Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakulteti: «Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi»


Download 94.59 Kb.
bet6/11
Sana04.02.2023
Hajmi94.59 Kb.
#1158165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
davlat va huquq asoslari

birinchisi, o'quvchilarda axloqiy, huquqiy bilim, ko'nikma, malaka va odatlarni shakllantirish;
ikkinchisi, o'quvchilarning huquqiy tarbiyalari bilan bogliq vazifalar kiradi.
Bu odatda axloq va huquq normalariga hurmatni, qonuniylik va huquqiy tartibotning buzilishiga yo'l qo'ymaslik, ijtimoiy faollik, inson huquq va erkinliklariga hurmat, o'zining huquq va erkinliklarini himoya qilish, insonparvar huquqiy demokratik davlat prinsiplariga hurmatni, bu prinstiplarga amal qilgan holda yashashni shakllantirishdir.
Huquqiy ta'lim asosida huquqiy normalarni tushunish yotadi. Lekin bu normalarning hammasini maktabda o'zlashtirish mumkin emas. Bunga maxsus yuridik ta'lim olish jarayonida erishish mumkin. O'quvchilarga huquqiy ta'lim berish oldidan ularga davlat va huquqiy hodisalar to'g'risida umumiy tushunchalar hosil qiluvchi elementlar huquqiy normalar to'g'risida bilim berish vazifasi turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bu fanni o'qitish usuli va uslublarini bulish shart.

  1. Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tibor

1991 yil 31 avgustda O'zbekiston Respublikasi mustaqil deb e'lon qilingandan keyin mustaqillikni, yurt farovonligini, xalqning tinchligini, osoyishtaligini saqlash va kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, har tomonlama barkamol avlodga e'tibor ustuvor vazifa qilib qo'yildi. Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy, huquqiy tarbiyalashning turli shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari hal qilinmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da "...bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta'lim va ma'rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ'ibotini tubdan yaxshilashga yo'naltirilgan maqsadli keng ko'lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishi, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg'usining yanada ortishini ta'minlaydi”, - deb qayd etgan edi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda huquqiy ta'lim-tarbiya tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Dastlab ijtimoiy munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini belgilovchi qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi "Yoshlarning huquqiy ta'limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to'g'risida”gi 296-sonli Qarori, Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” to'g'risidagi 466-1-sonli Qarori va shu qaror asosidagi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-maydagi 235-sonli "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Qarori, O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi "Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Qarori, O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoni, 1997-yil 6-oktyabrdagi “Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan is^h qilish, barkamоl avlodni vоyaga yetkazish” to'g'risidagi Farmоni, 2001-yil 4-yanvardagi “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida”gi farmoyishi, 2004-yil 1-iyuldagi “20o4-2OO9-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to'g'risida”gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O'zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'risida” Qarori shular jumlasidandir.
Fikrimizning isboti sifatida quyidagi 1997-yil 29-avgustda qarorni ham misol keltirishimiz mumkin:
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
MILLIY DASTURI
O'zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligitufayliyoshdavlatimizishonchvahurmatgasazovorbo'lmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma'naviy o'zgartirish sohasida keng ko'lamli islohotlar o'tkazilmoqda. O'tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.
Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog'likdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.
Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin.
Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e'tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta'minlaydi.
Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu Milliy dastur qabul qilinmoqda.
UMUMIY QOIDALAR
Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.
Ko‘rsatilgan maqsadga erishishda asosiyvazifalarquyidagilardan iborat: huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish;
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish;
aholining huquqiy savodxonligini oshirish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta'minlash.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; demokratiyaga asoslanganlik; ijtimoiy adolat; ilmiylik; uzluksizlik; huquqiy tarbiyadagi vorislik hamda umumiylik; huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi; huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
fuqaro, jamiyat va davlatning o'zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta'minlash;
aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
aholini huquqiy axborot bilan ta'minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash;
huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;
yuridik ta'lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish;
huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag'batlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;
milliy an'analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish.
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo'yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a'zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o'zlashtirib olishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan turli ijtimoiy guruhlarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi.

Download 94.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling