Ajiniez nomidagi nukus davlat pedagogika


Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana19.02.2017
Hajmi0.64 Mb.
#721
1   2   3   4   5   6   7

 

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar: 

1.  Ulkashunoslik fani nechaga bulinadi? 

2. Ulkashunoslikning asoschisi kim? 

3. Ulkashunoslikning urganilish ob`ekti?  



 

 

 

 

 

10 


O`zbekiston Respublikasi (geografik joylashuvi, aholisi, tabiiy boyliklari). 

Reja: 

1. O`zbekistonning geografik joylashuvi 

2. Aholi va ma`muriy- xududiy bulinishi 

3. O`zbekistonning iqlim-sharoitlari 

4. Asosiy foydali tabiyi boyliklari 

T.t. geografiya, chegara, axolii, ma`muriyat.   

 

Adabietlar: 

 

1. I.A.Karimov «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 

2. I.A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak uyq»-T., 1998. 

3. O`zbekiston Respublikasi entsiklopediyasi. T., 1997 

4. Tyurikov N. Shog`ulomov R. O`zbekiston Respublikasi 100  savolga 100  

javob.T., 1998 

5. O`zbekiston tarixi, «Yangi asr avlodi». T,, 2003 

6. Orayliq Aziya ellerine ekonomikaliq geografiyaliq sipatlama  

(metodikaliq qollanba). No`kis, «Qaraqalpaqstan», 2001 

5. Akromov Z., Musaev P. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi.T., «O`qituvchi»,  

1991 

 

O`zbekiston  Turkistonning  Markaziy  qismida  joylashgan  uning  hududining  asosiy 



qismi  Amudare  bilan  Sirdare  orasida  bo`lib,  mu`tadil  va  subtropik  iqlim  mintaqasida 

joylashgan.  O`zbekistonning  eng  shimoliy  nuqtasi  bilan  eng  baland  janubiy  nuqtalari 

orasidagi  masofa  925  km,  eng  g`arbiy  nuqtasi  bilan  eng  sharqiy  nuqtasi  orasidagi  masofa 

esa  1400  km.  Maydani  jihatidan  O`zbekiston  Avstriya,  Buyuk  Britaniya,  Belgiya,  Daniya, 

Shveytsariya davlatlari hududini qo`shib hisoblaganda ham ulardan yiriklik qiladi. 

O`zbekiston  janubida  Tojikston  bilan,  sharqda  Qirg`izston  bilan,  shimoliy  va 

shimoliy-g`arbda Qozg`iston bilan janubiy g`arbda Turmaniston bilan chegaradosh. Janubda 

Surxon-Sherobod  vodiysida  Afg`oniston  bilan  chegaradosh.  Bu  erda  Afg`oniston  bilan 

O`zbekiston chegarasi Amudare orqali o`tadi. 

O`zbekistonning  geografik  o`rniga  ko`ra  juda  qulay.  Chunki,  uning  hududi 

Turkistonning markazidagi tabiyiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklarga serob bo`lgan erlarni 

o`z ichiga oladi. 

O`zbekistonning  ko`p  qismi  tekisliklardan  iborat  bo`lishi  hamda  serunum 

vohalarining  Chirchiq  ohangaran,  Farg`ona,  Zarafshon,  Qashqadare,  Surxandare,  Qo`yi 

Amudaryoning  mavjudligi  jumhoriyat  iqtisldiyatining  rivojlanishida  qulay  sharoit  yaratib 

berdi.  O`zbekiston  hududi  janub-  sharqdan  g`arbga  qarab  chuzilib,  usha  tomonga  qarab 

pasayib boradi. Jumquriyatimiz er usti tuzilish jihatidan Tojikiston va Qirg`izstonnan keskin 

farq qiladi. 

O`zbekiston  hududining  ko`p  qismi  (71%),  (78%)  dehqonchilik  uchun  qulay 

vodiylar, tekisliklar va tog` oldi tekisliklaridan iborat. Tekislik erlarimiz ko`p bo`lishi va bu 

joylardan  Amudare,  Sirdare,  Zarafshon,  Chirchiq,  Qashqadare,  Surxandare  va  boshqa 

darelarning  oqib  o`tishi  iqlimning  qulayligi  sug`orma  dehqonchilikning  va  ayniqsa 

paxtachilikning  juda  qadimdan  rivojlanishiga  imkon  bergan.  O`zbekistonning  tabiyiy 

sharoiti xilma-xil bo`lib, ezda ham qor va  muz Bilan qoplangan balandligi 4688 (4643) ga 

eruvchi Hazrati Sulton chuqqisi Bilan birga dengiz satqidan 12 m past turuvchi Ming buloq 

botig`i  mavjud.  O`zbekistonning  tekislik  qismi  Turon  tekisligining  bir  qismi  bo`lib,  uning 

g`arbiy va shimoliy g`arb chekkasini Ustyurt plotosi egallab etadi. Orol dengizining janubiy 

sharqiy qismida Qizilqum Chuli boshlangan. er yuzining tuzilishi xilma-xildir. Bu erga past 



 

11 


tog`lar Bukontog`, Tomdi tog`, Ovmirza tog`, Kultuq tog`, etimtog`, uning g`arbiy qismida 

Sulton  Uvays  tog`i  qumli  va  tekisliklar  orasida  qad  ko`tarib  turadi.  Tomdi  tog`ning  okean 

satqidagi  eng  baland  qismi  922  m  etadi.  Qushni  respublikalar  Farg`ona  botig`ining  cheka 

qismlari  Qirg`izston  va  Tojikiston  hududida  joylashgan.  Botiqning  shimolida  Chotqol 

sharqda Farg`ona va janubda Oloy Turkiston tog` tizmlari joylashgan. 

Zarafshon  tog`  tizmasining  janubida  Hisor  tog`  tizmasining  janubiy  -g`arbiy 

tarmoqlari (Yakkabog`, Surxontog`, Quqitang va boshqalar) uchraydi. 

O`zbekiston aholisi ko`p millatliligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibini 123 dan ortiq 

millat  va  elatlar  vakillari  tashkil  etadi.  Aholi  zichligiga  kura  2-  urinni  Toshkent  iqtisodiy 

nohiyasi egallaydi,- bu erda har 1 km ga 275 kishi tug`ri keladi. 

Aholi  zichligi  ko`p  jihatdan  vohani  qadimdan  xo`jalik  mintaqalaridan  bo`lib 

kelganligi  va  zich  muhimi,  O`rta  Osiening  yirik  shahri-Toshkentning  shu  erda 

joylashganligi bilan izohlanadi. 

Quyi  Amudaryo  iqtisodiy  nohiyasining  qadimgi  dehqonchilik  vohalaridan  biri 

bo`lgan Xorazm viloyati O`zbekistonning aholisi ancha zid viloyatlaridan hisoblanadi. Unda 

aholi har 1 km kv ga 169,5  kishidan to`g`ri keladi. 

Zarafshon,  Surxandare  va  Qashqadare  mintaqalarida  aholining  o`rtacha  zichligi  1  

km.kv  ga  60-65  kishini  tashkil  qildi.  Bu  mintaqalarda  keyingi  yillarda  yangi  erlarni 

uzlashtirish va sanoatni rivojlantirish ortib bormoqda. Masalan: Qashqadareda 1959 

1981 



yillar  orasida  aholi  zichligi  1  km  kv  ga  17,9  kishidan    59,I  kishiga  (3,3  barovar), 

Surxandareda esa 20,3 kishidan 64,2 kishiga 13,2 barobar) kupaydi. 

Buxoro  viloyati  va  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  O`zbekiston  aholisi  eng  siyrak 

yashaydigan  mintaqalar.  Ularda  aholining  urtacha  zichligi  1    km  kv  ga  12,0  kishi  va  7,7 

kishini tashkil qiladi. Buning asosiy sababi hududning kata qismini egallab turgan Qizilqum 

chuli va Ustyurt platosining ihtisodiy jihatdan ancha kam uzlashtirilganligidir. 

60    y.  gacha  Mirzuchul  iqtisodiy  noqiyasi  aholi  siyrak  joylashgan  mintaqalar 

jumlasiga kirardi. Keyingi yillarda Sirdare va Jizzax viloyatlarini birlashtirgan bu iqtisodiy 

mohiyatdagi  keng  dashtlarning  deyarli  tamoman  o`zlashtirilganligi  sababli  unda  aholi 

zichligi  tabora  oshib  bormoqda.  1991  yil  (ko`rsatkichlaridagi)  ma`lumotlariga  ko`ra,  bu 

iqtisodiy nohiyada aholining o`rtacha zichligi 1 km.kv ga 52 kishidan zied to`g`ri keladi. 

O`zbekiston  Respublikasining  maydoni  447,4  kv  km,  xorijiy  daviatlar  Bilan 

taqqoslaydigan bo`lsak, uning maydoni Buyuk Britaniyadan 2 barovar, Shveytsariyadan 11,  

Belgiyadan 14, Armanstondan 15 barobar katta. O`zbekistonning chegarasining ko`p qismi 

tekislikdan  utganligi  sababli  transport  va  iqtisodiy  alohalarni  rivojlantirish  keng  imkoniyat 

beradi. 


Respublikamiz maydonining kattaligi jihatidan O`rta Osie davlatlari va Qozog`iston 

Respublikasi  orasida  uchinchi  o`rinda  tursa,  aholi  soni  jihatidan  u  yuqorida  sanab  utilgan 

davlatlar o`rtasida eng oldingi o`rinda turadi. 

O`zbekiston  aholisi  2002  yil  boshida  25,2  millionga  teng  bo`lgan.  Uning  aholisi 

saudiya Arabiston aholisidan 2 barobar, Shveytsariya aholisidan 3, Mug`ilston aholisidan 10 

baravor ko`p. 

O`zbekiston  respublikasi  1924  yilda  sobiq  SSSR  tarixidagi  ittifoqdosh  respublika 

tarzida  tashkil  topgan.  1991  y  31  avgustda  esa  mustaqil  respublika  deb  e`lon  qilingan. 

Poytaxti  Toshkent  shahri,  unda  2  mln.  30000  dan  zied  aholi  yashaydi.  O`zbekiston 

aholisining  asosiy  75%  ni  o`zbeklar  tashkil  qiladi.  Undan  tashqari  rus,  tatar,  tojik,  qozoq, 

qoraqalpoq, koreys, yaxudiy, uyg`ur va boshqa xalqlar yashaydi. (123 dan ortiq millatlar). 

O`zbekiston respublikasining ma`muriy-hududiy bo`laklari soni: 

1. Viloyatlar- 12 ta va bitta Qoraqalpog`iston respublikasidan iborat. 

2. Tumanlar- 18 ta 

3. Shu jumladan qishloq tumanlari- 163 ta 


 

12 


4. Shahar tumonlari- 18 ta 

5. Shaharlar jami-12 ta 

6. Respublikaga buysunuvchi shaharlar- 1 ta. 

1.  Andijon  viloyati.  Markazi  Andijon  (307,4 ming  kishi  yashaydi).  Viloyatning 

tuzilgan  vaqti  1941  y,  6 mart,  Hududi  4,24  ming  kv.km.  Aholisi  1993,1  .  14  tumandan 

iborat. 


2.  Buxoro  viloyati.  Markazi  Buxoro  (237,6  ming  kishi  yashaydi)  1938  y.  15 

yanvarda tuzildi. er maydoni 40,32 ming kv.km. Aholisi 1315,2 kishi. 11 tumandan iborat. 

3. Jizzax viloyati. Markazi Jizzax (122,7 ming kishi) 1973 y 29 dekabr`. er maydoni 

20,49 ming kv.km. Aholisi 1315,2 kishi. 11 tuman. 

4.  Novaiy  viloyati.  Markazi  Novaiy  shahri.  (112,7  ming  kishi,  1982y  20  aprel` 

maydoni 110,99 ming kv.km. Aholi 734 ming 8 tuman. 

5. Namangan viloyati. Namangan shahri. (354 ming) 1941 y 6 mart. 

6. Samarqand viloyati. Aholi 2431,3 ming. 16 tuman (363,4 ming). 

7. Sirdare viloyati. 626 ming. 9 tuman (53,4 ming) 

8. Surxandare viloyati. 1635,8 ming 14 tuman, Termez (106,0). 

9.  Toshkent viloyati 2239,8 ming  15 tuman 

10. Farg`ona viloyati 2444,5 ming  15 tumon (182,0) 

 11. Xorazm viloyati 1198,4 . 10 tuman (136,9) 

12.  Qashqadare.  Qarshi  (190  ming)  1943  y  20  yanvar`  er  maydoni  28,57  ming 

kv.km. Aholi 1917,9 ming 14 tuman 

1960  y  25  yanvarda  Qashqadare  viloyati  tugatilib  hududi  Surxandare  viloyatiga 

berilgan edi. 

1969 y esa 7 fevral`da u yana qayta tashkil topti. 

13.  Qoraqalpog`siton  respublikasi.  Nukus  shahri.  188,9  ming  suveren  demokratik 

respublika  deb  e`lon  qilingan  vaqti  1992  y.  9  yanvar`.  er  maydoni  166,59  ming  kv.km. 

Aholi 1396,7. 15 tumon. 

O`zbekiston  okean  dengizlardan  uzoqda  evroosie  materigining  ichki  qismida 

joylashganligi  tufayli  kontinental  iqlimga    ega  bo`lib,  osmoni  nihoyatda  ochiq,  seroftob, 

uzoq  davom  etadigan  jazirama  issiq  va  quruq  ez  bilan,  shu  geografik  kenglik  uchun 

birmuncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. 

O`zbekistonda  iqlimning  barcha    unsurlarining  yillik  o`zgarishi  orasida  katta 

tafovutlar  mavjud  bo`lib,  ular  eng  avvalo  iqlim  hosil  qiluvchi  omillarning  xususiyatlariga 

bog`liq. 

O`zbekiston iqlimi uning geografik urn iva u bilan bog`liq holda quesh radiatsiyasi, 

atmosfera  tsirkulyatsiyasi,  rel`efi,  er  yuzasining  holati,  iqlimga  kishilar  xo`jaligi 

faoliyatining (antrop) ta`siri natijasida tashkil topadi. 

Ma`lumki, O`zbekiston chul zonasida asosan subtropik kenglikda, okeanlar ichkarida 

joylashgan.  Bu  esa  uning  iqlimindagi  ba`zi  xususiyatlarni,  chunonchi,  queshning  ifqori 

baland  turib  uzoq  vaqt,  eritib  va  isitib  turishini  nom  bulutli  bo`lishganligini  shakllanishida 

muhim o`rin tutadi. 

O`zbekistonning  tog`li  qismida  quyoshning  nur  sochib  turishi  davri  tekislikka 

nisbatan  600-700  soat  kam  bo`ladi,  tog`larning  2000  m  balandlik  qismida  quesh  yiliga 

2300-25 soat nur sochib turadi. Buning asosiy sabablari tog` enbog`ri buylab kutarilgan sori 

bulutli kunlarning ortib borishi tog` enbog`rining queshga nisbatan holatidir. 

O`zbekiston  iqlimining  vujudga  kelishida  atmosfera  tsirkulyatsiyasining  (havo 

massalarining  almashib  turishi)  ham  ahamiyati  kata  Jumxuriyat  hududiga  yil  buyi  uchta 

quyidagi asosiy havo masaslari ta`sir etib turadi.  

Arktika mo``tadil (qutbiy) va tropik. 


 

13 


O`zbekiston  hududida  atmosfera  tsirkulyatsiyasining  o`zgarib  turish  xususiyati 

haqida  yaxshi  tasavvurga  ega  bulish  maqsadida  yilding  issiq  (ez)  va  sovuq  (qish)  fasliga 

bo`lib tavsif beramiz. 

Qishda  O`zbekiston  hududi  ko`proq  arktika  va  mu`tadil  (qutbiy)  havo  massalari 

ta`sirida bo`lib. Ular shimoliy g`arbdan, shimoldan kirib keladi. 

Ma`lumki,  turkiston,  jumladan  O`zbekiston  qishda  Sibir`  antitsiklonidan  vujudga 

kelgan yuqori bosim barometrik o`qdan ya`ni shimoli sharqdan O`zbekiston hududiga havo 

massalari  kirib  keladi.  Ba`zi,  isiq  tropik  havo  massasi  Eron-  Afg`oniston  tomonidan  kirib 

keladi.   Natijada Turkistonning janubiy qismida mu`tadil mintaqa sovuq havosini Eron va 

Afg`onistondan  kirib  kelgan  iliq  toropik  havosidan  ajjratib  truvchi  qutb  fronti  vujudga 

keladi. 

Yilning  issiq  faslida  O`zbekistonda  havo  tsirkulyatsiyasi  qish  faslidan  keskin 

farqlanadi. Chunki moy oyidan boshlab Turon tekisligi havosi tezda qizib ketishi oqibatida 

past bosimli markaz-termin repressiyasi vujudga keladi. 

O`ta  qizib  mahalliy  kontinental  Turon  tropik  havosi  shakllanadigan  va  bu  davrda 

O`zbekistonda 

xarorat kutarilib, Termezda 50 gradusga etishi kuzatilgan. Bunday ob-havo 



(termin depressiyali kunlar) ez davrining 15% ni tashkil qiladi. 

O`zbekiston iqlimiga yana uning er usti holati, ya`ni qor qoplash, tuproqli usimliklari 

ham tavsif etadi. Chunki, qor qoplashning quesh radiatsiyasini qaytarish qobiliyati juda kata 

bo`ldi. 


O`zbekiston havosining nomligi va bulutligi eng avvalo havo massalariga xususiyati 

hamda  almashinib  turishiga  havoning  haroratiga,  er  usti  halotiga  va  eg`in  bilan 

bug`lanishining nisbatiga bog`liq. 

Havoning  nisbiy  nomligi  yil  buyi  o`zgarib,  ezda  kamayib,  qishda  esa  xaroratining 

pastligi,  eg`ingarchilikning  ortishi  tufayli  kupayadi.  Jumxuriyatimizda  qishda  havoning 

nisbiy  nomligi  tekislik  qismida  shimoldan  jonubga  qarab  70-80%  atrofida  o`zgarsa, 

tog`larda balandlashgan sari kamayib 55-59% va undan pastga tushishi mumkin. 

Toshkentda  79%,  Termizda  79%  ni  tashkil  etsa,  mutloq  balandligi  1438  m  bo`lgan 

Chimenda 59% ga  mutloq balandligi 1545 m bo`lgan Shaharlardonda 55% ga tushib qoladi. 

O`zbekistonda  erug`lik  va  issiqlik  etarli  bo`lsa,  aksincha,  eg`in  miqdori  juda  kam 

holda  hudud    bo`yicha  nihoyatda  notekis  taqsimlangan.  Eng  kam  eg`in  tushadigan  joylar 

quyi Amudare, Qizilqumning g`arbi va Farg`ona vodiysining g`arb qismi hisoblanadi. 

O`zbekistonning tog`oldi va tog`lari tomon yillik eg`in miqdori ortib boradi. Chunki 

yuqoriga  ko`tarilgan  sari  xaroratning  pasayishi  oqibatida  kondensatsiyalanish  jarenii  sodir 

bo`lib,  eg`in  vujudga  keladi.  Buning  ustiga  eg`inlarni  asosan  g`arbiy  havo  massalarining 

olib  kelganligi  tufayli  jumxuriyat  tog`larining  g`arbiy,  janubiy-g`arbiy  enbog`irlariga  eg`in 

shimoliy va sharqiy enbog`irlarga nisbatan ko`p tushadi. 

Havo bosimi va shimolning O`zbekiston hududi uning er usti tuzilishiga, queshning 

isitishiga bog`liq holda hudud va fasllar bo`yicha bir xil joylashgan emas. 

O`zbekiston  hududiga  ezda  iyul`  oyida  havo  bosimining  o`zgarishi  uning  janubiy-

sharqdan  shimoliy  g`arbiga  qarab  uzgarib  ortib  boradi.  Agar  Surxon  Sherobod  vodiysida 

1001 mb bo`lsa, Qarshi yo`lida 1003 Mb, Quyi zarafshon va Farg`ona vodiysida 1004 Mb, 

Qizilqumning markazida 1006 mb, Shimoli-g`arbda esa 1008  Mb ni tashkil etadi. 

O`zbekistonda  shimoldan  jonubga  borgan  sari  harorat  kutarilib,  fasllarni  boshlanish 

muddati uzgarib boradi, oradagi tafovut 20-25 kungacha etadi. 

Shu sababli mahalliy iqlimshunoslar O`zbekistonni iqlimini 2 issiq va sovuq davrga 

bo`ladi.  O`rtacha  sutkalik  harorati  50  dan  oshgan  kunlar  issiq  davrga  akchinsa  50  dan 

pasaygan kunlar sovuq davrga kiritiladi. 

Iqlim  resurslariga  issiqlik  resursi  geliorusurs,  shamol  energiyasi  va  davolanishdagi 

ahamiyati kiradi. 



 

14 


O`zbekiston  xo`jaligi,  xususan  qishloq  xo`jaligi  uchun  zarur  bo`lgan  eng  muhim 

omillaridan  biri  bu  issiqlik  resursidir.  Chunki  qishloq  xo`jalik  ekinlarining  pishib  etilishi, 

mevalarning  shirin  bo`lishi  uchun  ma`lum  darajada  issiqlik  talab  etiladi.  Bu  jihatdan 

qaraganda O`zbekiston juda qulay issiqlikning resursiga ega. 

O`zbekistonga  yo`l  yaylovlarini  suv  bilan  ta`minlashda  kichik  maydonlarni 

sug`orishda  shamol  energiyasi  asosida  ishlovchi  nasoslar  erdamida  er  osti  suvlaridan 

foydalanishi mumkin. 

O`zbekiston  hududida  foydali  qazilmalarning  bir  qancha  turlari  borligi  aniqlandi. 

eqilgi energetik boyliklari. Bu foydali qozilmalar guruhiga neft, gaz va ko`mir kiradi. 

Neft va gaz ionlari Farg`ona botig`ida Suh, Alamushuk, Povontosh, Chimen, Shursu 

va boshqa joylashgan, O`zbekiston hududida Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha 

elementlar  mavjud.  Miss,  kumush,  oltin,  qurg`oshin,  Rux,  vol`from,  tabiiy  gaz  va  boshqa 

ayrim  er  osti  boyliklari  zaxiralari  bo`yicha  respublika  jahonda  oldingi  o`rinlardan  birini 

egallaydi. 

Xisof  tizmasining  jonubiy  g`arbiy  tarmoqlaridagi  Odamtosh,  Gumbulti,  Pachkamar, 

Qizil bayroq Omon ota kabi konlari topilgan. 

Neft`  Sherobod  Surxon  botig`idagi  palegon  ohak  toshlari  qatlamlarida  havodog, 

Uchqizil, Kukayti va boshqa joylarda olinmoqda. 

Gazning  juda  katta  zakirasi  Buxoroda  Gazlida  Qashqadareda  topilgan. 

O`zbekistonda ko`mirning 4 koni bor. Oxongaron, Shorg`un, Boysun, Quqitosh kabi konlari 

ma`lum. 

Angren ko`mir koni- O`zbekistondagi zaxirasi boy bo`lgan konlardan hisoblanadi. 

Rudali  foydali  qazilmalar,  O`zbekiston  hududida  qora-metallar  (temir,  titan, 

morganets,  xrom).  Nodir  metallar  (vol`from,  molibdan,  qolay)  vismut,  simob,  Surma  va 

boshqalar topilgan. 

Kimeviy  xom  ashelardan  O`zbekiston  hududida  Osh  va  kaliy  tuzlari  mavjud. 

Respublika  hududida  Boybichakan,  ko`jankon,  Tyubegatong,  Oqtosh,  Loymimkon  va 

boshqalar bor. Bulardan tashqari respublikamiz hududida ko`plab foydali qazilmalarni topib 

aniqlangan.  Mana  shundan  ko`rinib  turibdiki  respublikamiz  foydali  qazilmalarga  boy 

ekanligi. 

Respublika oltin zaxirasi asosan Novaiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Namangan 

viloyatlari  kiradi.  Bundan  boshqa  ayrim  hududlarida  Olmaliqda  miss  konlari  ishga 

tushirilgan. 

 

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar: 

1. Uzbekistonning geografik joylashuvi? 

2. Uzbekistonning ma`muriy-xududiy bulinishi? 

3. Uzbekiston Respublikasining tabiy boyliklari?  



 

15 


O`lkashunoslikda arxeologiyaning roli 

 

Reja: 

1. O`zbekistonda arxeologiyaning rivojlanishi 

2. Ibtidoiy jamoa davri 

3. Qo`ldorlik jamiyati 

4. Feodalizm davri 

5. Arxeologik materiallarini to`plash 



T.t. Arxeologiya, edgorlik, madaniy katlam, manba.   

 

Adabiyotlar: 

1. I.A.Karimov «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 

2. I.A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak uyq»-T., 1998. 

3. Alekseev V.P. Asqarov A.A. Xodjaev T.K. Istoricheskaya antropologiya Sredney 

Azii.T.,1990 

4. Avaneseva N.A. Epoxa bronzi Sredney Azii Samarqand,1989 

5.  Aminjanova M.e. Qadimgi edgorliklar qissasi.T., 1974 

6. Asqarov A. Asqarov A. Sapallitepa. T.,1974 

7. Asqarov A. Razvitie arxeologicheskoy nauki v  Uzbekistane-Obshestvennie  

nauki v Uzbekistane», 1972, N1-12. 

8. Jurakulov M. O`rta Osiening ibtidoiy arxeologiyasi, Samarqand,  1984 

9. Islomov U. Tariximiz uzayadi.-«Fan va turmush», 1989, N11 

10. Kabirov J. Sag`idullaev A. O`rta Osie arxeologiyasi.T., 1990 

11. Martinov A.I., Sher. Ya.A.Metodi arxeologicheskogo issledovaniya. M., 1989 

12. Matyushin G.N. Tri milliona let do nashey eri. M.,1986 

 

1. «Arxeologiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «arxayos»-qadimgi, «logos- Fan, 



ya`ni qadimgi Fan ma`nosini bildiradi. 

Arxeologiya ulkashunoslik va tarix fanlarning asosiy manbalaridan biridir. 

Biz  bilamizki  uzoq  tarixiy  traqqietning  eng  keyingi  5-6  ming  yillik  yillaridan 

boshlabgina  ezma  asarlar  bo`lib,  avval  esa  ezma  tarix  bo`lmagan.  ezuv  paydo  bo`lganda 

ham  avval  ishlab  chiqarish,  xalq  maishotini  tula  to`kis  beraolmagan.  Arxeologiya  esa 

qadimgi  shahar  va  qishloqlarni  qozib  kurish  orqali  ro`zg`or  asboblari,  e`tiqod  edgorliklari 

albatta  topilgan,  ular  o`sha  dvar  turmushini  aniq  yaratadi.  Bundan  edgorlik  buyumlarini 

tekshiruvchi Fan arxeologiya bulib, u  tarixchilikning muhim bir tarmog`ini tashkil etadi. 

O`rta Osieda tarixchilik uzoq davrni o`z ichiga oladi. Narshaxiyning «Buxoro tarixi», 

Bal`aminning «Tarix tabari tarjimosi» hozir ham foydalaniladi. Lekin arxeologiya  juda esh 

fandir. Rossiyada u  Fan XVIII asrlarning urtalarida poyda bulib,  XIX asrda taroqqiy qildi. 

Rus sharxshunoslari N.I.Veselovskiy, V.V.Grigor`ev, I.Kallaur, V.V.Bartol`d, V.L.Vyatkin 

o`zbek  arxeologlaridan  Akram  palvon  Asqarov  va  boshqalar  arxeologik  edgorliklarni 

tuplab,  tarixshunoslik  nuqtai  nazaridan  urganish  ishida  tashabbuschi  buldilar.  Hozir 

Toshkentdagi  tarix  muzeyi,  san`at  muzeyi,  tibbiet  muzeylaridagi  boy  arxeologik 

kollektsiyalarning katta qismi XIX asrda yig`ilganlar. 

Samarqandda  istiqomat  qiluvchi  V.L.Vyatkin  qadimgi  er  vositalarini  o`rganish 

asosida rasadxonaning o`rnini aniqladi. 1908-1909 yilari rasadxonaning sakkizdan bir qismi 

topildi. 

Chor  Rossiya  davrida  O`zbekistonda,  O`rta  Osieda  ibtidoiy  jamoa  davri, 

bulganilagiga shubha bilan qaralgan  edi. Ikkinchidan O`rta Osiega  aholi Eron va Shimoliy 

Hindiston  tomonidan  kuchib    kelgan  deb  taxmin  qilinar  edi.  Quldorlik  davri  ham  gue 



 

16 


bo`lmagan  eng  qadimgi  zamonlardan  tortib,  so`nggi  Buxoro  amirlari  zamonigacha  O`rta 

Osie xalqlarining haetida uzgarish bulmagan deb uqtirar edi. 

Lekin  O`zbekiston  tarixini  davrlashtirish  masalasida  Moskva,  Leningrad,  Sankt-

Peterburg    va  O`zbekiston  arxeologlari  A.Yu.Yakubovskiy,  V.G.Grigor`ev,  S.P.Tolstov, 

M.e.Masson, Ya.G.Gulomov va boshqalar ish olib bordilar. 

1923-1933  yillari  Namangan  viloyatining  Uchqurgan  tumani  Norin  daresi  bo`yida 

elektrostantsiya  qurish  taergarligi  munosabati  bilan  Sankt-Peterburg  arxeologiyasidan 

B.A.Latinin  Far»ona  vodiysining  shimoliy  rayonlarida:  1934  yil  S-Peterburg  arxeolog 

G.V.Grigor`ev  Yangiyo`l  tumanida  usha  yili  prof.  A.Yu.Yakubovskiy  boshliq  S-Peterburg 

va  O`zbekiston  arxeologlaridan  Buxoro  viloyatining  sharqiy  qismida,  M.S.Masson  boshliq 

arxeologlar Oxangaron vodiysida jiddiy arxeologik qidiruv o`tkazdi. 

1936-1937  yillarda  Termiz  shahrida  qozish  ishlari  olib  bordi  va  S.P.Tolstov 

boshchiligida  Xorazmda,  V.A.Shishkin  boshchiligida  Buxoro  viloyatining  g`arbiy  qismida 

Yangi  tekshirish  boshlandi.  Bu  ekspeditsiyalar  1939-40  yaillarda  O`zbekistonda  sug`orish 

sohasida xalq qurilishlari boshlanishi munosabati bilan arxeologiya kuzatishlari utkazildi. 

2. Ibtidoiy jamoa davri odamlar urug`, aymoq va oila Odam toshdan qurolyasab, uni 

takomillashtirib, uzlari ham rivojlanib  borganlar. Ishlab chiqarish jihatidan bu davo paleolit 

/qadimgi  tosh/  davri  deb  atagan.  U  qurollar  taraqqitei  bosqichi  jihatidan  shell`  ashel`  vam 

ust`e  deb  bo`linishdi.  Bu  vaqtlari  yashagan  pitekontrop  Yava  orolida  topilgan.  /Maymun 

odam/,  sinantrop  /xitoy  odami/,  geydelberg  neanertal  tipidagi  odamlar  tuzilishi  jihatidan 

odam bilan maymun o`rtasidagi holatda bulganlar. 

1955  yil kuzda Toshkentdan 15 km. G`arbda Shoinko`prik degan joyda Qoraqamish 

bo`yida qadimgi qotlamdan ashel`, must`e tosh qurollari topildi. Farg`ona, Qayroqqum 400-

500  ming  avvalga  odamlardan  darak  beradi.  Must`eda  suyakdan  asbob  yasagan  bu  vaqtda 

urug` tartibiga ko`cha boshladi. 

1938  yillar  Surxandare.  Teshik  toshdan  Oqladnikov  neandertal  8-9  esh  bola  bosh 

suyagini  topdi.  U  100-120  yil  avval  yashagan.  1946  yili  Samarqand  viloyati  Urgut 

tumanidagi  Omanquton  g`orida  tosh  qurollar  topildi.  1954  yil  Qoyraqqum  chulida  must`e 

esdalik  topildi.  Novoiy  shahridagi  Uchtut  qishlog`i  yaqinidagi  Voush  tog`i  janubida, 

Iofayrom  soy,  Pal`man  qishlo»i,  Xujokair  soyining  ung  sohilida  topildi,  ibtidoiy  odamlar 

unda  yashagan.  A.P.Okladnikov  Davlat  mukofoti  laureati  unvonini  oldi.  Bular  O`rta  Osie 

neondertal bosqich o`tganlarini isbotladi. 

a)  Olovdan  foydalanish  kengayib  atrofdagi  aholi  bilan  ma`lum  darajada  bir  guruh 

kishilar  o`rtasida  xon-qorindoshlik  munosabati  boshlandi.  Urug`  tepasida  ona  turdi.  Bola 

ona  urug`ligining  bolasi  hisoblandi.  40  ming  yil  avval  so`nggi  paleolit  boshlanadi. 

Kromon`op  hozirgi  kurinishdagi  odamlar  paydo  bo`lgan.  Uning  esdaliklari  Shoimkupirik, 

Boysun tog`idagi Machoy gori,  «Amir Temur» gorida topilgan. Samarqand  makoni  yaxshi 

urganildi.  U  1939  yili  Samarqand  Davlat  universiteti  D.N.Lev  boshchiligida  ekspeditsiya 

olib  borildi.  Unda  odamlarning  2  pastki  jog`i  topildi.  Toshkentdagi  Buzsuv  1,    Buzsuv  II 

makoni Oxangaron tumanidagi Qulbuloqdan ham so`nggi paleolit esdaliklari topildi. 

Mezolit urta tosh davri. O`q ey uylab topildi, hayvonlar qulga urgatiladi. Surxandare 

viloyati  Zaraut  soydan  toshga  qizil  kesak  bueq  bilan  solingan  surat  topildi.  Unda  chodir 

epilib, o`ziga dum bog`lagan o`q-ey kutargan ovchilar evvoyi hayvonlar bilan tasvirlangan. 

Unda  hayvonni  unutmaslik  uchun  ishlagan  bulishi  mumkin  deydi  arxeolog  Artsixovskiy 

A.V. Arxeologiya asoslari (T.1970. 272 bet). 

Machay  gorida  mezolit  qatlam  40  sm.  Farg`onada  Obishir,  Toshkentda  Qo`shilish 

degan joydan mezolit esdaliklar topildi. 

b)  Neolit  davriga  utish  asosan  toshni  silliqlash  va  teshish  usullarini  rasm  qilishdan 

boshlaydi. Sopol idishlar 1 marta yasaladi. Bu davrning yirik esdaligi Qoraqalpog`istondagi 

Kaltaminor  choylasidir  uni  1937  yilda  S.P.Tolstov  ochdi.  Eramizdan  avval  300-400  yil 



 

17 


ilgari solingan enbosh qal`ada 1940 yili qazish ishi olib borildi. Unda 100-120 odamlik katta 

choila  qurg`onligi  S.P.  Tolstov  tomonidan  aniqlandi.  Qumni  uyib  ishlagan  20  dan  ortiq 

uchoq bo`lgan. asosiy kasblari boliqchilik va ovchilik bo`lgan. 

v)  Turkmanstonda  Kopet-Dog`  etaklaridagi  soylar  oeg`ida  Anav,    Kaxka,  Chacha, 

Namozgoh  kabi  tepalar  metall  yangi  tarqolgan  zamonda  paydo  bo`lgan  eng  qadimgi  utroq 

dehqon aholi yashagan qishloqlar xarobasidan iboratdir. Bu xil hali urnashmagan dehqon va 

chorvadorlar  madaniyati  1-marta  Xorazmda  usha  Kaltaminor  chaylosi  yaqinlarida 

aniqlangani uchun, Toza bog`ep Madaniyati deb otalgan. 

Zarafshon  daresi  qurib  qolgan  bir  tarmog`i  bilan  Moxandareda  prof.  Ya.G`ulamov

 

boshchiligida  1950  yili  tekshirildi.  Qoraqul  shaharchasidan  15  km  shimoli  G`arbda 



Zamonbobo  kuli  bo`yida  o`sha  davr  qabrstoni  topildi.  41  ta  mozor  ochildi.  Ota  urug`i 

boshlangan va er ulsa, xotinni uldirib qushib kumilgan. Jez qurol, jez oynalar topildi, bueqli 

sopollar uchraidi. 

Namangan  viloyati  Chust  shaharchasi  enida  «Buvona  mozor»  degan  joyda  shunday 

qishloq topilgan, utroq, dehqonchilik qilgan.  Shunday  yana qishloq  Andijon viloyati Oyim 

tumanidagi Dalvarzin tepasida ham topilgan. Qishloqlar devorlar bilan urolgan, paxso  yaki 

xom  g`ishtdan  qurilgan  uylarda  yashagan.  Masalan,  Chust  qishlog`i  1,5    metrgacha 

keladigan  tashqi  dveor  qoldiqlari  qovlab  ochildi.  Dalvarzinda  200  metr    masofada,  eni  4,6 

metr  sharqiy  qismida  qatto  80  m,  masofada  eni  4  m  lik  tosh  yo`l  kovlab  ochildi. 

Dalvarzindan  900  ga  yaqin  tosh  Uroq,  jez  uroqlar  dehqonchilik  rivojlanganini  ko`rsatadi. 

Metall buyumlar paydo bo`lishi bilan ota uru»i kuchaydi, bola urug`iga utdi. Dehqonchilik 

bronza  davrida  vujudga  kelgan.  Usha  davrda  toshqin  suvlarni  ma`lum  tortibga  solib  ularni 

kanal halatiga keltirilganligi ma`lum bo`ldi. 

II.  m.avval  I  minginchi  yillarda  temirni  olovda  eritish  yo`lani  topib,  ishlata 

boshlagan.  Arxeologlarning  aniqlashicha  Qoraqum  ichlarida  2500-2600  yillar  ilgari  kata 

qal`alar bino qilingan. 

2100    yil  burun  kelib  ketgan  xitoy  saexi  Chjan  Syanning  ma`lumotlariga  ko`ra 

«Davan»  deb  yuritilgan  Farg`onada  70  ga  yaqin  kata  va  kichik  qal`alar,  300-000  ga  yaqin 

aholi bo`lib, beda, uzum etishtirib, yilqichilik yaxshi rivojlangan. 

O`rta  Osieda  quldorlik  davrlarning  yuqori  taraqqieti  Parfiya,  Gretsiya,  Baktriya 

hamda Kushon kabi mahalliy imperiyalar zamoniga to`g`ri keladi. Zaroastrizm dini Eronda 

emas,  O`rta  Osieda  bulganini  raxeologlar  isbotladi.  Ya.G.Gulomov  1936  yili  Xorazmda 

Mang`it tumanidagi Qubba tog`» ustida zardushtiylar qabrini kovlagan, 60  metrlik tor bino 

xarobasida odam suyaklari chiqdi. Bino-naus deb ataladi. Suyaklar Ossuriylarda saqlangan. 

Qoraqalpog`istondagi  enboshqal`adan  utga  topinadigan  ibodotxona  topildi.    /Otashkada/ 

Zardush dini vatani va «Avesto» kitobi maydonga kelgan joy O`rta Osie ekanligi dalillandi 

/56 -bet/. 

1933  y.  Termiz  tumanida  Ayritom  degan  joyda  Budda  dini  Ibodatxonasining 

xarobasi  topildi.  Budda  xaykalining  topilishi  Kushonlar  davrida  Hindiston  bilan  o`z-aro 

munosabatlar kuchaytirilganini dalilaydi. Buddizm Davlat dini darajasiga kutarildi. 

III.  Sug`orish  maydaonining  kuchayishi,  suvni  bland  erlarga  kutaradigan 

charxpalaklarning,  suv  tegirmonlarning  kashf  qilinishi  paxta  ekinlarining  tarqalishi  va 

hokazalar  yangi  feodal  munosabatlariga  olib  keldi.  III  asrda  asosan  haet  aloqida  vohalarga 

qishloqlarga kuchaydi. er zadogonlari bilan «dehqonlar» qullardan drujina «chokarlar» qilib 

qishloq  aholisini  o`ziga  ishlatadi.  Lekin  siljish  rivojlanishlar  bo`lgan.  Masalan,  Xorazmda, 

Tuproq qal`ani /IV asr/ qazishda  «podsholar  zoli» deb atalgan zal topildi. Prof.S.P.Tolstov 

«Bu zalda xorazmda Afrig`, xonodoniga mansub podsholarning haykali ota-bobrolar ruhiga 

si»inishi  tariqasida  aks  ettirilgan»-deb  baholaydi.  Bu  saroydan  Xorazm  shohlarining  ezma 

hisob-kitob  arxivi  topilgan.  Qadimgi  Xorazm  ezuvi  taxtaga  charmga  ezilgan.  1934  yili 


 

18 


Samarqand  yaqinidagi  Mug`tepadan  Panjakent  hokimi  Divashtichning  VIII  asrdagi  arxivi 

topilgan edi. Sug`dcha va arabcha xatlar asosida sug`d ezuvlarining xususiyatlari aniqlandi. 

Surxondar`e  viloyati  «Bolalik  tepa»  da  zal,  devorlar  odamsuratlari  bilan  bezatilgan 

ibodatxona topildi. U V asr oxirlariga doir. 

1937-1956 yillari Buxorodan 40 km «arbdagi Varaxsha shahri xarobalari tekshirildi. 

Unda  VII-VIII  asrlarda  Buxoro  hukmdarlari  solgan  Rachfandun  saroylarning  xorobasi 

topildi. Unda 3 zal va 1 ayvon ochilgan. Zalning birida oq fil minggan kishilar, filga hujum 

qiluvchi iyritqich afsonoviy hayvonlar, 2 zalda Rum qushinlari qanotli tuya ustiga oltin taxt 

qo`yilgan  va  boshqa  devorda  tasvirlar  bor.  Bular  ilk  feodalizm  vaqtida  tasviriy  san`at 

rivojlanishini ko`rsatadi. 

Ulug`bek rasadxonasi 1 marta 1908 yili topilsa, er ostidagi sekstant qismi kovlangan 

edi.  Lekin  er  ustidagi  binosi  qanday  bo`lgani  noma`lum  edi.  1948  yili  V.A.Shishkin  uni 

aniqladi.  3  qavatli  bino  Arxitektor  Nil`son  rasadxonasining  tashqi  ko`rinishini  taxminiy 

ravishda tiklab ko`rsatadi. 

Demak  O`rta  Osie  xalqlari  tarixi  paleolit,  mezolit,  neolit,  eneolit,  bronza,  temir 

davrlarini utganliklarini arxeologiya topilmalari dalillaydi. 

2. Ulkashunoslikni urganish uchun uqutuvchi ulka va o`lkashunoslik nima, uni qaysi 

ilmiy va ommaviy adabiyotlardan  o`quv o`rganish  mumkin ulka  muzey ekspozitsiyalarida, 

arxiv  hujjatlarida  o`z  ulkasiga  oid  qanday  ma`lumotlar  bor  va  nihoyat,  o`lkashunoslikning 

brinchi manbai bo`lgan arxeologiya haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lishi lozim. 

O`quvchilarning  arxeologiyaga  oid  ilmiy  safarlar  tarkibida  ishtirok  etishi  juda  katta 

ta`lim-tarviyaviy  ahamiyatga  egadir.  Talaba  va  o`quvchilarni  arxeologiyaga  oidtishlarga 

jalb qilishdan avval ularni bu ishga puxta taerlash zarur. Qanday edgorliklar arxeologiyaga 

oid  edgorlik  sanaladi,  arxeologiyaga  oid  edgorliklarni  qidirish  turlari  va  uslublari 

nimalardan  iborat  kabi  savollarga  javob  beradi,  mutaxassis-arxeologlar  bilan  uchrashuv 

utkaziladi,  arxeologiya  haqida  uqigan  adabietlar  tahlil  qilinadi,  muzey  ekspozitsiyalari 

namoyish  qilingan  materiallar  bilan  adabietda  aks  ettirilgan  arxeologiyaga  oid  materiallar 

taqqoslanadi.  O`quvchilar  tomonidan  urganiladigan  ob`ekt  qaytadan  ko`rsatiladi  va 

yo`nalishlari  chiziladi.  Natijada  talaba  va  o`quvchilar  arxeologiyaga  oid  edgorliklarni 

urganishdan  asosiy  maqsadlari  va  vazifalari  nimalardan  iborat  ekanligini  bilib  oladilar. 

Tadqiqot ishlarini qaerdan boshlash va qanday urganishni esa ulkashunoslik tugaraklaridagi 

mashg`ulotlarda muxokama qiladilar. 

Tugarak  mashg`ulotlarid:  1)  tarixiy  moddiy  edgorliklarning  jami  va  geografik 

sharoiti;  2)  edgorliklarning  nom  iva  turlari,  qurg`on,  shaharga,  makon  va  boshqalar.  3. 

edgorliklarning  umumiy  tarifi  uning  hajmi  saqlanish  holati  va  boshqalar;  4.  edgorliklarni 

kvadratlarga  bo`lib,  usha  joylardan  ya`ni  er  ustidan  topilgan  topilmalarni  daftarga  batafsil 

qaid  qilish  va  toshqurollar,  sopol  siniqlari  rasmlarni  daftarga  tushirish  ishlari  muhokama 

qilinadi. 

Bulardan tashqari ya`na: a) mahalliy aholi shu edgorlik haqida nimalardan bilishi, bu 

haqida  afsonalar  borligini  aniqlang,  bo`lsa  suzlab  berishlari  iltimos  qilinadi  va  ular  ezib, 

olinadi.  B)  agar  edgorlik  usha  mahalliy  xalqlarning  avlod-ajdodlariga  tegishli  bo`lsa,  ul 

holda  biror  madaniy  katlami  qolganmi,  uning  chuqurligi  eni  va  bo`yi,  qidirish  jaraenida 

topilgan topilmalar en daftarga ezib boriladi. V) topilgan ma`lumotlarning davri aniqlanadi. 

G)  topilmalar  yangimi,  eki  oldingi  topilmalarni  to`ldirish  uchun  xizmat  qilishini  aniqlash/ 

bu  edgorlik  arxeologiyaga  oid  kartaning  qaysi  nuqtada  joylashgan/  Agar  yangi  bo`lsa, 

viloyat muzeyi  yaki tarixiy obidalarni saqlash va muhofaza qilish qumitapsiga xabar qilish 

vazifalari ham yuklatiladi. 

Arxeologiyaga  oid  edgorliklar  haqidagi  adabilardan,  muzey  ekspozitsiyalaridan 

urganilgn  ma`lumotlarni  boshqa  manbalar  Bilan  ya`nitoponimik  ezma  manbalar,  arxiv 

hujjatlari  bilan  solishtirish  yangi  arxeologiyaga  oid  edgorliklarni  qidirib  topishga  imkon 



 

19 


berish.  Urganish  manbai  qilib  olingan  rayonning,  avul,  qishloq,  shaharchalarning 

toponimikasi  urganilib  ularning  ma`nolarini  yangilatuvchi  lu»at  tuzulsa,  keyin  u  nomlar 

arxeologiyaga  oid  kartalarga  tushirilsa  usha  joy  tarixini  urganish  juda  qulay  bo`ladi.  Bu 

lug`at  «O`zbekiston  xalqlari  tarixi»  dagi  madaniyatga  tegishli  mavzulardagi  qishloq, 

shaharlarga  qushimcha  qilib,  uz  ulkasidagi  joy  nomlari  keltirilsa,  maqsadga  muvofiq 

bo`ladi. 

Arxeologiyaga  oid  yangi  edgorliklarni  qidirib  topishda  qadimgi  aholi  yashagan 

shahar va qishloqlar haqidagi yirik asarlar ham qimmatli manba bo`la oladi. 

erning ustidami, eki ostidami birgina arxeologiyaga oid topilmalarning topilishi usha 

er  eki  unga  yaqin  bo`lgan  biror  joyda  edgorlik  borligini  bildiradi.  Yo`q  bo`lib  ketgan 

hayvonlar  turlarining  saqlanib  qolgan  suyaklarning  topilishi  shu  hayvonlar  gavdaning 

tuzilishini  urganish uchun naqadar ahamiyatli bo`lsa, mehnat vositalarining qoldiqlari ham 

yo`q o`lib ketgan ijtimoiy 

iqtisodiy ma`lumotlarni urganish shu qadar ahamiyatlidir. 



O`qituvchi  rahbarligida  utkazilgan  turli  qildagi  ilmiy  safar  va  ekskursiya  hamda 

saexatlar  natijasida  topilgan  arxeologiyaga  oid  topilmalar  maktabga  qo`yilgach 

umumlashtiriladi,  ulkashunoslik  tugaragida  urganiladi,  uning  materiallaridan  maktabda 

kurgazmalar takshil qilinadi va maktab o`lkashunoslik  muzeyi fondiga ekspozitsiya sifatida 

o`tkaziladi. O`quv jaraenida esa unumli daliliy ma`lumotlar sifatida foydalaniladi. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling