqi  parchalangunga  qadar  kechgan  davrni  wz  ichiga 

oladi.    Butun  jahonda  jamiyatni  insonparvarlashtirish  uchun  kurash  keng  avj  oldi. 

Inson  huquqlari  uchun  kurash,  mustamlakalarni  ozod  qilish,  irqchilikka  barham 

berish,  totalitar  va  mustamlaka  tuzumlarini  tugatish  sovuq  urush  davrining  asosiy  

mazmuniga  aylandi.  U  faqat  tashqi  jihatdan  ikki  buyuk  davlat  yoki  ikki  tizimning 

mojarosi  tarzida  tasavvur  etilsa  ham,  aslida  aksilinsoniy  tizimlar    va  tuzilmalarni  

tugatish uchun  umumjahon kurashi edi.  

 

III  bosqich.  Yangi  demokratiya  davri.  U  sovet  davlati  parchalanganidan  swng 



boshlandi  va  globallashuv  jarayonlarining  jahon  miqyosida  jadal  ilgarilashi  bilan 

 

tavsiflanadi. Globallashuvni rivojlantirish ywlidagi oxirgi twsiqlar qulab tushdi. Jahon 



maydonida dunyo hamjamiyati tuzilmalarini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish 

va  globallashtirish  jarayoniga  wz  hissasini  qwshayotgan  yangi  demokratik  davlatlar 

paydo bwldi. Kwp qutbli dunyo siyosati tarix maydoniga keldi.  

 

Eng  yangi  tarixning  1918-1945  yillarni  wz  ichiga  olgan  1-chi  qismini  ham  



davrlarga bwlib wrganamiz.  

 

1) 1918-1923 yillar bu davr 1-chi jahon urushidan keyingi iqtisodiy va siyosiy 



inqirozlar  davri  bilan,  Rossiyada  yuz  bergan  oktyabr`  twntarishining  ta`siri  tufayli 

chet ellarda yuz bergan inqilobiy jarayonlar bilan xarakterlanadi.  

 

2)  1924-1928  yillarni  wz  ichiga  olgan  kapitalizmning  vaqtincha  va  qisman 



stabillashuvi  bilan,  kapitalizm  bilan  tarix  maydoniga  kelgan  yangi  tuzum  sotsializm 

wrtasida  tinchlik  masalasida  ba`zi  bir  murosalarga  kelishi  bilan,  shuningdek,  

kapitalistik  dunyoda  paydo  bwlayotgan  fashistik  partiyalarining  hokimiyat  sari 

intilishlari bilan xarakterlanadi.  

 

3)  1929-1933  yillar  davri  dunyo  iqtisodiyotini  qamrab  olgan  jahon  iqtisodiy 



inqirozi  bilan  va  uni  bartaraf  qilish  uchun  olib  borilgan  chora-tadbirlar  bilan 

xarakterlanadi.  

4)  1933-1939  yillar  davri  dunyo  davlatlari  wrtasidagi  ziddiyatlarning 

keskinlashishi  bilan,  reaktsiya  va  fashizm  kuchlarining  faollashishi bilan,  dunyoning 

yirik  davlatlari  sayi  xarakatlari  tufayli    yangi  jahon  urushining    tayyorlanishi  bilan 

xarakterlanadi. 

Mustaqillik  yillarida  tarix  faniga  e`tibor  yanada  kuchaydi.  Jumladan, 

Wzbekiston  tarixi  bilan  bir  qatorda  Jahon  tarixini  ham  wqitishni  yaxshilashga  katta 

e`tibor  berilmoqda.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  «Zamon  talabi  shuki,  professor-

wqituvchilar  wzlarida  mavjud  bilim  va  saviya  bilan  cheklanib  qolmasdan,  xorijiy 

mamlakatlar  tajribasini  qunt  va  sabot  bilan  wrganib,  mag`zini  chaqib,  undan  wz 

talabalariga  saboq  berishlari  zarur»  deb  ta`kidlagan  edi.  Albatta,  har  qanday 

mamlakatning  tajribasini  wrganish  uchun,  avvalo  uning  tarixini  chuqur  wrganish 

lozim. 


Eng  yangi  tarixning  maqsadi  insoniyatning  XX  asr  boshlaridan  hozirgi 

kungacha bosib wtgan tarixiy ywli, uning siyosiy ijtimoiy, ma`naviy ahloqiy tajribasi 

haqidagi bilimlarni talabalarga berishdir. 

Eng  yangi  tarixning  vazifasi  esa  boshqa  davlat  tajribasidan  foydalanib 

Wzbekistonda buyuk davlat quradigan barkamol komil insonni tarbiyalashdir. 

Talabalar  avvalo  jahon  tarixining  davrlarga  bwlinishi,  davrlarning  atalishi  va 

ularga  xos  xususiyatlar  haqida  keng  tasavvurlarga  ega  bwlishlari  zarur.  Shuningdek 

ulardan  jahon  tarixida  eng  yangi  davr,  uning  xususiyatlari,  insoniyat  tomonidan 

amalga  oshirilgan  buyuk  kashfiyotlar  va  ixtirolar  haqida  atroflicha  ma`lumotlarga 

bwlishlari,  dunyoni  buyuk  davlatlar  tomonidan  qayta  bwlib  olish  uchun  kurash, 

ikkinchi  jahon  urushi  uning  mudxish  oqibatlarini,  ikki  qarama-qarshiliklar  wrtasida 

murosasiz  kurash,  sovet  imperiyasining  qulashi,  mustaqil  davlatlarning  vujudga 

kelishi haqida keng bilimlarga ega bwlishlari talab qilinadi. Shu bilan birga bitiruvchi 


 

talabalar dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish 



vazifalari,  yillari,  Wzbekiston  Respublikasining  bu  muammolarni  hal  etish  ywlida 

amalga  oshirayotgan  ishlari  haqida  atroflicha  keng  bilimlarni  egallagan  bwlishlari 

zurur bwladi. 

Jahon xalqlari eng yangi tarixini chuqurroq wrganish uchun boshqa uqiv fanlari 

bilan  chuqur  aloqani  ywlga  qwyish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bunda  eng  avvalo 

Vatan  tarixi,  eng  yangi  tarixshunoslik  va  manbashunoslikni  wrni  beqiyosdir.  Jahon 

tarixini eng yangi davri asosan XX asrni qamrab olganligi bois, wtgan asrni insoniyat 

tarixida  misli  kwrilmagan  fan  texnika  taraqqiyoti  asri  bwlgani,  xususan  tabiiy 

fanlarning  jadal  rivojlanishi  davri  bwlganligini  e`tiborga  olib  bu  fanlarni  chuqur 

wrganish  eng  yangi  tarix  wrganish  samaradorligini  oshiradi.  XX  asr  fan  texnika 

taraqqiyoti  asri  bwlish  bilan  birga  turli  qarama-qarshi  g`oyalar,  ijtimoiy-iqtisodiy 

tizimlar  kurashi  asri  bwlganligi  tufayli  falsafa,  huquq,  adabiyot,  iqtisod,  geografiya 

kabi fanlarni aloqasi juda muhim ahamiyatga egadir. 

Mustaqillik  sharoitida  jahon  tarixini  shu  jumladan  uning  eng  yangi  davrini 

milliy  istiqlol  g`oyalari  nuqtai  nazaridan  wrganishning  dolzarbligi,  uni  wqitishni 

samaradorligini  oshirishning  ahamiyati  tarix  wqitish  metodikasi  fani  oldiga  ulkan 

vazifalar  qwyadi.  Keyingi  vaqtda  ta`lim-tarbiya  jarayonida  yangi  pedagogik 

texnologiyalarni  qwllash  keng  yoyilib  bormoqda.  Xususan  tarix  wqitish 

samaradorligini  oshirishni  ularsiz  tasavvur  qilib  bwlmaydi.  Yangi  pedagogik 

texnologiyalar tushunchasi keng tushuncha bwlib, u ta`lim-tarbiya jarayonini oldindan 

loyihalash,  ta`lim  sifatiga  erishishni  kafolatlovchi  mexanizmni  ishlab  chiqish  va 

ywlga qwyishni kom`pyuter texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotda qwllashni, 

individual  yondashuv,  interaktiv  usullarni  keng  qwllash  kabi  jihatlarni  wz  ichiga 

oladi,  bu  esa  tarixchi-pedagoglardan  tinimsiz  ijodkorlikni,    doimiy  izlanishni  talab 

etadi.  Dars  wtishda  texnik  vositalardan  (mul`timedia,  kodoskop)  turli  kwrgazma 

qurollardan foydalaniladi. 

“Eng yangi tarix” kursi 40 soatdan iborat bwlib, shu jumladan 10 soat ma`ruza, 

10  soat amaliy mashg`ulotlardan iborat. 



 



2 MAVZU: GERMANIYa 1918-1939 YILLARDA 



 

Asosiy savollar: 

1.

 



Germaniyada xarbiy sanoat tendentsiyasi va rivojlanishning kuchayishi. 

2.

 



Germaniyada iktisodiy krizis. 

3.

 



Fashistlar diktaturasining urnatilishi va german fashizmining siyosati. 

 

Tayanch  iboralar  va  tushunchalar:  Germaniya,  xarbiy  sanoat,  potentsial, 

rivojlanish,  iktisodiy  krizis,  fazim,  neofashizm,  diktatura,  Sharkka  yurish, 

monopoliya, opportunistlar, Kizil frontchilar ittifoki,, natsional-sotsialistlar, Leyptsig 

protsessi, liros xaandonlari. 

 

1-asosiy savol: 

Germaniyada xarbiy sanoat tendentsiyasi va rivojlanishning kuchayishi. 



MAKSAD:  Germaniya  davlati  uning  uziga  xos  xusuusiyatlari  va  30-yillar 

boshiga  kelib  german  xarbiy-sanoat  potentsialining    uzishini  kesikn  ortishi, 

shuningdek rivojlanish darajasining kuchayishi, uni sabab va sharoitlari xakida suzlab 

ularni moxiyatini ochib berish. 



 

Identiv ukuv maksadalri: 

1.  Germaniyada  rivojlanishning  vaktincha  stabillashuvi  yillarini  sabablarini 

izoxlaydi. 

2.

 



Germaniya  xarbiy  sanoati    potentsialini  tiklanishdagi  asosiy  shartlarini 

tushuntirib beradi 

3.

 

Germaniya  davlatining  (1918-39)  ichki  siyosati  tamoyillari  nimalardan 



iborat ekanligini tushunib etadi. 

 

1-savol bayoni: 

1918-1923  yillarda    mamlakatni  larzaga  solgan  revolyutsion  janglar  burjua 

tuzumining  bir  kadar  mustaxkamlanishi  davri  bilan  almashindi.  Ung  sotsial-

demokratlar  Germaniya  oldida  iktisodiy  va  siyosiy  tarakkiyot  yuli  ochildi,  deb 

ishchilarning  kupchiligini  ishontira  oldilar.  Ular  reyxstagda  sotsial-demokratiyaning 

mavkei  mustaxkamlanib  borgan  sari,  u  mexnatkashlarning  manfaatlarini  tobora 

kuprok  ximoya  kila  oladi  va  kapitalistik  ekspluatatsiyani  cheklay  oladi,  deb  da`vo 

kildilar. Sinfiy ziddiyatlarning yumshaganlgi xakidagi  xom-xayollarning tarkalishiga 

asnoat va kishlok xujaligining yuksalganligiga yordam beradi.  

Bu  yuksalish  ish  xakining  usishi  bilan  birga  bordi.  Germaniya 

ekonomikasining  kisman    stabillashuvi  boshka  kapitalistik  mamlakatlarga 

karagaganda ancha zaif asosga ega edi, chunki uning asosiy manbalaridan biri chet el 

kapitalining, asosan AKSh va Buyuk Britaniya kapitalining okib kelishi edi. AKSh va 

angliya  imperalistlari  uzlari  kuygan  mablaglardan  ortikcha  foyda  olishdan  tashkari 

Germaniyaning  xarbiy-sanoat  potentsialini  tiklashga  xam  yordam  berdilar.  Nemis 


 

monopoliyalari  uchun  kulay  bulgan  reparatsiya  masalasining  xal  kilinishi  xam  bu 



rejalarga muvofik kelardi. 1924-1931 yilllarda reparatsiyalar xisobiga 11 mld. Marka 

tulagan  Germaniya  uz  ekonomikasiga  26  mlrd.  marka  mikdorida  karz  va  bevosita 

kapital mablaglar oldi. 

AKSh  va  Buyuk  britaniya  tomonidan  german  imperalizmiga  moliyaviy-

iktisodiy  yordam  berilishi  ancha  uzokni  kuzlovchi  muximi-Germaniyani  SSSRga 

karshi kurashish uchun asosiy kurolga aylantirish edi.  

Chet  el  karzlarining  uziga  xos  "oltin  yomgir"dan  nemis  kapitalistlari 

industriyani  modernizatsiya  kilish  uchun  foydalandilar.  Germaniyada  yangi  kudratli 

monopoliyalar  -  uziga  deyarli  butun  ximiya  sanoatini  buysundirgan.  "Farben-

industriya"  "Pulat  tresti"  va  xakozolar  vujudga  keldi.  Ularning  yordami  bilan 

mamlakatda kup sonli militaristik tashkilotlar paydo buldi. Gollanldiya, Shveytsariya, 

Ispaniya  va  boshka  mamlakatlarda  nemis  monopoliyalari  nazoratida  bulgan 

korxonalarda Germaniya uchun xarbiy samolyotlar va suvosti kemalari kurildi. 

Oradan  kup  utmay  er  egalari  bulgan  sobik  nemis  knyazlari  revolyutsiya 

vaktida musodara kilingan erlar, urmonlar, banklari kiymatini kaytarib berishni talab 

kildilar.  Bu  da`volar  demokratik  doiralarda  chukur  gazab  uygotdi.  GSDP  raxbarligi 

ommaning tazyiki ostida referendum utkazishga rozi buldi, bu referendum davomida 

14,5  mln.  saylovchi  knyazlar  mulkini  tula-tukis  eksproriatsiya  kilishni  yoklab  ovoz 

berdi.  Referendum  sul  kuchlar  xarakatlari  birligi  juda  katta  imkoniyatlarga  ega 

ekanligini kursatdi. 

GSDP reaktsiyaning xujum kilish xavfi ortib borayotgan bilan xisoblashmay, 

stabillashuv  yillarida  ishlab  chikarishnng  yuksalganligi  "uyushgan  kapitalizm" 

davrining 

boshlanganligidan 

va 

xatto 


mamlakatni 

sotsializm 

tomon 

rivojlanayotganligidan    dalolat  beradi,  deb  ishchilarni  ishontirdi.  Kupchilik  ishchilar 



bu    gaplarga  ishonch  bilan  karadilar.  1928  yilda  reyxstagga  utkazilgan  saylovda 

GSDP  9  mln.dan  ortik  ovoz  oldi.  Burjua    partiyalarining  vakillari  ishtirok  etgan 

kaolitsion  xukumatga  ung  sotsial-demokrat  boshchilik  kildi.  Birok  GSDP  ning 

raxbarlari "sotsial sulx"ga erisha olmadilar. 

Germaniyaning  siyosatida  reaktsiya,  militarizm,  antisovet  yulning  umumiy 

kuchayishi  GKP  tomonidan  doimiy  zarbaga  uchrab  turdi.  Kompartiyaning 

pozitsiyasini va uning ishchilari sinfi birligi uchun kurashini barbod kilish maksadida 

sotsial-demokratiyaning  ung  raxbarlari  ogir  jinoyat  kildilar:  politsey-prezident, 

GSDPning  tanikli  arbobi  buyrugi  bilan  1929  yil  1  may  kuni  Berlin  politsiyasi  GKP 

tomonidan  uyushtirilgan  ommaviy  ishchilar  namoyishiga  xujum  kildi.  Kucha 

tuknashuvlari  ruy  berdi.  Berlinning  bir  necha  rayonlarida  barrikadalar  paydo  buldi. 

Ishchilar orasida uldirilganlar va yarador bulganlar bor edi.  




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling