Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakulteti: «Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi»
Download 94.59 Kb.
|
davlat va huquq asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu: Huquqiy tarbiya vositalari
- KIRISH.
- XULOSA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Tarix fakulteti: «Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi» bakalavr ta'lim yo‘nalishi 3B kurs talabasi Normamatov Sherzodning “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya” fanidan KURS ISHI Mavzu: Huquqiy tarbiya vositalari Bajargan: Ilmiy rahbar: Normamatov Sh B.Arzieva NUKUS-2021 MUNDARIJA: KIRISH. I BOB. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixi Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tibor II BOB. Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari 2.1. Huquqiy ta'limning mavjud holati Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari XULOSA ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so'ng o'tgan yillar davomida iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va marifat sohalarida tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan tub o'zgarishlar amalga oshirildi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda milliy o'zlikni anglash va qadriyatlarimizni tiklashda, fuqarolar ongida, ularning huquqiy - axloqiy tarbiyasida tub o'zgarishlarni talab etadigan huquqiy tarbiya jamiyat taraqqiyotining muhim bir bo'lagini tashkil etadi. Sobiq Sovet davrida fuqarolar qanchalik huquqiy besavod, huquqiy axloqiy tarbiyasiz bo'lsa, hokimiyat uchun ijobiy sharoitlar yaratilar edi. Chunki o'z haq - huquqini, o'zligini, qadriyatlarini bilmagan xalqni boshqarish shunchalik oson bo'lar edi. Mustaqilligimiz sharofati bilan o'z erkimizni qo'lga kiritdik. Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo'ygan yurtboshimiz I.A.Karimov mamlakatda huquqiy tarbiyani takomillashtirish borasida demokratik islohotlarning asoschisidir. 1- Prezidentimizning 1997-yil 25-iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida»gi farmoniga ko'ra, bu boradagi olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. Bundan tashqari, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish» milliy dasturida ham huquqiy tarbiya va uni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor berilgan. Demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni barpo etishda, albbatta milliy qadriyatlarga va insonparvarlik prinsiplariga tayanamiz. Buning uchun jamiyat a'zolariga, shu jumladan o'sib kelayotgan yosh kelajak avlodlarda huquqiy tarbiyani shakllantirish zarurdir. Vaholanki, mustaqilligimizga hamda berilgan imkoniyatlarga mos turda aholining huquqiy tarbiyasi bugungi kun talablariga javob bermayapti. Download 94.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling