To’g’ri chiziq.
Delphi da to’g’ri chiziq hosil qilish uchun LineTo dan foydalaniladi. Uning
yozilish formati quyidagicha:
Komponent.Canvas/LineTo(x,y)
LineTo to’g’ri chiziqni qalam (ko’rsatkich) turgan koordinatadan boshlab
x,y – nuqtagacha chizadi. Shuning uchun chiziqning boshlang’ich nuqtasini
kerakli joyga o’rnatib olish lozim bo’ladi. Bunda biz MoveTo ga murojaat
qilamiz:
Komponent.Canvas.MoveTo(X0,Y0)
Chiziqning ko’rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob’ekti bilan ifodalanadi.
Aylana va ellips.
Ellipse uslubi ellips va aylana chizish uchun qo’laniladi. Ellipse ning
yozilish formati quyidagicha:
Ob’ekt.Canvas.Ellipse(x1,y1,x2,y2)
bu erda, ob’ekt – chizma hosil bo’luvchi ob’ekt nomi;
x1,y1,x2,y2 – hosil bo’luvchi aylana yoki ellipsga tashqi chizilgan to’g’ri
to’rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o’ng nuqtalarini
koordinatalari (15-rasm).
Chiziqning ko’rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob’ekti bilan ifodalanadi.
63
15-rasm.
Yoy
Yoy hosil qilish uchun Arc uslubidan foydalaniladi. Uning yozilish formati
quyidagicha:
Ob’ekt.Canvas.Arc(x1,y1,x2,y2,x3,y3,x4,y4)
bu erda, ob’ekt – yoy chiziluvchi ob’ekt nomi;
x1,y1,x2,y2 – hosil bo’luvchi yoyni davom ettirib hosil qilinuvchi ellips
(aylana)ga tashqi chizilgan to’g’ri to’rtburchakning mos koordinatalari;
x3,y3 – yoyning boshlang’ich nuqtasi;
x4,y4 – yoyning tugash nuqtasi.
Shuni aytib o’tish lozimki, yoy soat strelkasi yo’nalishiga qarama-qarshi
yo’nalishda chiziladi (16-rasm).
16-rasm.
Chiziqning ko’rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob’ekti bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |