Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Bakalavriyatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun


Download 249.54 Kb.
Pdf просмотр
bet1/3
Sana24.05.2018
Hajmi249.54 Kb.
  1   2   3

 

 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti 

 

                                           

Bakalavriyatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun  

 

 

«KLASSIK SHE`R O`LCHOVI» 

fanidan  

 

MA`RUZALAR MATNI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Nukus - 2011 

 

I-MA’RUZA 



 

KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI  

 

R e J A:  



 

1 Aruz she`’riy tizimining jahon she`’riyatida tutgan o`rni. 

 

2. Aruz tizimining o`ziga xos jihatlari. 



 

2  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  va  Furqatlarning 

aruzshunoslik faoliyati.  

2. XX asr o`zbek adabiyotshunosligida aruz she`’riy tizimining o`rganilishi. 

 

 

 



 

FOYDALANЫLGAN ADABЫYOTLAR: 

       1 A.Hojiahmedov. Aruz nazariyasi asoslari. T., 1979. 

       2. U.To`ychiev. O`zbek poeziyasida aruz sistemasi. T., 1983. 

       3 .Mallaev N. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1979.  

 

 



 

 

 



TAYANCH ЫBORALAR: 

       1 She’riy tizim. 

        2. Aruz. 

       3. Aruzshunoslik. 

       4. «Mezon ul-avzon», «Muxtasar». 

 

«Xalqning  manaviyati  va  madaniyati,  uning  haqiqiy  tarixi  va  o`ziga  xosligi 



qayta  tiklanayotganligi  jamiyatimizni  yangilash  va  taraqqiy  ettirish  yo`lidan 

muvaffag`iyatli  ravishda  olg`a  siljitishda  hal  qiluvchi,  tabir  joiz  bo`lsa,  belgilovchi 

ahamiyatga egadir», - degan edi I.A.Karimov. 

Bezavol manaviyatimizning barkamol xazinalaridan birini ming yillik tarixga 

ega  bo`lgan  mumtoz  she’riyatimiz  tashkil  qiladi.  Asrlar  mobaynida  xalqimiz  diliga 

olijanob  umumbashariy  g`oyalarni  jo  qilib,  uning  manaviy-madaniy  ravnaqiga 

xizmat  qilib  kelgan  ana  shu  bebaho  Xazina  mamlakatimiz  uzra  istiqlol  quyoshi 

porlagan  hozirgi  kunlarda  ham  mustaqillik  mafkurasi  va  axloqini  shakllantirishda 

madad bermoqda, O`zbekiston ahlini insonparvarlik, xalqparvarlik, xalqlar do`stligi, 

marifatparvarlik,  ezgu  insoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalashda  tasirchan  vosita 

vazifasini bajarmoqda. 

Mumtoz  she’riyatimizga  xos  yuksak  g`oyaviylik  va  yetuk  badiiyatdan 

atroflicha bahramand bo`lmoq, har bir ijodkor qalamining badiiy salohiyatini anglab 

etmoq,  she’rlarga  xos  nafis  ohanglarni  his  etmoq  uchun  Ushbu  bezavol  obidalarga 

asos  bo`lgan  aruz  she’riy  tizimining  qonun-qoidalari  va  amaliy  xususiyatlaridan 

atroflicha xabardor bo`lmoqlikni talab qiladi. 

Aruz  barmoq  va  erkin  vaznga  nisbatan  ancha  murakkab,  shu  bilan  birga 

mukammal o`lchovdir. Ushbu o`lchovda bitilgan asarlarni ifodali o`qish uchun ham 

aruz tizimi asoslari, uning xilma-xil bax rva vaznlari, ularning ruknlari va chizmalari, 

o`ta  cho`ziq  hijolar,  vasl  hodisasi,  imola,  tag`yir,  azl  kabi  holatlarni  anglab  etmoq 

zarur. O`rta va oliy maktablarning o`qituvchilari va o`quvchilari, radio va televidenie 


 

suxandonlari, badiiy so`z ustalari va aktyorlarning aruz tizimidagi asarlarni o`qishda 



qiynalishlari 

birinchi 

navbatda 

aruz 


nazariyasi 

va 


amaliyotini 

chuqur 


o`zlashtirmaganliklaridandir. 

Qadimiy  va  serjilo  aruz  vazning  rango-rang  o`lchovlariga  tayanib  qalam 

tebratgan``````` ijodkorlar yuzdan ortiq sheґriy o`lchovning turfa ohanglarini batafsil 

o`rganib  chiqib,  ularning  eng  xalqchil,  musiqiy,  serjilo  turlarini  tanlaganlar,  har  bir 

sheґriy  o`lchovning  o`ziga  xos  jihatlari,  tovushlarining  tovlanishlaridan 

foydalanganlar. She`riyatimizning ming yillik xazinasi fikrimizning yorqin dalilidir. 

Yusuf  Xos  Hojib  va  Ahmad  Yugnakiy,  Rabg`o`ziy  va  Xorazmiy,  Atoiy  va  Lutfiy, 

Naoiy  va  Bobur,  Mashrab  va  Huvaydo,  Munis  va  Ogahiy,  Nodira  va  Amiriy, 

Muqimiy  va  Furqat  kabi  o`nlab  buyuk  qalam  sohiblarining  badiiyat  dahosini  kashf 

etmoq  uchun  ularning  o`z  asarlari  vazni  ustida  ishlash  mahoratini  atroflicha  tadqiq 

etish muhim ilmi-marifiy ahamiyatga egadir. 

Mumtoz  adabiyotimizning  bizga  qadar  yetib  kelgan  nodir  namunalarini 

to`g`ri  o`qish  va  nashrga  tayyorlash  uchun  ham  aruz  ilmi  va  amaliyotini  bilish 

zaruriy  shartlardan  biri  sanaladi.  Zero,  har  qaysi  asarning  vazni,  misralarning  rukn 

xususiyatlari,  har  bir  hijoning  cho`ziq  yoki  qisqaligini  anglash  ularning  bexato 

o`qilish  imkoniyatini  yaratadi.  Mumtoz  sheґriyatimizning  ko`plab  namunalarida 

uchrab turadigan matn xatolari, saktaliklar nashrga tayyorlovchi olimlar va nashryot 

xodimlarining vazn masalasiga eґtiborsiz qarashlari oqibati ekanligi shubhasizdir. 

Sakkizinchi  asrda  yashab  ijod  etgan  arab  adabiyotshunos  va  musiqashunosi 

Xalil ibn Ahmad tomonidan asos solingan aruz sheґriy o`lchov tizimi qariyb bir ming 

uch  yuz  yildan  ko`proq  davr  mobaynida  arab,  fors  va  turkiy  adabiyotlarning  asosiy 

sheґriy  mezoni  sifatida  qo`llanib  kelinadi.  Uning  bundayin  keng  tarqalishi  va 

umrboqiyligi  aruzga xos latif  musiqiylik, ohanglar  rang-barangligi,  hayotiy  voqelik, 

insoniy  tuyg`ular  olamini  serjilo  misralar  vositasida  tasirchan,  jozibador  ifodalash 

imkoniyatlarining benihoyaligi bilan belgilanadi. 

Arab  she`ґriyatiga  sakkizinchi  asrda  tatbiq  etilgan  Ushbu  sheґriy  mezon 

to`qqizinchi  asr  boshlaridayoq  fors-tojik  adabiyotida  ham  istifoda  qilina  boshlandi. 

Ro`dakiy,  Firdavsiy,  Daqiqiy,  keyinroq  Umar  Hayyom,  Sadiy,  Hofiz  Sheroziy  va 

Jomiy  kabi  buyuk  shoirlar  ijodidan  mustahkam  o`rin  egalladi.  Aruzning  turkiy 

adabiyotga kirib kelishini ham ana shu davrga nisbat berish mumkin. 

IX-X asrlarda turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan ko`plab shoirlar o`sha 

davr  anґanalariga  muvofiq  o`z  asarlarini  arab  tilida  bitarkan,  aruz  o`lchoviga 

asoslandilar, xilma-xil jozibali va musiqiy vaznlar zaminida g`oyaviy yuksak, badiiy 

barkamol  asarlar  yaratdilar.  XI  asrning  mashhur  adabiyotshunos  olimi  Abu  Mansur 

as-Saolibiyning  «Yatimat  ud-dahr»  kitobida  bunday  ijodkorlarning  ko`plarining 

nomlari  va  asarlari  zikr  qilingan.  Bu  davrda  turkiy  tilda  ham  aruzning  yengil  va 

o`ynoqi vaznlarida ko`plab lirik sheґrlar yozilganligi shubhasiz. Zero, bu tajribalarsiz 

XI  asrda  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg`u  bilig»  kabi  yirik  dostonining  maydonga 

kelishi mahol edi. 

XII asr turkiy adabiyotning namunasi sifatida bizgacha etib kelgan «Hibat ul-

haqoyiq»  dostoni  aruz  nazariyasi  va  amaliyotini  o`zlashtirib,  nafis  badii  asarlar 


 

yaratish  anґanasi  bu  davrda  ham  davom  etib,  rivojlanib  borganliginidan  dalolat 



beradi.  XIII-XIV  asrlarda  aruz  tizimi  Pahlavon  Mahmud,  Badriddin  Chochiy  kabi 

mutafakkir  shoirlarning  forsiy  sheґriyatida  ham,  Nosiriddin  Rabg`o`ziy,  Xorazmiy, 

Qutb,  Sayfi  Saroyi  kabi sohibi  kalomlarning turkiy  asarlarida hamkeng ishlatildi  va 

o`zbek sheґriyatining asosiy o`lchovi bo`lib qoldi. Bu ijodkorlar tomonidan ko`plab 

lirik  sheґrlar,  «Qissasi  Rabg`o`ziy»  kitobi,  «Muhabbatnoma»,  «Xisrav  va  Shirin» 

singari  dostonlar,  «Guliston»  tarjimasida  aruz  tizimining  o`ttizdan  ortiq  vaznlari 

istifoda etildi. 

XV  asr  o`zbek  aruzi  taraqqiyotida  alohida  bosqich  sanaladi.  Negakir  bu  asr 

boshlarida Atoiy, Sakkokiy, Durbek, Gadoiy va Lutfiy singari turkigo`y shoirlar o`z 

asarlarini  aruzning  eng  jozibali  o`lchovlari  asosida  yaratib,  ko`plab  vaznlarni 

sheґriyatimizga olib kirgan bo`lsalar, buyuk  Alisher  Navoiy  o`zining  lirik  sheґrlari, 

dostonlarini  yaratish  jarayonida  aruz  o`lchovining  hamma  imkonlarini  sinovdan 

o`tkazib, yuzga yaqin vaznni qo`llab, bu sohada eng yaxshi ko`rsatkichlarga erishdi.  

A.Navoiyning  mazkur  sohadagi  yutuqlarini  davom  ettirgan  Zahiriddin 

Muhammad Bobur o`zbek aruzi mavqeґini yanada ko`tardi.  

Navoiy  va  Bobur  an`ґanalarini  davom  ettirgan  keyingi  davrlar  ijodkorlari 

xilma-xil vaznlarni sanґatkorlik bilan ishlatib, o`zbek aruzini yanada rivojlantirdilar. 

Qator-qator  yangi  vaznlarni  kashf  etishib,  tizimni  yanada  takomillashtirdilar.Bu 

sohada  Mashrab  va  Nodira,  Munis  va  Ogahiy,  Muqimiy  va  Furqat,  Hamza  va 

Avloniy kabi alamkashlarning xizmatlari katta bo`ldi. 

Aruz  XX  asr  boshlaridagi  dolg`ali  zamonlarda  ham  sheґriyat  sahnidan 

tushmadi.  Cho`lpon,  Hamid  Olimjon,  G`afur  G`ulom,  Oybek,  Uyg`un  kabi 

shoirlarimiz asosan barmoq vazni asosida ijod qilgan bo`lsalar ham, eng yaxshi lirik 

asarlarini  aruzda  yaratdilar.  Habibiy,  Sobur  Abdulla,  Chustiy  kabi  ijodkorlarning 

aksari asarlari manna shu sheґriy mezon asosida yozilgan edi.   

60-yillarda  yosh  iqtidorli  shoir  E.Vohidov  o`zining  «Yoshlik  devoni»  bilan 

sheґriyatimizda  aruzning  qayta  jonlanishiga  kuchli  taґsir  ko`rsatdi.  60-i0-yillar 

yoshlar sheґriyatida aruz mezonidagi ko`plab lirik asarlar bevosita manna shu devon 

taґsirida  yaratildi.  A.Oripov,  J.Kamol,  Oydin  Hojieva,  E.Oxunova  kabi  ko`plab 

yoshlar  o`z  sheґrlari  bilan  o`zbek  aruzining  go`zalligini,  jozibador  ohanglarga 

boyligini yana bir bor dalilladilar. 

Hozirgi  adabiyotimizda,  mustaqillik  davri  sheґriyatida  ham  aruz  shoirlar 

diqqatidan chetda qolayotgani yo`q. O`nlab shoirlarimiz bu qadim sanґatning jozibali 

ohanglarida  g`azal,  ruboiy  va  boshqa  janrlarda  asarlar  bitib,  zamondoshlarimiz 

maґnaviyatini yuksaltirishga hissalarini qo`shishmoqda. 

Xalil  Ahmad  o`zi  asos  solgan  ilmni  aruz  nomi  bilan  atagan  edi.  Bu  so`zning 

maґnosini  aruzshunoslar  turlicha  izohlab  kelganlar.  A.Navoiy  o`zining  «Mezon  ul-

avzon»  kitobida  bu  so`zni  quyidagicha  sharhlagan  edi:  «Xalil  ibn  Ahmad 

rahmatullohki,  bu  fanning  voiizidur,  chun  arab  ermishva  uning  yaqinida  bir  vodiy 

ermishki, uni aruz derlar ermish v aul vodiyda aґrob uylarin tikib jilva berib, bahoga 

kiyururlar  ermish.  Va  uyni  arab  bayt  der.»    Ko`rinadiki,  ulug`  shoir  aruz  istilohi 


 

Xalil  ibn  Ahmad  yashagan  manzilga  yaqin  bo`lgan  vodiy  nomini  bildiradi  degan 



fikrni taґkidlamoqdalar. 

Aruz  sheґriy  tizimining  nazariy  masalalari  uzoq  yillar  davomida  arab,  fors-

tojik  va  turkiy  adabiyotshunoslikda  tadqiq  qilinib  kelingan.  O`z  davrida  aruz 

nazariyasi maktab va madrasalarda mustaqil fan sifatida o`rganilgan. Turli hajmlarda 

monografiya va risolalar yaratilgan. Xalil ibn Ahmaddan so`ng Ibn Usmon Maziniy, 

Imom  Ahmad  ibn  Abdurabbih,  ibn  al-Xatib  at-Tabriziy  kabi  arab  olimlari  Ushbu 

ilmga oid asarlar yaratib, aruzshunoslik taraqqiyotiga hissa qo`shganlar. 

Aruz  ilmi  haqida  fors-tojik  adabiyotshunosligida ham  ko`plab izlanishlar  olib 

borilgan.  Mavlono  Yusuf  Nishofuriy  (X  asr)  forsiy  tilda  aruz  nazariyasiga  oid  asar 

yozgan  olimlarning  birinchisi  edi.  XIII  asrda  yashagan  Rashididdin  Vatvotning 

«Hadoyiq  us-sehr»,  shu  asrda  yashab,  ijod  qilgan  Shams  Qaysning  «Al-mo`jam  fi 

meґyori ashґor al-ajam», XЫV asr vakili Nasriddin Tusiyning «Meґyor ul-ashґor», 

ushbu  asrda  umrguzaronlik  qilgan  Salmon  Savojiy  qalamiga  mansub  «Qasidatun 

masnuot  al-aruz»,  XV  asrda  yashab  ijod  etgan  Abdurahmon  Jomiyning  «Risolai 

aruz»  asarlari  fors-tojik  aruzining  nazariy  va  amaliy  taraqqiyotida  muhim  vazifa 

bajardi. 

Aruz  ilmi  taraqqiyotiga  turkiy  xalqlar  orasidan  yetishib  chiqqan 

adabiyotshunoslar  ham  katta  ulush  qo`shdilar.  Mashhur  faylasuf  Abu  Nasr  Forobiy 

(X  asr),  Abu  Ali  ibn  Sino  (X-XI  asrlar),  Abulqosim  Zamahshariy  (XI-XII  asrlar), 

Abu Yaґqub Yusuf ibn Abubakr Sakkokiyning (XII-XIII asrlar) o`zlarining forsiy va 

arab tillarida bitgan ilmiy asarlari  fikrimiz dalili bo`la oladi. 

Turkiy  aruzning  nazariy  va  amaliy  jihatdan  shakllanishi  va  izchil  rivojlanib 

borishida  Alisher  Navoiyning  ilk  bor  turkiy  tilda  bitilgan  «Mezon  ul-avzon»  asari 

alohida  ahamiyat  kasb  etdi.  Ulug`  mutafakkir  shoir  aruz  qoidalarini,  xilma-xil 

bahrlari hamda vaznlarini turkiy tilda batafsil yoritish bilan cheklanib qolmay, turkiy 

xalqlar  og`zaki  sheґriyati  vaznlari  bilan  aruz  o`lchovining  xamohangligini  dalilladi 

hamda  turkiy  sheґriyatda keng qo`llanilishi mumkin bo`lgan ko`plab vaznlarni ham 

belgilab berdi. 

O`zining  lirik  sheґrlari  va  dostonlarini  aruzning  rango-rang  vaznlarida 

yaratgan  A.Navoiy  turkiy  tilda  ham  aruzning  barcha  imkoniyatlaridan  foydalanish 

mumkinligini amalda isbotladi. 

O`zbek aruzining nazariyoti va amaliyoti taraqqiyotida atoqli shoir Zahiriddin 

Muhammad  Boburning  ham  katta  ulushi  mavjud.  Olim  va  shoir  Bobur  o`zining 

«Muxtasar»  asarini  boshdan-oyoq  aruz  nazariyasi  masalalariga  bag`ishladi.  Ushbu 

nazariy  manba  orqali  Bobur  o`zbek  sheґriyatida  qo`llanilishi  mumkin  bo`lgan  teu 

vaznni tilga olib ularning har bittasiga misollar keltiradi. Bu vaznlar r00 tasi butunlay 

yangi vazn bo`lib, ularning hammasi Bobur tomonidan kashf etilgan o`lchovlardir. 

XIX  asr  oxirlarida  Zokirjon  Xolmuhammad  o`g`li  Furqat  ham  aruz 

nazariyasiga  oid  risola  bitgan.  Xanuzgacha  nashr  qilinmagan  ushbu  risolani 

adabiyotshunos  G`ulom  Karimov  N.Ostroumov  fondidan  topgan.  qy    betdan tashkil 

topgan ushbu qo`lyozmada shoir aruzning sheґriyatimizda keng qo`llanilgan tt vazni 

haqida maґlumot beradi va forsiy hamda turkiy adabiyotlardan misollar keltiradi. 



 

Ыnqilobdan  keyingi  davrda  ham  aruzshunoslik  muayyan  maґnoda  taraqqiy 



etdi.  a9q6  yilda  Fitrat  qalamiga  mansub  «Aruz haqida»  risolasi  nashrdan  chiqarildi. 

Oli  munda  aruz  qoidalarini  soddlashtirib  bayon  qildi.  Sheґriyatda  eng  ko`p 

ishlatiladigan vaznlarni tilga olib ularga milliy adabiyotdan misollar keltirdi. 

a94h  yilda  adabiyotshunos  Sodiq  Mirzaev  «Navoiy  aruzi»  mavzusida 

nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 

O`zbek  aruzining  nazariy  masalalari  taniqli  olim  akademik  Alibek 

Rustamovning  «Aruz  haqida  suhbatlar»  risolasida ham  o`z aksini topdi.  Tadqiqotda 

Fitrat anґanalari yanada chuqurlashtiriladi. 

Keyingi  yillarda  adabiyotshunos  olim  Ummat  To`ychiyev  ham  aruzga  oid 

izlanishlar olib bordi.  Uning  «O`zbek poeziyasida  aruz  sheґriy sistemasi» nomidagi 

monografiyasi ushbu izlanishlar samarasidir. 

Aruz  sheґriy  tizimini  keng  kitobxonlar  ommasi  orasida  keng  targ`ib`  va 

tashviq  qilish,  xalq  talimi  tizimi  va  oliy  o`quv  yurtlarida  o`rganish  ishlari  tobora 

yaxshilanayotganligi  quvonarli  holdir.  Bu  borada  taniqli  adabiyotshunos  olim 

A.Hojiahmedovning  xizmatlari  diqqatga  sazovordir.  Bugungi  kunda  aruz 

ixlosmandlari va talabalar  qo`lida ushbu muallifning  aruz  nazariyasi va  amaliyotiga 

bag`ishlangan o`nlab risolalari mavjuddir. 

Shuni  alohida  takidlash  joizki,  o`zbek  aruzining  o`ziga  xos  jihatlari  mavjud 

bo`lib,  aruzni  o`rganish  jarayonida  ularga  alohida  diqqat  bilan  qarashga  to`g`ri 

keladi. Bu quyidagilardir: 

1. O`zbek aruzida mavjud a9 bahrdan aa tasigina ishlatiladi. Ular hazaj, rajaz, 

ramal,  munsarih,  muzoreґ,  mujtass,  hafif,  sariґ,  mutaqorib,  mutadorik,  va  komil 

bahrlaridir.Arab  poeziyasiga  xos  vofir,  tavil,  madid,  basit,  qarib,  mushokil,  g`arib, 

muqtazab bahrlari o`zbek aruzida ishlatilmaydi. 

2.O`zbek  aruzida  qo`llaniladigan  bahrlarning  o`zbek  tili  xususiyatlari  bilan 

belgilanadigan  mahrlar  doirasi  mavjud.  Binobarin  sheґriyatimizda  ishlatiladigan 

vaznlar  soni  va  turlari  jihatidan  arab  va  fors  sheґriyatidagi  vaznlardan  farqlanishi 

mumkin.    

 

3.O`zgarishlarning  barchasi  ham  o`zbek  aruziga  mos  kelavermaydi.  Shuning 



uchun  arab  va  fors-tojik  aruziga  xos  jami  44  xil  o`zgarishning  23  turigina  istifoda 

qilinadi.  

Aruz  nazariyasiga  oid  monografiya  va  risolalarning  aksariyatida  arab  va  fors-

tojik  sheґriyatlariga  xos  jami  19  bahr,  200  dan  ziyod  vaznlar  o`rganiladi.  Ammo 

o`zbek  aruzi  uchun  xos  bo`lmagan  qonun-qoidalar,  bahrlar,  o`zgarishlar,  vaznlarni 

o`zlashtirish  ortiqcha  vaqt  sarflashdan  boshqa  narsa  emas.  Shuning  uchun  biz 

mashg`ulotlar  davomida  o`zbek  aruzigagina  xos  masalalarga  to`xtalib  o`tishni 

maґqul topdik. 

 

 

 



 

NAZORAT SAVOLLARЫ: 

1.   Aruz sheґriy tizimi qaysi yillarda, qaerda paydo bo`lgan? 

2.

 



 Aruz she`riy tizimida birinchi bo`lib asarlar yaratgan yurtdoshlarimiz kimlar? 

 

3.  Birinchi arab aruzshunoslaridan kimlarni bilasiz? 



4.

 

Arab va fors-tojik tilida aruzshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratgan 



millatdoshlarimiz kimlar edi? 

5.

 



Turkiy tilda yaratilgan aruzshunoslikka oid ilk asar qaysi,uning muallifi va 

xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz? 

6.

 

Boburning «Muxtasar» risolasining o`ziga xos jihatlari nimada? 



7.

 

XX asr aruzshunosligi haqida nimalarni bilasiz? 



8.

 

O`zbek aruzshunosligining o`ziga xosligini qanday omillar taqozo qiladi? 



 

 

 



 

 

 



2-ma]ruza. QISQA, CHO`ZIQ VA O`TA CHO`ZIQ HIJOLAR 

 

 



 

 

 



 

R e J A:  

 

1.Misralardagi bo`g`inlarning sifat jihatdan mutanosibligi. 



 

2.Qisqa hijolar, ularning chizmadagi ifodasi va talaffuzi. 

 

3. Cho`ziq hijolar, ularning chizmadagi ifodasi va talaffuzi. 



 

4. O`ta cho`ziq hijolar, ularning chizmadagi ifodasi va talaffuzi.  

 

 

 



 

 

 



 

FOYDALANGAN ADABЫYOTLAR: 

1. A.Hojiahmedov. Aruz nazariyasi asoslari. T., 1979.  

2. U.To`ychiev. O`zbek poeziyasida aruz sistemasi. T., 1983.  

3.  A.Hojiahmedov. O`zbek aruzi lug`ati. T., 1988. 

 

 



 

 

TAYaNCh  IBORALAR: 



 

1. Sheґriy tizim. 

 

2. Hijo. 



 

3. Qisqa hijo. 

4. Cho`ziq hijo. 

5. O`ta cho`ziq hijo. 

 

Sharq  klassik  adabiyotda  keng  istifoda  qilinib  kelingan  aruz  sheґriy  tizimi 



misralarda  qisqa  va  cho`ziq  hijolarning  muayyan  tartibda  guruhlanib  kelishiga 

asoslanadi.  Ma`lumki,  zamonaviy  sheґriyatimizning  asosiy  o`lchovi  bo`lgan  barmoq 

ham  sheґr  misralaridagi  bo`g`inlarning  muayyan  tartibda  guruhlanib  takrorlanishiga 

asoslanadi.  Ammo  bu  vazn  uchun  bo`g`inlarning  sifati,  yaґni  qisqa  yoki  cho`ziqligi 



 

hech  qanday  ahamiyat  kasb  etmaydi.  Masalan,  H.Xudoyberdievaning  quyidagi 



misralarini kuzataylik: 

   


Mening qalbim dengiz emaski, 

   


Sho`ng`isangu tagiga yetsang. 

   


Mening qalbim shisha emaski, 

   


Bir tosh ila chil-parchin etsang. 

Shu misralardagi bo`g`inlar sifatini aniqlasak, quyidagi paradigma hosil bo`ladi: 

   

 

V   -  -  -  -  -  V  -  - 



   

 

-  V  V  V  V  V  V   -  -   



   

 

V  -  -  -  V V V   -  - 



-  -  V V  -  -  -  -  - 

Ko`rinadiki,  har  bir  misrada  9  tadan  bo`g`inlar  mavjud.  Ular  4+o`  shaklidagi 

turoqlarga  bo`linib  takrorlanadi.  Lekin  bir  narsaga  eґtibor  qaratish  lozimki, 

misralardagi  qisqa  va  cho`ziq  bo`g`inlarning  soni  ham,  joylashuvi  ham  muayyan 

tartibga ega emas. 

Aruz  timzimida  yozilgan  asarlarda  qisqa  va  cho`ziq  hijolarning  soni  ham, 

joylashuv o`rni ham maalum tartibda bo`ladi. 

Masalan: 

   

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro` kelmadi, 



   

Ko`zlarimg`a kecha tong otguncha uyqu kelmadi. 

Shu baytning chizmasini aniqlasak, quyidagi manzara hosil bo`ladi: 

   


-  V -  -  -  V  -  -  -  V  -  -  -  V  -  

   


-  V  -  -  - V  -  -  -  V  -  -  -  V  - 

Diqqat  qilinsa,  har  misrada  ao`  ta  bo`g`in  mavjud  bo`lib,  ularning  aa  tasi 

cho`ziq,  4  tasi  qisqa  ekanligiga  ishonch  hosil  qilamiz.  Ana  shu  qisqa  va  cho`ziq 

bo`g`inlar misralarning muayyan o`rinlarda kelayotganligini ham sezish mumkin. 

Qisqa  va  cho`ziq  hijolarning  shu  tarzda  takrorlanishi  Mayin  bir  ritm-ohangni 

taґminlaydi.  Endi  Furqatning  «Sayding  qo`yaber,  sayyod»  musaddasining  ikki 

misrasini shu tarzda ko`rib chiqaylik: 

   


Sayding qo`yaber, sayyod, sayyora ekan mandek, 

   


Ol domini bo`ynidin, bechora ekan mandek. 

Bu misralarning paradigmasi quyidagidek belgilanadi: 

   

-  -  V   V   -  -  -   -  -  V   V   -  -  - 



   

-  -  V    V   -  -  -   -  - V  V   -  -  - 

Bu misralarning har bittasida a4 tadan bo`g`in bor. Ularning a0 tasi cho`ziq va 4 

tasi  qisqa  bo`g`inlardir.  Ana  bu  bo`g`inlar  misralarda  qatґiy bir tartib bilan, barqaror 

ravishda  takrorlanadi.  Aruz  vazni  bilan  bog`liq  qaysi  bir  asarni  olib  qaramaylik, 

manna  shu  xil  tartibni,  misralardagi  bo`g`inlarning  sifat  jihatdan  muayyan  tartibda 

takrorlanishini  kuzatishimiz  mumkin.  Yuqoridagi  misralarda  qisqa  va  cho`ziq 

bo`g`inlar  muayyan  ritmik  guruhlarga  uyushgan  holda  takrorlangan.  Barmoqdagidan 

farqli  o`laroq  har  bir  guruhdagi  so`z  yoki  so`z  birikmasi  tugallangan  bo`lishi  shart 

emas.  So`zlar  yoki  so`z  birikmalari  bir  guruhga  sig`masa,  bg`linib  ikkinchi  ritmik 



 

guruhga  o`tishi  mumkin.  Barmoqdagi  bu  ritmik  guruhlarga  turoqlar,  aruz  tizimidagi 



bo`laklarga nisbatan esa, ruknlar atamasi ishlatiladi. 

Aruz  tizimining  nazariy  masalalarini  puxta  o`zlashtirish,  bu  tizim  asosida 

yaratilgan  asarlarni  to`g`ri  va  ifodali  o`qish,  ularni  g`oyaviy-badiiy  tahlil  qilish 

bo`g`inlar  hamda  ruknlarning  xususiyatlarini,  turlari  va  sheґrdagi  o`rnini  puxta  bilib 

olish zarur. 

  Qisqa, cho`ziq va o`ta cho`ziq bo`g`inlar 

Ma`lumki,  she`riy  asardagi  musiqiy  ohang  unli  va  undosh  tovushlarning 

muayyan tartibda takrorlanishidan hosil bo`ladi. Shu tufayli ham aruz nazariyasiga oid 

ilmiy  asarlarda  sokin  (mustaqil  undosh  yoki  cho`ziq  unli)  hamda  mutaharrik 

(harakatli, yaґni qisqa unli oldidagi undosh) tovushlar vazn yaratuvchi eng kichik juzv 

hisoblangan. Bunday tovush va ularni beruvchi harflar faqat arab alifbosiga xos bo`lib, 

biz ular asosida ish ko`rolmaymiz. Bizning joriy alifbo vaznning eng kichik bo`lagini 

hijo – bo`g`in deb olishimizni taqozo qiladi. Aruz vazni uch xil hijo – qisqa, cho`ziq 

va o`ta cho`ziq hijolarga asoslanadi. 

Qisqa talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bqlgan yoki shunday unli bilan tugagan 

ochiq  qisqa  bo`g`in  deyiladi.  Bu  xil  bo`g`inlar  chizmada  «V»  yoki  yotiq  qavs  bilan 

belgilanadi. 

Cho`ziq talaffuz qilinuvchi unlidan iborat yoki shunday unli bilan tugagan ochiq 

bo`g`inlar  hamda  o`z  tarkibiga  qisqa  talaffuz  qilinuvchi  unlini  yopiq  bo`g`inlar 

cho`ziq hijolar deyiladi. 

Bunday  bo`g`inlar  vazn  paradigmasida  «-»  bilan  belgilanadi.  Sheґr 

misralaridagi  bo`g`inlarning  cho`ziq  yoki  qisqaligi  ularning  yozilishiga  qarab  emas, 

balki  vaznga  muvofiq  o`qilgandagi  talaffuziga  qarab`  belgilanadi.  Masalan,  Mashrab 

g`azalidan olingan quyidagi baytni olib ko`raulik: 

   

Ko`rsat jamoling mastonalarg`a, 



   

-   -   V    -   -      -   -   V   -   -  

   

Ыshqingda kuygan parvonalarg`a. 



   

-   -   V    -   -       -   -   V    -   - 

Yaґni ko`r, sat, ling, mas, lar, ish, qing, kuy, gan, par, lar bo`g`inlari tarkibida 

qisqa unli bo`lgan yopiq ekanligi sababli cho`ziq bo`g`in sifatida belgilanmoqda. Mo, 



to,  g`a,  vo,  g`a  bo`g`inlari  cho`ziq  talaffuz  qilinuvchi  unli  bilan  tagaganligi  tufayli 

cho`ziq  hijo  sifatida  belgilanmoqda.  Ja,  na,  da,  na  bo`g`inlari  esa  qisqa  talaffuz 

qilinuvchi unli bilan tugaganligi sababdan qisqa hijo sanaladi. 

Yopiq  cho`ziq  bo`g`in  takibida  cho`ziq  talaffuz  qilinadigan  unli  kelsa,  o`ta 

cho`ziq  hijo  hosil  bo`ladi.  Shuningdek,  qo`sh  undosh  bilan  tugagan  bo`g`inlar  ham 

o`ta  cho`ziq  bo`g`inlar  hisoblanadi.  Bunday  bo`g`inlar  misra  boshida  va  o`rtasida  «-

V»,  misra  oxirida  «∞»  belgisi  bilan  ko`rsatiladi.  Masalan,  Boburning  mashhur 

g`azalidan olingan baytga eґtibor qaratayltik: 

   

So`rma holimniki, bo`ldim burnog`idin zorroq, 



   

Jism jondin zoru, zoru jonim jismdin afgorroq. 

Baytni  vaznga  muvofiq  o`qisak,  birinchi  misradagi  zorroq  so`zining  har  ikki 

bo`g`ini,  afgorroq  so`zining  keyingi  ikki  bo`g`ini  tarkibidagi  «o»  unlisining  cho`ziq 



10

 

talaffuz qilinishi tufayli boshqa cho`ziq bo`g`inlardan farqlanishi seziladi. Chunki ular 



o`ta  cho`ziq  bo`g`inlardir.  Keyingi  misradagi  jism  so`zi  qo`sh  undosh  bilan 

tugaganligi sababli o`ta cho`ziq bo`g`in sanaladi. Baytning vazn paradigmasi quyidagi 

ko`rinishga egadir: 

  So`r-ma-ho-lim-ni-ki-bo`l-dim-bur-no-g`i-din-zo-r-roq, 

  -      V     -    -    -  V    -     -     -    V    -    -   -  V    = 

  Jis-m-jon-din-zo-ru-jo-nim-jis-m-din-af-go-r-roq.  

  -    V    -    -    -    V  -    -   -   V   -    -   -  V   = 

Ushbu shoir qalamiga mansub quyidagi bayt ham juda xarakterlidir: 

   

Yo-z fas-li, yo-r vas-li, do`s-t-lar-ning suh-ba-ti, 



   

-   V    -   -   -  V   -  -    -   V  -   -     -   V  - 

   

Sheґ-r bah-si, ish-q dar-di, bo-da-ning kay-fi-ya-ti. 



   

-      V   -    -    -   V  -   -   -   V    -    -    -   V   - 

Aruz  tizimi  qoidalariga  muvofiq  bo`g`inlar  bir-birlariga  qo`shilib  ketaveradi. 

Xususan  yopiq  bo`g`inning  keyingi  undoshi  o`zidan  so`ng  kelgan  so`zning  birinchi 

tovushi  unli  bo`lsa,  unga  qo`shilib  talaffuz  qilinishi  mumkin.  Bu  vasl  hodisasi 

deyiladi.  Bu  holda  cho`ziq  bo`g`in  qisqa  bo`g`inga,  o`ta  cho`ziq  bo`g`in  esa,  oddiy 

cho`ziq bo`g`inga aylanadi. 

Ko`rinib  turibdiki,  o`ta  cho`ziq  bo`g`in  sheґrning  ohangdorligini  taminlashda 

juda katta vazifa bajaradi. 

Bo`g`inlar  haqidagi  ushbu  qoidalarni  puxta  o`zlashtirib,  amaliyotga  tatbiq  qila 

bilmay  turib,  aruz  nazariyasining  boshqa  bosqichlariga  o`tish  imkoni  yo`qligini 

takidlash o`rinlidir. 

 

 

 



 

 

NAZORAT SAVOLLARЫ: 



 

1.

 



Aruzning barmoq vaznidan farqlanuvchi tomonlari nimada? 

2.

 



Aruz atamasini A.Navoiy qanday izohlaydi? 

3.

 



Qisqa bo`qinlarning asosiy xususiyatlari nima? 

4.

 



Cho`ziq bo`g`inlarning asosiy xususiyatlari nima? 

5.

 



O`ta cho`ziq bo`g`inlarning asosiy belgilarini ko`rsating. 

  

 



 

 

 



 

 

 



11

 

 



 

 

 



3-ma`ruza. VATAD, SABAB VA  FOSЫLALAR  

 

 



 

 

 



 

R e J A:  

 

1. Sabablar haqida tushuncha 



2. Vatadlar va uning turlari 

 

3. Fosila va uning turlari 



 

4. Sabab, vatad va fosilalarning aruz sheґriy tizimidagi o`rni va roli 

 

 

 



 

 

FOYDALANGAN ADABЫYOTLAR: 



       1. A.Hojiahmedov. Aruz nazariyasi asoslari. T., 1979. 

       2. U.To`ychiev. O`zbek poeziyasida aruz sistemasi. T., 1983. 

       3.  A.Hojiahmedov. O`zbek aruzi lug`ati. T., 1998. 

 

 



 

 

 



 

TAYaNCh  IBORALAR: 

 

1. Ritmik bo`lak 



 

2. Sabab 

 

3. Vatad 



4. Sababi saqiyl 

5. Sababi hafif 

 

6. Vatadi majmuґ 



7. Vatadi mafruq 

8. Fosila 

9. Fosilai sug`ro va kubro. 

 

Qisqa va cho`ziq bo`g`inlar cho`ziq bo`g`inlarning birikuvidan sabab, vatad va 



fosila degan aruzda bo`g`indan keyingi kattalikdagi juzvlar hosil bo`ladi.  


Каталог: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling