Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistratura bo‘


Download 13.86 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.86 Kb.
#1491450
Bog'liq
Taqriz


Taqriz

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistratura bo‘-


limi o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bitiruvchisi E.B.Aytmuratovaning
«Tibbiyot kollejlarida o‘zbek tili mazmuni va ta’lim texnologiyalari» mav-
zusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
T A Q R I Z
Eleonora Baxitovna Aytmuratovaning magistrlik dissertasiyasi o‘zbek ti-
lini davlat tili sifatida tibbiyot kollejlarida o‘qitish, o‘quvchilarning ixti-
sosiy nutqini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanganligi bilan nihoyatda
dolzarbdir.
E.Aytmuratova o‘z ilmiy-tadqiqot ishida nafaqat nutqiy malakalarni
o‘stirish, balki ixtisosiy nutqni rivojlantirish borasida bahs yuritadi, uni
qadimgi sharq va g‘arb faylasuf allomalari qoldirgan adabiy meros bilan
bog‘laydi, rus tilshunos-metodistlarining ilmiy izlanishlari, taniqli pedagog
va psixologlar, resublikamizdagi yetakchi metodist olimlarning ilmiy-tadqiqot
ishlarini chuqur o‘rganadi va tahlil qilib chiqadi.
Dissertasiya ishining umumiy hajmi 3 bobdan iborat bo‘lib, unga Kirish,
3 ta bob, umumiy xulosalar va adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalar kiritilgan.
Muallif dissertasiyaning birinchi bobida tibbiyot kollejlarida o‘zbek tilini
o‘qitishning mavjud ahvoli, ta’lim jarayoni, ta’lim vositalari bo‘yicha tahlil
natijalarini keltiradi.
Ishning ikkinchi bobida muallif ta’lim maqsadiga erishishning turli
usullarini qidirib topadi va uni ta’lim tizimida qo‘llashning maxsus texno-
logiyasini yaratadi. O‘quvchilarning nutqiy malakalarni shakllantirishning
pedagogik-psixologik xususiyatlarini, o‘quvchi lug‘at zaxirasini kengaytirish
borasidagi o‘ziga xos ta’limiy jihatlarni ochib berishga urinadi va bunga
erishadi. O‘quvchilarni mustaqil va mantiqiy-tanqidiy fikrlashga yo‘nal-
tiruvchi amaliy-ijodiy ishlar tizimini o‘quv majmualarga jamlash yuzasidan
tavsiyalar keltiradi.
Muallif ishning uchinchi bobida tibbiyot kolleji o‘quvchilariga o‘zbek
tilini darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rgatish yuzasidan tavsiyalarini berib o’tadi. Boshqa mashg’ulotlar bilan qanday ishlash kerakligi haqida tushuntirish va tavsiyalar berib o’tadi


XULOSA
Eleonora Baxitovna Aytmuratovaning magistrlik dissertasiyasi o’z meyorlarida yozilgan. Barcha etaplari to’g’ri va tushunarli. Xulosa qilib shuni aytish joizki, «Tibbiyot kollejlarida o‘zbek tili mazmuni va ta’lim texnologiyalari» mavzusidagi dissertatsiya ishi tibbiyot xodimlari uchun juda muhum tarzida yoritilgan va tavsiyaga bersa bo’ladi
Download 13.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling