Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘qituvchi-murabbiy mahorati haqida


Download 31.79 Kb.
bet3/3
Sana31.03.2023
Hajmi31.79 Kb.
#1313060
1   2   3
Bog'liq
Xalq pedagogikasi Mustaqil ish Qalandarova Aziza

Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘qituvchi-murabbiy mahorati haqida.

Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan fahrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchi bilim darajasi ham baland bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalari muallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda.

O‘qituvchi kasbining nozikligi, mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega. Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.

Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, «o‘qituvchi - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi», - deb ta’kidlaydi. Farobiy o‘qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning fikricha, «... O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo‘y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko‘ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko‘rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo‘lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o‘z vaqtida rag‘batlantirish, gohida maqtab qo‘yish, aksincha bo‘lganda esa, unga tanbeh berishi kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo‘lmasligi lozim, o‘quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o‘zboshimcha bo‘lib qolishiga olib boradi,-deydi Ibn Sino.

Nasriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» degan asarida shunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi dozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol va qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».

O‘qituvchi va uning mahorati to‘g‘risida nazm mulkining sultoni A. Navoiy, A. Jomiy va boshqalarning asarlarida o‘qituvchi qobiliyati, shaxsiy fazilatlari, uning nutqi, notiqlik san‘ati, madaniyati haqida qimmatli, durdona fikrlari mavjud.

Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida bola dunyoqarashining - kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.

Ustod, muallimsiz qolganda zamon,

Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida.

O‘zbek adabiyotining dahosi Alisher Navoiy o‘z asarlari va ilmiy qarashlarida o‘qituvchilik qobiliyati va uning obro‘si, odobi yuzasidan ibratomuz mulohazalar yuritadi. Alloma fikricha o‘qituvchi faoliyatini ijodiy yondashuvsiz tasavvur qila olmaydi. U doimo o‘z ustida mukammal ishlashi, tajriba oshirib borishi zarur deydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, irodaviy kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o‘rinni egallaydi.

O‘qituvchining har jihatdan ibrat va namuna bo‘lishlari ta’lim va tarbiya garovi ekanligiga ishora qilgan. O‘qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to‘g‘risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg‘u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. Chunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o‘zginasi bo‘lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o‘ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.

XVIII-XIX asrda Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, buyuk ma’rifatparvar o‘qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta’lim tizimi, o‘qitishni takomillashtirib, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bo‘lg‘usi o‘qituvchini tayyorlash muammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o‘qish va o‘qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir,-deb ta’kidlaydi.

Shunday qilib, O‘rta Osiyo mutafakkirlari va o‘zbek ma’rifatparvarlari o‘qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish yo‘lida jonbozlik, qatiyatlilik ko‘rsatishi, o‘quvchilarning ruhiy dunyosiga to‘g‘ri yo‘l topa olishi, ularga ta’sir o‘tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas‘ul shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishi zarur ekanligini o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tadilar.


Hozirgi davrda mamlakatimizda pedagogik faoliyatning rivojlanishida jahon mutafakkir-olimlarining pedagogik qarashlari va ta’limotlari ijobiy ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi-sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:

- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi;

- bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;

- keng bilimga ega bo‘lish, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

- yosh pedagog psixologiya, pedagogika, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;

- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustaqil bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;

- ta’lim-tarbiya metodikasini egallashi;

- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;

- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

- o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi kabi talablarga to‘la javob bera olishga intilishi lozim va shart.
Ushbu vazifa va maqsadlarni ijobiy hal etishi natijasida o‘qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarida umumiy didaktik printsiplarni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq. Ma’ulumki, o‘qituvchi faoliyati ta’lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o‘qitadi, ta’lim beradi Shunga asosan o‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘ri yondoshishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirini tushunishi lozim.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijalarga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Pedagog o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Shuningdek, o‘qituvchi pedagogik jarayonda pedagogik-psixologik tayyorgarligi bor, psixologik ta’sir etish usullarini mukammal bilgani holda har bir o‘quvchining individual va yoshga bog‘liq xususiyatlarini hisobga olishi zarur.

O‘quvchilar bilan darsda olib boriladigan ishda tarbiyaviy masalaga erishmoq uchun o‘qituvchi ular bilan hamkorlik qila olishi, bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarurki, bu jarayon ular faoliyatining turli sohalarida - bilimda, amalda, ma’naviy faoliyatda, sportda, o‘yinda amalga oshiriladi. O‘qituvchi qanday qilib o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishi xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

1. Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan ishlar o‘quvchilar uchun dolzarb bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim.

2. O‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga psixologik va pedagogik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yaxshi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi lozim.

3. O‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.

Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchidan fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, o‘zining tabiiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.

Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ilmiy nazariy asosi va uni amaliyotga tadbiq etish shartlari haqida bir qancha fikr va qarashlar mavjud. Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san‘at, «logos»-fan, so‘zlaridan olingan bo‘lib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya-o‘qituvchi tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflasak xato bo‘lmaydi. 60-70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarida (AQSH, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferentsiyalarda keng muhokama etildi va uning ilmiy tadqiqot natijalariga, ko‘ra ikki yo‘nalishi ko‘rsatildi.

1. O‘quv jarayonida texnika vositalarini qo‘llash sifatida belgilasa (M. Klark, Xokridon-Buyuk Britaniya, K. Chedunk, D. Fini-AQSH, S.G. Shopovanenko Rossiya).

2. «O‘quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qaraldi. (T. Samakato-Yaponiya, K. Brusming-SHvetsiya, T. A. Ilina-Rossiya).

1980-yillarda B. P. Bespalko tomonidan «Pedagogik texnologiya» ning ilmiy maktabi yaratildi. Pedagogik texnologiya-amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum bir pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni amalga oshiradi.



O‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zining amaliy faoliyatida keng miqyosda foydalanishi lozim. Xozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikrlar yurita olishi, fan yutuqlarini o‘kuvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o‘quvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi, Shuning uchun o‘qituvchi o‘z ustida doimo ishlashi, mustaqil bilim egallashi, kasb mahoratini takomillashtirishi, malakasini oshirishi pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.Bu haqiqatni yoshi qancha bo‘lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat‘iy nazar barcha o‘qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
Xalqimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama о‘rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish hamda ta’lim tarbiya jarayonida bu ulkan merosdan samarali foydalanish masalalari hozirda ham о‘z dolzarbligini aslo yо‘qotgani yо‘q. Ayniqsa, sо‘nggi bir-ikki yil ichida davlatimiz tomonidan diniy sohada amalga oshiriyotgan islohatlar yangi bir bosqichga kо‘tarilganini e’tirof etish kerak. 2016 yil 18-19 oktabr kunlari Toshkentda “Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yо‘l” ezgu g‘oyasi ostida о‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi aynan aynan yurtimiza muvoffaqiyatli о‘tkazilgani yuksak ma’naviyat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan ekanligini, muqaddas islom dini bu borada muhim о‘ringa egaligini yana bir karra namoyon etdi. Bu kengashdagi nutqida muhtaram yurtboshimiz islom dinining ta’lim tarbiya jarayonidagi ahamiyatini ta’kidlab “Bu masala yoshlarda ilm-fanga va ta’lim olishga intilish tuyg‘usini kuchaytirish, barcha jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini tо‘g‘ri anglash hamda qabul qilish, dunyoning barcha xalqlariga Islom dinining haqiqiy mazmunmohiyatini yetkazish uchun muhimdir” (Mirziyoyev SH.M. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqidan) – degan fikrlari keng afkor ommaga islom dinining ma’rifiy mohiyatini ochib berdi deyish mumkin. NATIJA Bundan tashqari biz bugun amalga oshirayotgan Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yо‘nalishida ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bо‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilganganligi, yurtimizda о‘z faoliyatini boshlagan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, О‘zbekiston Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi kabi yangi tuzilmalar muqaddas dinimizning asl g‘oyalarini о‘rganish, buyuk allomalarimiz, aziz avliyolarimiz ilmiy merosini chuqur tadqiq etish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish imkonini yaratib bermoqda. Albatta, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar kо‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qо‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini о‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, xalqimizga azal-azaldan xos bо‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining о‘rni va ishtirokini oshirish maqsadida 2018 yilning 16 aprelida muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi farmoni ham aynan bu sohada olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida muqaddas dinimizning ma’naviyma’rifiy imkoniyatlaridan yosh avlodni bahramand qilishning yangi tuzulmalarini shakllantirishga, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qо‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini о‘rganishni yangi bosqichga kо‘tarishga qaratilgani bilan о‘ta ahamiyatlidir.
Dunyo tarixiy tajribasining guvohlik berishicha birorta xalq va millat ta’limtarbiyaga e’tibor bermasdan taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar deb e’tirof etiladigan mamlakatlar taraqqiyotining dastlabki omili sifatida ham ilm-fan e’tirof etiladi. Ayniqsa, globallashuv jarayoni shiddat bilan jadallashyotgan, geosiyosiy manfaatlar ustuvor ahamiyat kasb etayotgan, xalqaro miqyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqib о‘zgarib borayotgan, turli yangi tahdid va xavflar paydo bо‘layotgan bugungi davrda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olishlari hamda barkamol bо‘lib ulg‘ayishlariga e’tibor qaratish har bir millat uchun ustuvor vazifalardan biriga aylandi desak ayni haqiqatdir. Shu sababdan ham mustaqil taraqqiyotimizning о‘tgan 27 yili davomida barcha soha qatorida yosh avlodga tarbiya berish masalasi davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida qaralib kelinmoqda, bu sohada tizimli islohatlar olib borildi va hozirda esa bu islohatlar bugungi kun talablaridan kelib chiqib yangicha mazmun, mohiyat kasb etib bormoqda. Yuqorida ta’kidlab о‘tilgan turli yangi tahdid va xavflar qatorida soxta diniy qarashlar bilan bog‘liq xatarlarning mavjudligi, mana shu soxta g‘oyalar ta’siriga millatdoshlarimizning, yurtdoshlamizning tushib qolayotganligi ta’lim tarbiya jarayonida diniy bilimlarni berish tizimini qayta isloh qilish muhimligini о‘rtaga tashlamoqda. Chunki, islom dini millatimiz turmush tarziga shu qadar singib ketganki, tom ma’noda har birimizning kundalik hayotimiizga u yoki bu darajada о‘zining sezilarli ta’sirini о‘tkazib kelgan va kelmoqda. Bu haqda О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan “Biz о‘z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayro holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz о‘zligimizni yо‘qotamiz” – degan fikrlari bejizga aytilmagan edi. (Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. // Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. T.7-jild, -T.: “О‘zbekiston”, 1999. – 350- bet). Bugunda dunyoda yuz berayotgan voqea hodisalarni kuzatar ekansiz bu voqea hodisalarning zamirida din omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etib borayotgani sezish qiyin emas. Afsuski mana shu din omilining oshib borishi qatorida, dinning ta’sirchan kuchidan о‘zlarining g‘arazli maqsadalariga erishish yо‘lida unumli foydalaniyotgan turli guruhlarning soni ham tabora ortib borayotgani ham sir emas. Shunday ekan, mana shu din omilidan yosh avlodni tarbiyalashda qay darajada foydalanayapmiz?...– degan savol tug‘ilishi mumkin. Bilamizki, islomiy tarbiyaning asl mohiyati jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini, uning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini barpo qilishga qaratilgani bilan ajralib turadi. Islom dini – bu biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat sarchashmasi bо‘lib xalq ma’naviyati va ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qо‘shib kelgan ilohiy ne’matdir
Yuqorida ta’kidlab о‘tilgan turli yangi tahdid va xavflar qatorida soxta diniy qarashlar bilan bog‘liq xatarlarning mavjudligi, mana shu soxta g‘oyalar ta’siriga millatdoshlarimizning, yurtdoshlamizning tushib qolayotganligi ta’lim tarbiya jarayonida diniy bilimlarni berish tizimini qayta isloh qilish muhimligini о‘rtaga tashlamoqda. Chunki, islom dini millatimiz turmush tarziga shu qadar singib ketganki, tom ma’noda har birimizning kundalik hayotimiizga u yoki bu darajada о‘zining sezilarli ta’sirini о‘tkazib kelgan va kelmoqda. Bu haqda О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan “Biz о‘z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayro holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz о‘zligimizni yо‘qotamiz” – degan fikrlari bejizga aytilmagan edi. (Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. // Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. T.7-jild, -T.: “О‘zbekiston”, 1999. – 350- bet). Bugunda dunyoda yuz berayotgan voqea hodisalarni kuzatar ekansiz bu voqea hodisalarning zamirida din omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etib borayotgani sezish qiyin emas. Afsuski mana shu din omilining oshib borishi qatorida, dinning ta’sirchan kuchidan о‘zlarining g‘arazli maqsadalariga erishish yо‘lida unumli foydalaniyotgan turli guruhlarning soni ham tabora ortib borayotgani ham sir emas. Shunday ekan, mana shu din omilidan yosh avlodni tarbiyalashda qay darajada foydalanayapmiz?...– degan savol tug‘ilishi mumkin. Bilamizki, islomiy tarbiyaning asl mohiyati jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini, uning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini barpo qilishga qaratilgani bilan ajralib turadi. Islom dini – bu biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat sarchashmasi bо‘lib xalq ma’naviyati va ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qо‘shib kelgan ilohiy ne’matdir.

XULOSA
Muxtasar qilib aytganda hozirgi vaqtda muqaddas islom qadriyatlarini asrabavaylash va rivojlantirish, musulmon xalqlari о‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlashga urg‘u berilgani nihoyatda ahamiyatli bо‘lib, yoshlarni buyuk ajdodlarimiz kabi gо‘zal xulq va odobli, keng qamrovli bilimli, dunyo tamadduni rivojiga munosib hissa qо‘sha oladigan darajada kamolotga erishishlarini, yuksak ma’naviy mezonlar bilan uyg‘unlashgan umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilish ruhida ulg‘ayishlarini ta’minlash borasida barcha bir tan, bir jon bо‘lib harakat qilishi eng muhim va eng dolzarb vazifalari biri bо‘lib hisoblanadi.
Mana shularni anglab yetgan holda mustabit tizim davrida toptalgan mana shu ilohiy ne’matning qadrini tiklash borasida, sof islom dinini о‘rganishga, ilmiy izlanishlarga istiqlolimizning dastlabki kunlaridanoq keng imkoniyatlar yaratilib berildi. Jumladan, azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni о‘zida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash hamda qadrlash, nafaqat islom olami, balki jahon sivilizatsiyasi tarixida buyuk ishlari bilan nom qoldirgan ajdodlarimiz merosini о‘rganish, ularni navqiron avlodga tо‘la-tо‘kis yetkazish borasida keng kо‘lamli ishlar olib borildi. Ayniqsa, yoshlarning zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda, diniy ilmlarni о‘zlashtirishlari uchun imkoniyatlar yaratish, ular qalbida milliy qadriyatlar, ezgu an’analarga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Albatta, bu maqsadlarga erishishda yurtimizdan yetishib chiqqan islom e’tiqodini ta’limot, nazariya, ilm-fan darajasiga kо‘targan islom ulomalari darg‘alari bо‘lmish Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Lays Samarqandiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi mutafakkir olimlarimiz va ulomalarimizning boy ma’naviy va diniy merosi juda muhimdir. Ma’lumki, bizning mintaqamiz, avvalambor, bugungi О‘zbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Islom sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qо‘shganlar safining old qatorlarida, aynan bizning muqaddas, jannatmakon zaminimizdan yetishib chiqqan, jahon ilm-fan taraqqiyotining buyuk mutafakkirlari, alloma va donishmandlarining borligi dunyo ahlini haligacha lol qoldirib kelayotganligi necha asrki avlodlar qalbiga surur va iftixor bag‘ishlab keladi.

ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. // Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. T.7, -T.: “О‘zbekiston”, 1999. 350-bet.
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqidan
3. http://uza.uz/oz/documents/diniy-marifiy-so-a-faoliyatini-tubdan-takomillashtirishchor-16-04-2018
Download 31.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling