Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti madaminov rasul urazbayevich
Umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun Informatika fanidan
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
3.2. Umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun Informatika fanidan
elektron o’quv qo’llanma Elektron o’quv qo’llanma yaratishda unga bir qancha talablar qo`yiladi. Masalan, o`quv matеriali va uning dasturiy ta'minoti o`z ishini avtomatik tarzda boshlaydigan bitta lazеr diskda joylanishi lozim. Uning strukturasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin: muqova (grafik, animatsiya, video yoki harakatlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo`lishi mumkin); titul ekran (darslik nomi, mualliflik huquqi haqida, mualliflar haqida ma’lumot bo`lishi mumkin); mundarija (darslikning asosiy qismi hisoblanib, u orqali darslikning istalgan qismiga o`tish imkoniyati bo`lishi kerak); o`quv matеrialining to`liq matni va qisqacha mundarijasi; qo`shimcha adabiyotlar; o`z bilimini tеkshirish tizimi; matn fragmеntlarini izlash; tayanch iboralar; darslikni boshqaruvchi elеmеntlar bilan ishlash bo`yicha yo`riqnoma. Avvalo ishni yangi forma yaratishdan boshlaymiz. Delphi 7 dasturni ishga tushirib, File-New-Application buyruqlari ketma-ketligini bajaramiz. Bu hosil bo’lgan Forma 1 elektron o’quv qo’llanmaning muqovasi bo’ladi.
72
Odatda Delphi da formalar to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi. Uni proceduradan foydalanib istalgan ko`rinishga o`zgartirishimiz mumkin. Buning uchun klaviaturadan F12 funksional klavishini bosamiz va hosil bo`lgan oynaga private so`zidan keyin unga “procedure CreateWindowsRegions(const X, Y : Integer; const RegionHandle : THandle);”kodini yozamiz va Ctrl+Shift+C klavishlarni birgalikda bosamiz. Hosil bo`lgan oynaga quyidagi kodlarni kiritamiz:
73
Formaning Object Inspektor oynasidan Events bo`limi tanlaymiz va OnCreate xossasini ikki marta chertamiz , hosil bo`lgan oynaga “CreateWindowsRegions(370, 160, Handle);” kodini yozamiz. F9 klavishini bosib dasturni ishga tushiramiz. Formamiz (Form1) quyidagi shaklga ega bo`ladi (27- rasm):
27-rasm. Additional komponentalar palitrasidan Image komponentasini formaga qo`yamiz va Align xossasidan alClient ni tanlaymiz. U rasmni forma bo`ylab yoyadi. Picture xossasidan forma dizayniga mos rasm qo`yamiz. Standart komponentalar palitrasidan uchta label tanlaymiz va uning Caption xossasiga mos ravishda Informatika, 9-sinf, Klaviaturadan ixtiyoriy tugmani bosing deb yozamiz va Formaning BorderStyle xossasidan bsNone ni tanlaymiz (28-rasm):
28-rasm
74
Endi Form1ning Events bo`limidan OnKeyDown xossasini ikki marta chertamiz va quyidagi kodni yozamiz (klaviaturadan istalgan klavishni bossak, keyingi formaga o`tadi va birinchi forma yopiladi): Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling