Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sirtqi taʼlim boʻlimi Milliy gʻoya
Download 60.27 Kb. Pdf ko'rish
|
milliy tiklanish
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sirtqi taʼlim boʻlimi Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 1-B kurs talabasi Sabirova Munisaning Milliy gʻoya maʼnaviyatning pedagogik asoslari fanidan yozgan essesi Mavzu: Gʻoya, mafkura, milliy gʻoya, milliy mafkura, maʼnaviyat tushunchalarining mazmun va mohiyati. Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Koʻp hollarda Milliy mafkurani bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi maʼ-nosini ham anglatadi. Chunki “milliy” sifati “millat” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, faqat muayyan etnik birlikni emas, balki muayyan “jamiyat” yoki “davlat” maʼnosini ham ifodalashi mumkin. Milliy mafkura tushunchasi ham Oʻzbekistonda yashab, faoliyat koʻrsatayotgan barcha millat vakillariga tegishlidir. Milliy mafkuraning oʻzagini Oʻzbekistondagi turli millat va elat, din va eʼtiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni oʻzaro hurmat va hamkorlikka chorlash, olijanob maqsadlarni koʻzlash kabi umuminsoniy tamoyillarga aylangan gʻoyalar tashkil etadi. Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. M.gʻ. oʻz mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Gʻoya — inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy oʻzgartirish maqsadlari. U.targa erishish yoʻllari va vositalari mujassam boʻlali. Download 60.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling