Chizma hosil bo’luvchi sirt.
Yuqorida aytib o’tilganidek, grafikani hosil qiluvchi sirt (yuza) Canvas
xususiyatiga to’g’ri keladi. O’z navbatida Canvas xususiyati TCanvas tipidagi
ob’ektdir. Bu tip uslublari grafik primitivlarni (nuqta, chiziq, aylana va x.k.)
hosil bo’lishini ta’minlaydi, xususiyati esa hosil bo’luvchi grafikani
xarakteristikalarini: rangi, chiziq qalinligi va turi; bo’yaluvchi hududni rangi va
ko’rinishini; harfni xarakteristikalarini beradi. Canvas «sirt», «chizish uchun
yuza» sifatida tarjima qilinadi. Chizish yuzasi alohida nuqta – piksellardan
tashkil topadi. Pikselni joylashuvi gorizontal (X) va vertikal (Y) koordinatalar
bilan xarakterlanadi.
Chap yuqoridagi nuqta koordinatasi (0,0). Koordinatalar yuqoridan pastga
va chapdan o’ngga qarab o’sib boradi (13-rasm).
13-rasm. Chizish yuzasi nuqta koordinatalari.
Chizish yuzasi o’lchamlarini illyustratsiya (Image) hududi uchun Height va
Width, forma uchun esa ClientHeight va ClientWidth lar aniqlash mumkin.
(0,0)
(
Image1.Width, Image1.Height)
(Form1.ClientWidth, Form1.ClientHeight)
60
Do'stlaringiz bilan baham: |