2.2 Delphida dinamik bog’lanadigan bibliotekalar (DLL)
Dinamik bog’lanadigan kutubxonalar Dinamic Link Library (DLL)
so’zlaridan olingan bo’lib, boshqa programmistlar tomonidan yozilgan
protsedura va funktsiyalarni yoki Object Pascal dan boshqa tillarda yozilgan
protsedura va funktsiyalarni o’zimizning programmamizga ulash imkonini
beradi.
Dinamik bibliotekalar bilan oddiy modular orasida juda ko’p o’xshashliklar
mavjud, lekin ikki jihatdan farq qiladi.
Birinchidan, dinamik bibliotekada e’lon qilingan o’zgaruvchilar va
konstantalardan asosiy dasturda foydalanib bo’lmaydi.
Ikkinchidan, modular statik usulda, ya’ni, kompilyatsiyaning komponovka
bosqichida bog’lanadi. Dinamik bibliotekalar dinamik, ay’ni, dastur bajarilishi
jarayonida bog’lanadi. Agarda ikki dastur oddiy modulga murojaat qilsa, shu
modul ishlatilayotgan qismining ikki nusxasi xotirada yaratiladi. Dinamik
bibliotekaning ikki dasturi ya’ni murojaat qilayotgan qismi faqat bir nusxada
yaratiladi.
Dinamik bibliotekaning o’zgarishi dasturni qaytadan kompilyatsiya
qilishga olib kelmaydi.
DLL da programmaga o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar, toifalarni uzata
olmaydi. Yozilgan modullar programma bilan komponovka jarayonida
bog’lanadi, ya’ni statik bog’lanadi. DLL programmalarni o’zini alohida ishlatib
bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |