Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va tushunchalar
- Mashrab va qalandariylik tariqati
- Tayanch so`z va tushunchalar
1. Davr adabiyotining o`rganilishi tarixiga oid nimalarni bilasiz? 2. Istiqlol davri adabiyotshunosligida biz o`rganayotgan adabiy davr xususida qanday ishlar qilingan?
Davr adabiy manbalarini qaysi yo`nalishlarda o`rganish mumkin? 9
Ushbu davr adabiyotini o`rganishda qanday tamoyillarga asoslanish mumkin bo`ladi?
Bu davr adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari nimalarda ko`rinadi? 6. Nima uchun bu davr adabiyotini o`rganishda adabiy muhit va adabiy maktab masalalariga e`tibor qaratish lozim?
Ushbu davr adabiyotiga tashqi jihatdan ta`sir ko`rsatgan qaysi omillarni bilasiz? Adabiyotlar: 1.
2.
Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. 2 kitob. - T.: O`qituvchi, 1968. 3.
Jumaxo`ja N. Istiqlol mafkurasi va madaniy meros. Doktorlik diss. Avtoreferati. - T.: 1998. 4.
Fitrat. XU1 asrdan so`ngra o`zbek adabiyotiga umumiy bir qarash. «Navqiron Buxoro», 1992. 2-son.
1.
Mashrab hayoti haqida ma`lumot beruvchi manbalar. 2.
3.
Mashrabga oid ma`lumotlar aks etgan tazkiralar (Muxammad Bade` Maleho Samarqandiy «Muzakkiral-asxob», Abdulmutallib Xojai Fahmiy «Majmuai Fahmiy»,Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» va boshqalar) 4.
Mashrab tarjimayi holini tiklashga bo`lgan urinishlar va bu yo`lda erishilgan natijalar. 5.
Mashrab she`riyati: timsollar olami, janrlar xilma-xilligi, san`atkorligi. Shoir Boborahim Mashrab hayotiga doir shunchalar ko`p va bir-biriga zid ma`lumotlar ko`pligidan ularning aslini soxta ma`lumotlardan ajratish qiyin. Buning boisi xalq o`zi sevgan shoir haqida turli xil rivoyat va afsonalar to`qigani, turli xil manqaba va xalq kitoblaridagi ma`lumotlarni tarixiy deb qabul qilinganligidandir. Shoir Mashrab hayoti va ijodini o`rganish va uning tarjimayi holini to`la tiklash uchun dastlab o`z davrida yaratilgan manqaba va tazkiralarni o`rganib chiqish lozim bo`ladi. Dastlab «Devonayi Mashrab» (ayrim manbalarda «Shoh Mashrab») nomi bilan mashhar bo`lgan manqabani o`rganish lozim bo`ladi. Bu manbaning muallifi garchi aniq bo`lmasa-da, unda bayon qilingan voqealar asosan, Mashrabning yaqin zamondoshlari va muhiblari tomonidan bayon qilingani va tasdiqlangani uchun shoir tarjimayi holini tiklashda bu birlamchi manba bo`lishi shubhasizdir. Bundan tashqari bevosita shoirning hayotligida yaratilgan tazkiralar borki, bulardan birinchisi Muhammad Bade` maleho Samarqandiyning «Muzakkir al-ashob» asaridir. Asar muallifi Mashrab bilan ikki marta uchrashganini va dastlabki uchrashuv shoirning «navras»lik davrida ekanini yozadi. Ushbu tazkiradagi voqealarni «Qissayi Mashrab» voqealari bilan solishtirilsa, shoir hayotining noma`lum qirralari ochilishi mumkin. Yana bir e`tiborli manbalardan
10
biri Abdumutallib Xojayi Fahmiyning «Majmuayi Fahmiy» tazkirasi bo`lib, bu e`tiborli manba bo`lgani uchun ham Fitrat shoir tarjimayi holi voqealarini tiklashda unga bir necha bor murojaat qilgan. Tazkiralar orasida Mashrabning bevosita shogirdlaridan biri Ishoq Ziyovuddin Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron» asari bo`lib, bunda manqaba yo`li bilan shoir mashrabga xos bir necha sifatlar ko`rsatilgan yana shu manbadan ma`lum bo`lishicha, «Qissayi Mashrab»ning bizgacha etib kelishida ham ushbu muallifning hissasi bor. Shu ishoradan kelib chiqib «Qissayi mashrab»ni ayrim olimlar Ishoq Bog`istoniyga, ayrimlari esa Pirmat Setoriyga nisbat berishadi. Keyinroq yaratilgan yana bir muhim manba Majzub Namangoniyning «Tazkiratu-l-avliyo» asari bo`lib, bunda Mashrabning keyingi davrlarda yashagan shogirdlarining shohidlariga tayangan holda muallif yangi ma`lumotlar beradi. Bundan tashqari ayrim olimlar Mashrab haqidagi tarixiy manba sifatida Abdushukur Ziyoning «Musavvadayi Abdushukur» asarini ham ko`rsatadilar. Mashrabning bevosita hayot voqealari aks etmagan bo`lsa ham u yashagan davr voqealari mana shu davr tarixchilari Sayyid Hakimxon to`raning «Muntahabu-t-tavorix», Mirza Olim munshiyning «Ansobu-s-salotin» nomli asarlarida ham aks etgandir. Bu tarixiy manbalarni ham «Qissayi Mashrab» bilan solishtirish natijasida ko`p zarur ilmiy haqiqatlarni anglash mumkin. Shoirning tavallud vaqti haqida turli xil fikrlar mavjud: Ko`plab sho`ro davrida tarqalgan manbalarda, jumladan, G`afur G`ulom, A.Hayitmetov va A.Abdug`afurov 1640 yilda tug`ilgan deb yozganlar. Bir necha olimlar Fitrat, V.Abdullaev, M.Zokirov 1657 yilda tug`ilganini manbalar asosida isbot qiladilar. Tadqiqotchi Jaloliddin Yusupov esa, 1653 yilda tug`ilgan degan xulosani beradi. Mashrabning tavallud o`rni haqida ham shunday bahsli fikrlar mavjud bo`lsa-da, prof. Fitrat birlamchi manbalar asosida Andijonda tug`ilganini va 14-15 yoshlarida Namanganga tahsil uchun ketganini yozadi. Fitrat boshlagan birlamchi manbalar asosida shoir hayoti va ijodini o`rganish davom etmoqda. Holbuki, Malehonning «Muzakkira-l-ashob», Majzubning «Tazkira qalandaron» asarlari ham shu fikrni tasdiqlaydi. Namanganli olim I.Abdullaev so`nggi maqolalarida Mashrab Namanganda tug`ilgan, degan da`voni takrorlab turibdi. Hozirga qadar Mashrab hayotiga oid shunday ma`lumotlar bor: Boborahim Mulla Vali o`g`li Andijonda qashshoq bir oilada 1657 yilda tug`ilgan, 15 yasharlikda Namanganga o`tib, Mulla Bozor Oxundning tarbiyasiga kirdi. 20-25 yoshlarida Samarqandga keldi, so`ngra yana Namanganga qaytdi. Namangandan Mulla Bozor Oxund dalolati bilan Qashg`arga borgan. Ofoq Xo`jaga murid bo`lgan. Umuman, Xitoy Turkistonida 8-10 yil o`lkalarni aylanib, 1691 yilda Samarqandga jo`nagan va yana Buxoroga qaytib, so`ngra Hindiston safariga chiqqan. Hindistondan yana O`rta Osiyoga qaytgan va Qarshi shahrida to`rt yil turgan. Qarshidan yana safarga chiqqan, bu safarning 3-4 yillarida Balxda Mahmudbiy Qatag`on tomonidan 1711 yilda o`ldirilgan (Qarang: Fitrat. Mashrab. «Ilmiy fikr» majmuasi, 1930. 1-son, 40-57 betlar. Qayta nashri: «Yosh leninchi» gazetasi, 1991, 29 iyun, 2-3 iyul)
11
Mashrabning asarlari ham asosan bizgacha manqabaga ko`ra bizga kelgan. Bundan tashqari «Boqirg`on kitobi» kitobi nomli majmuada shoir she`rlaridan namunalar keltirilgan. Shu bilan birga quyidagi tazkira va bayozlarda ham shoir she`rlaridan namunalar bor: Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» (Pirmat Setoriy iltimosi bilan yozilgan), «Kitobi Sadoiy», «majmuayi Xojam Poshsho» va boshqalar. Yuqorida tilga olingan manbalarda mualliflik masalasi degan muammo ham bor. Chunki «Qissayi Mashrab», tabiiyki, Mashrab tomonidan yozilmagan. Shunday ekan, muallif o`z nomidan ayrim baytlar aytib asarni to`ldirgani bo`lishi ehtimoli ayrim manbalarda tilga olinadi. Shuningdek, manqabaning turli nusxalaridagi she`rlar turlicha ko`chirilgani ham bu fikrni isbyuotlab turibdi. Hatto manqabada Mashrabdan boshqa taxalluslar ham uchraydi, ba`zi o`rinlarda esa, boshqa shoirlarning, jumladan, Turdining quyidagi she`rlari: Jism qolibdin nafas tori uzulmasdan burun, Boshingga davri qazo bazmi qurilmasdan burun, Xasta joning (Turdida «javon xon»ning) tark rahmatidin so`kilmasdan burun, Ey ko`ngul, kasi asosi tan buzulmasdan burun, Oqi abaru kursiyu dindin to`kulmasdan burun deb boshlagan 5 bandli musammas to`la holda Turdi majmusida 9 band holida bor. «Qissayi Mashrab» tarkibida Ranjiy, Ahmad Qori, Mahvash, Zayrak, Mansur kabi shoirlarning asarlari ham borligi ma`lum bo`lmoqda. Nechun aylay ayo do`stlarim janonimdin ayrildim Tiriklik boyasi ul munisi jonimdin ayrildim Mahvash bibining she`rlari ekani haqidagi ma`lumot Majzubning «Tazkiratush- avliyo»sida ma`lumot bor. Tabiiyki, Mashrab taxallusli she`rlarning hammasi hali uniki emas, ayrim misralari ham shubhali. Ayniqsa, vazn buzilganlari Mashrabniki emas. «Qissa»dagi eng ishonchli she`rlarnigina o`rganganimizda Mashrabning chindan-da o`ta nozik iste`dod sohibi bo`lganini anglaymiz: To kiydi qizil o`zini zebo qiloyin deb O`t yoqdi jahon mulkina yag`mo qiloyin deb deb boshlanadigan g`azali yoki quyidagi mustazodi shoirning shunday yuksak iste`dod bilan yozilgan asarlaridan: Bul hasta vujudimni mani o`rtadi bir yo`l
Ul gul yuzini ishqida men valayu hayron ul zulfi parishon Mashrab
she`rlarida «yig`i»
timsoliga alohida
ma`no berilgan Anlashimizcha, Mashrab hammani ham yig`lashga loyiq deb hisoblamaydi: Matlabim bor - narovo men yig`lamay kim yig`lasin, Dard beribdur bedavo men yig`lamay kim yig`lasin yoki onasi haqida yozganda: E safo baxshi bahoru bo`stonim qaydasan, Nuri diydam, mushfiqim oromi jonim qaydasan, 12
Volidam Makkam, Madinam mehribonim qaydasan kabi dardli misralarni tizgan. Mashrab she`rlarida Navoiy va Fuzuliydan ta`sirlanish hollarini ham kuzatish mumkin: Mashrab benavoduman, vasling uchun gadoduman, Hajr o`tig`a kuyadiman, yor jafosini ko`rung. Hay, hay, na go`zalsan, na ajoyib qiyomat Mani mavjudlig`im bazmi xarobat erdi san bilmong, Gunash qondir sarupoyim, karomat erdi san bilmong yoki Mani Majnunni bekor onglama, ey ahli g`aflat san, Ki kunda boshima yuz mingga ofat erdi, san bilmong (san bilmading) Albatta, xalqqa dardkash ravishda aytilgan bu misralar Mashrabning o`tli iste`dodidan darak beradi: Dili tig`i sitamdin pora bo`lgan xalqni ko`rdim, Tani dardu alamdin yora bo`lgan xalqni ko`rdim Kuzi vaqti sahar sayyora bo`lg`an xalqni ko`rdim Mashhur Lutfiyning: Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma deb boshlanadigan g`azaliga chiroyli nazira bog`laganini yoki Navoiyning Ohkim ul oshno begona bo`ldi oqibat deb boshlanuvchi g`azali ruhida Naylayin dil dardin, begona bo`ldim oqibat, Yuz g`amu hasrat bilan hamxona bo`ldim oqibat, Qildi bu charxi falak rasvoi davron oqibat, Boru yo`qim bo`ldi oxir erga yakson oqibat kabi she`rlarini ko`rish mumkin. Yoki Va`da qildi bir kelay deb, ko`zga uyqu kelmadi, Men shahidi ishq bo`ldim, qatrai so`z kelmadi kabi satrlarda insoniy ishqning fojeasi ham anglatilgan. Yana: Mashrab yurubon olam aro topmadim maqsud, Yuz shukurki, oning bilan ulfat bo`la qoldi kabi she`rlarni aytgan otashnafas shoir haqli ravishda Lutfiy, Navoiy va Fuzuliylar qatoridan o`rin olgusidir.
Tayanch so`z va tushunchalar: Manqaba, manoqib, Xasbi hol, «Tazkirayi avliyo»lar, Mualliflikni tiklash, «Boqirg`on kitobi», Adabiy ta`sir, Nazira, tatabbu
Mashrab tarjimayi holi haqida ma`lumot beruvchi qaysi manbalarni bilasiz?
13
2. Mashrabning she`rlari qaysi manbalar asosida to`plangan? 3. Mashrab tarjimayi holi haqidagi so`nggi to`xtamga munosabatingig. 4. Mashrab she`riyatining ustivor jihatlari nimada? 5. Mashrab she`rlarida qaysi shoirlarning ta`sirini kuzatish mumkin va qaysi misollar orqali?
Mashrab she`rlarining muallifligi masalasi qaysi yo`l bilan aniqlanmoqda?
Shoir g`azal va mustahzodlaridagi asosiy timsollar haqidagi fikringiz? 8. Mashrabdan ta`sirlangan qaysi shoirlarni bilasiz va bu ta`sirlanish aks etgan she`rlardan misollar keltiring.
R e j a : 1.
Markaziy Osiyodagi tasavvufiy tariqatlarning bu davr adabiyotidagi ko`rinishi. 2.
Qalandariylik tariqati: mohiyati, tariq usuli, ta`siri va badiiy asarlardagi aksi. 3.
Mashrab shen`rlarida qalandariylikning aks etishi. 4.
«Kimiyo»)
O`rta Osiyoda XVI asrning boshlarida yangi sklola - Shayboniyxon hukumatining hukumronligi boshlanishi bilan temuriylar davrida gullab-yashnagan iqtiodiy va sotsial hamda madaniy hayot ham bir muncha o`zgarishlarga duchor bo`ldi. Natijada «bir ko`b shoirlar, san`atkorlar. Olimlar Hindistonda Bobir Mirzo tomonidan qurulgan mo`g`ul hukumatining poytaxtiga hijrat -ila boshladilar. O`rta Osiyoda qolgan shoirlar esa, saroydan himoya ko`ra olmagach, omma orasidan o`quvchilar ta`min etuvga kirishdilar. Shuning uchun saroyning muhtasham, takallufli, bezakli uslubini tashlab, omma uslubiga yaqinlashuvga tirishdilar». So`fi Olloyor, Mashrab, Huvaydo kabi usluban bir-biriga yaqin shoirlar mana shu davrning, mana shunday xalq ichida kamol topgan she`riyatining vakillari edilar. Shunday qilib, Fitrat 20-yillarning oxirlarida Mashrab mavzusiga qo`l urarkan, bu adabiy davrining barcha siyosiy ham madaniy xususiyatlarini puxta o`rgangandan keyingina bu mas`uliyatni vazifaga o`zini bag`ishladi.
Fitrat maqolasida Mashrabning qalandarligi munosabati bilan tasavvuf ta`limotining qalandarlik tariqati haqida ilmda birinchilardan bo`lib izchil ma`lumot berishga erishgan. Olimning yozishicha, «juda oz material bilan qalandarlik masalasining sinfiy mohiyatini ochmoq va shu yo`l bilan Mashrabning sinfiy tusini ko`ra olmoq mumikn bo`lmaydir. Shunday bo`lsa ham bundan so`ngragi tekshirishlarga balki yordami bo`lur umidi bilan qalandarlik haqida bilganim narsalarni qayd etib o`tmakni munosib ko`raman». Ma`lumki, qalandarlik haqida ozmi-ko`pmi ma`lumotlar «Haft qulzum», «Bahori ajam» kabi lug`at va tasavvuf kitoblarida uchraydi. Bundan tashqari Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul - uns» asarida ham bu haqda qisman xabarlar berilgan. Mana shu manbalarga asoslangan olim O`rta Osiyoda qalandarlik 14
«qadimdan mavjud ekani»ni qayd etgan. Turk olimi Fuod Ko`pruli esa, qalandarlik tarixini XIII-XIV asrlarda Onado`lidagi mashhur tasavvuf oqimlari bobiylik, abdollik, bektoshiylik, xurufiylik, qizilboshlilik, haydariylik qatorida qalandariylik ham mavjud bo`lib, bu oqimlardan nisbatan keng tarqalgan bektoshiylik ta`limoti o`zining asosini qalandariylikdan olgani, ayrim shorilarda xurufiylik bilan qalandariylik qorishiq holda mavjud bo`lganini qayd etgan. 1 Shu bilan birga Kichik Osiyoda mashhur mutasavvuf, abdollik ta`limotining asoschisi Pir Abdol, asosan, Qalandar Abdol ismi bilan mashhur bo`lganini ham e`tiborga olsak, bu tariqat Onado`lida Yunus Emroga qadar mavjud bo`lgan degan xulosaga kelishga yordam beradi. O`rta Osiyoda esa qalandariylik ayrim hollarda yassaviylik tariqatidan oziqlanganini va undan so`ngra mavjud bo`lganini tasdiqlovchi asoslar bor. «Boqirg`on kitobi»da esa yassaviy shoirlarining asarlari keltirilgani holda unda Mashrabning ham she`rlari uchrashi bu ikki tariqat o`rtasida bir-birini tutashturuvchi vositalar bo`lgani ko`rsatadi. Fitrat «Yassaviy maktabi shoirlari to`g`risida tekshirishlar» maqolasida mana shu muhim nuqtani qayd etib o`tgan, «Shoh Mashrab» qissasida esa:
«Kechib dunyoi foniydin talabda bir qalandarman», yoki «Solib har erda bir gulxan talabda bir qalandarman» degan Mashrab Xo`tan shahriga kelgach, u erning fozillari bilan bo`lgan suhbatda «Mushkoti sharifdan ikki masala oraga solgach, bu qalandar ilmi holdan xabardor ekan» deb unga tavozi` qiladilar. Bu holat, ya`ni qalandariylikning ilmi hol (tasavvuf bilan) munosabatini ko`rsatuvchi muhim nuqtalaridan biri. Demak, O`rta Osiyoda Fitrat keltirgan ma`lumotlarga ko`ra, qalandariylik Onado`lidagiga nisbatan ham qadimiyroq bo`lib chiqadi. Shunday ekan, uning vujudga kelish tarixini yassaviyya tariqatidan so`ng, taxminan X11-X111 asrlar deb belgilash mumkin. Yuqorida tilga olingan manba «Haft quluzum»da qalandariylik sifatlaridan so`z ochilgan: «qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan ozod bo`lgan, har turli diniy amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat va odatlarning hammasini buzg`uvchi kishining ismidir».
Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarida esa, «Qalandarlar diniy ibodatlarning farz bo`lgan qismlarinigina ado qiladilar» degan izoh bilan uning ma`lomatiylikdan farqli tomonlari ko`rsatilgan: «Malomatiylar diniy ibodatlarni ijro qiladilar, biroq ijro qilganlarini xalqdan yashiradilar. Qalandarlar esa, to`g`ridan-to`g`ri diniy ibodatlarni va odatlarni buzadilar. Jomiyning bu ma`lumotida qalandarlik sifatining ayrim jihatlari ko`rsatilgan bo`lsa-da 2 , ular «Shoh Mashrab» manqabasidagi qalandar Rahimboboning ayrim xususiyatlarini sharhlashda yordam berishi mumkin. «Bahori ajam» asarida qalandarlik yo`lining ayrim odoblari bayon qilingach, mashhur tasavvuf shoiri Urfiy Sheroziyning ushbu bayti keltirilgan:
Sanamorai qalandar sardor ba man namon, Ki basi daroz didam rahu rasmi porson
1 Ôóîä Êûïðóëó. Òóðê Åäåáèéàòèíäà èëê ìóòàñàââèôëàð. Àí=àðà. 1991, 7- áîñ=è÷, 72-áåò, (òóðê òèëèäà). 2 Íóðèääèí Àáäóðàùìîí Æîìèé. Íàôàõîò óë - óíñ ìèí õàçàðîò êóäñ. Òåõðîí, 1370 (õ),ñàõ. 11 (ôîðñ òèëèäà) 15
(Tarjimasi: Taqvo yo`li juda ham uzoq ekan, menga qalandarlik yo`lini ko`rsating) Mana bu bayt yuqoridagi ma`lumotlar bilan birgalikda qalandarlar zuhdu taqvo yo`lidan boshqacharoq yo`l tanlaganini ko`rsatadi. Bu boshqa yo`lning asosiy yo`nalishlarini esa, Fitrat Hoji Abdurahim Buxoriyning 1672 yilda yozilgan «Risolayi odobi tariq» kitobi vositasida tushuntirgan. Bu kitobda qalandarlik ismigagina emas, uning har bir ashyosiga, narsasiga ham tasavvufiy ma`no yuklatilib, ularning quyidagicha sharhi berilgan: «qalandar kulohi to`rt turli bo`lgan: kulohi amr, kulohi raviyat, kulohi subhoniy, kulohi ato. Bu to`rt turli kulohdan har birining to`rt burchagi bo`ladir. Kulohning burchagiga forsi(y)cha «tark» derlar. Qalandarlar so`z o`yini qilib, bu forsi(y)cha «tark»ni arabcha «tashlamoq, qoldirmoq, qo`ymoq» ma`nolaridagi «tark» so`ziga aylantiradilar va kulohlarning «tark» (burchak) laridan har biriga arabcha «tark» so`zidan foydalanib, bir turli tasavvufiy ma`nolar beradirlar». Shu kabi kulohiy amrning to`rt tarkibi: tarki muharamot (haromni tark etish), tarki donish, tarki sufoti bashariy (ayrim insoniy sifatlarning tarki), tarki ashyovu satoti mulki (butun narsalar va mulkni tark qilmoq). Shuningdek, kulohi raviyatning to`rt tarki: tarki xalq, tarki tamoq, tarki dolq, tarki xirqa. Kulohi subhoniyning tarklari esa: baxillik, minnat, ikkiyuzlamachilik va takabburlikni tark etishdan iborat. Kulohi atoning tarklari: tarki dunyo, tarki nafs, tarki jannat va tarki vujudga ishoradan iboratdir. Bulardan tashqari risola muallifi qalandarlarning kamarlari etti band bo`lib, har biri tasavvufdagi bir martaga ishorat ekanini, ularning kiyim liboslari dolq atalib, ular o`z navbatida uch turli: xirqa, kafani va jandadan iborat bo`lganini qayd etadi. Bular bilan birgalikda qalandarlarning kachkul, kadu, matbah va asolari haqida ham turli tasavvufiy ishoratlarni ma`lum qilgan. «Yana qalandarlarga maxsus shartlardan biri soch kuydirish. Ayniqsa, birinchi davrlarda soch kuyishni juda lozim deb biladilar. O`z oralarida so`ylashga maxsus sun`iy bir tillari ham bor. Unga «abdal tili» deylar». Mana shu kabi katta-kichik tafsilotlarni «risolayi odobi toriqdan keltirgandan so`ng Fitrat bularni umumlashtirib, shu kabi bizga muhim ma`lumotni etkazgan: qalandarlik musulmon tasavvufining sho``basidir. Bu maslak bizning o`lkamizda so`ng kunlargacha davom qildi. O`zbekiston shaharlaridan har birining tashqarisida «qalandarxona» ismli go`zal bog`cha holiga keltirilgan bir joy bor edi. Qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahalliy, qisman musofir, ersiz, xususiy mulklari bo`lmagan kishilardan iborat bo`lib, asosiy kasblari tilanchilik edi. Haftada ikki daf`a tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni aylanar edilar. O`zlariga maxsus qalandariy kuylari bor edi. Oralarda eng yaxshi tovushlisi shu kuylarda Yassaviy, Mashrab kabi shoirlarning she`rlarini o`qur va boshqalari uning naqoratini qaytarib turar edilar. Oralarida bir boshliqlari bo`lub, munga «bobo» derlar. Tilanchilik chog`ida to`plangan pulni shu bobolari terar va shundan ularni ta`min qilib turar edi». Bu kabi hayotiy kuzatishlarni yuqoridagi risolada bayon qilingan mulohazalar bilan bog`lash natijasida Mashrabning qator she`rlarini mana shu qalandariylik tariqatidan kelib chiqib sharhlagan. Mashrabxonlik xususidagi xabarlar o`z-o`zidan qalandarlik bilan bog`langanini ayni shu o`rinda qayd etmoq kerak. «Xalq bir choyxonada yo birining mehmonxonasida yig`ilishar, eng yaxshi va baland tovushli bir hofiz (mashrabxon) Mashrabning g`azallarini «Savt», «talqin», «Munojot» kabi kuylarda o`qur edi.
16
Uning atrofida o`tirgan kishilar qimirlamay, nafas chiqarmay, buyuk bir diniy hayajon bilan tinglar edilar... Mundaqa mashrabxonlik majlislari erkaklar orasida bo`lgani kabi xotunlar orasida ham bor edi. Xitoy Turkistonida klassik musiqamizning mashhur «Shashmaqom»dan boshqa «Mashrab» ismli etti kuydan iborat yana bir maqom paydo bo`lganini musiqamizning tekshiruvchi G`ulom Zafariy xabar beradi. Bu esa Xitoy Turkistonidagi haligi mashrabxonlik majlislarining judayam teranlashganini bizga ochiq bildirarlik dalildir». Demak, xalq buyuk bir diniy hayajon bilan tinglagan, o`z uylarida, mehmonxona va choyxonalarda uyushtirilgan mashrabxonlik anjumanlarining boisi Mashrab she`rlarining xalqchil, tasavvufiy va san`atkorlik nuqtaiy nazaridan yuksakligidan kelib chiqqan holatdir. Uyg`urlar orasida «Mashrab» ismli «ikkinchi shashmaqom»ning yaratilishi bevosita Mashrab she`riyatining klassik musiqamiz va madaniyatimizning boshqa jabhalariga ta`siri masalasi bilan bog`liq.
«Mashrabning dilbar va maftunkor she`riyatini o`rganar ekanmiz, Mashrab ayrim «olim»lar ko`rsatganiday, «nasha chekib, ko`k nor ichish bilan mashg`ul bo`lgan, jinnimijoz kishi» emas, balki, o`tkur tasavvuf shoiri bo`lganini anglatuvchi shunday misralar bor:
Ming ma`nini bir nuqta ila muxtasar etdim, Ko`toh nazari bo`lmasa deb xasta bu Mashrab. Mashrabning bunday poetik xulosaga kelishida Xojam podshoh (Ofoq xo`ja) bilan kechgan bir suhbatni «Shoh Mashrab» manqabasi muallifi asos sifatida keltirgan. Mashrab Ofoq xoja bilan uchrashuvdan mutassir bo`lib:
Ilohi mag`firat daryosidan Mashrabni shodob et, Hamisha «Shay`anilloh» deb qalandarvor yig`larman,- maqta`si bilan tugallanadigan va
Kecha kunduz bu Mashrabni xayoli ostonbusi, Visoling davlatini topmoqg`a itlarni salohimdur,- maqta`si bilan yakunlangan hamda
Kel ey Mashrabi umid etgil Xudoying loyazol etmish, Muhammad Mustafo haqqi mani vaslingga etkurgil, bayti bilan tajassum etilgan g`azallarini o`qigandan so`ng (manqabada ular munojot deb berilgan) Ofoq Xo`ja aytgani ekanki, «Ey Mashrab, sani iching torlik qildi, ma`nini oshkor qilding» deb og`izlariga tuflagan ekanlar. Shundan Mashrab she`riyatida yangi bir tasavvufiy chuqurlik, ya`ni zohiriy ma`nini ochmoq emas, balki ma`nining botiniy dunyosiga rag`bat kuchaygan. Natijada «ming ma`nini bir nuqta ila muxtasar etgan» san`atkorlik yo`lida izlanishlar kechganini uning she`rlarining ichki poetikasidan anglash mumkin. Fitrat Mashrab she`riyatining tasavvufiy botiniy jihatlarini va she`rda zuhur bo`lgan poetik xususiyatlarini o`rganar ekan, uning she`riyatidagi eng e`tiborli jihatlarni kuzatgan: «Mashrab o`zidan burung`i va muosir bo`lgan bir ko`b mutasavvif shoirlarimiz kabi hayajonsiz shoirlardan emas. Uning she`rlarida har vaqt bir kuchli hayajonni ko`rish mumkin. U ko`brak Jaloliddin Rumiydagi so`fiyona hayajonni o`z she`rlarida aks ettirishga tirishardir» izohi bilan eng ehtirosli so`fiyona baytlarini ajralib turadi: Gulshani bog`i dahr aro bulbuli nag`magar o`zim, 17
Bir buti xush hirom uchun oshiqi darbadar o`zim, yoki
Naqsh davlat muhrini nafsimga bosdi chun ajal, Shams Tabriziy manam, gohi Jaloliddin manam,- talqinlaridagi «Jaloliddin Rumiy kabi shoirlardagi so`fiyona hayajonni o`z she`rlarida» anglatish bilan cheklanmay, nafaqat fors tilli she`riyatning, balki o`z ona tilidagi turk she`riyatining o`ziga qadar o`tgan daho san`atkorlaridan ham oziqlanganini uning mustazodlari orqali ko`rish mumkin:
Sen qilma taajjub, G`oyibdin ani ko`ngluga ilhomi xudodur, Bo`lgil anga munqod. Mashrab tasavvufiy talqinida ko`zga tashlanib turadigan jihatlardan biri yig`idir. Bu faqatgina ayriliq yoki dunyoning boshqa bir ko`rnamakliklari tufayli yuzaga chiqqan zohiriy ruhiy holat emas, balki shoir o`z qalandarlik tariqati va ehtimol, shaxsiy hayotida zuhur bo`lgan ishqi ilohiyning surati sifatida o`zini yig`lashga haqli ko`rsatadi: Matlabim bor - noravo, men yig`lamay kim yig`lasin, Dard beribdir bedavo men yig`lamay kim yig`lasin. Bunday «yig`i»ga giriftor bo`lgan birgina shoir emas, uning nazarida «bazmning sham`i parvonasi», «may shishalari» hamma-hammasi yig`laydi. O`z bolasini yo`qotgan ota Ya`qub zor bo`libgina yig`lamaydi, balki bolaning ham otasi uchun, uning shu ahvolga tushishiga sababkor bo`lgan osiy otaning gunohi uchun Yusuf yig`lashini, bu holga Ibn Kan`on va boshqalar ham yig`lashi lozim foje` deb qaraydi: Sog`inib Yusufni yolg`iz yig`lamas Ya`qub zor, To musofir bo`ldi Yusuf Ibn Kan`on yig`ladi. «Yig`i» ramzi bilan bog`liq Mashrabda o`ndan ortiq g`azal va muxammaslar uchraydi. Albatta, ularning hammasaini ham Allohning ishqi deb, ko`kragini chok qilgan qalandar yig`isi deb qabul qilib bo`lmaydi. Ayniqsa, bevosita shoirning shaxsiy hayoti, fojeasi bilan bog`liq manzaralarda uning oddiy kishilar singari samimiy ko`z yoshi to`kib yig`lashga majbur qilgan holatdir. Shuningdek, Mashrab onasining o`limi ham juda qattiq ta`sir ko`rsatgan: «Ey safo baxsh-bahoru bo`stonim qaydasan... Volidam, Makkam Madinam, mehribonim qaydasan». Mashrabning forsiy she`rlariga Rumiyning ta`siri borligini ham kuzatib mukin. Yana manqaba tarkibida Turdi, Ranjiy, Ahmad Qori, Mahfash, Ziyrak, Mansur kabi bizga aniq ma`luum bo`lmagan shoirlarning she`rlari ham bo`lishi mumkin. Mashrabga nisbat berilgan asarlar «Mabdai nur», «Kimiyo» asarlarini ham matn jihatidan va tasavvufiy talqinda o`rganib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin. «Kimiyo» asari «Mabdai nur» bilan bir muqova ostida e`lon qilingani uchungina uni Mashrabga nisbat berishgani va bu asar Imom G`azzoliy asari ekani bugungi kunda ma`lum bo`lgan haqiqatdir. Faqatgina 18
«Mabdai nur» asarining matnini o`rganib shunday xulosaga kelish mumkinki, bu Jaloliddin Rumiyning mashhur «Masnaviyi ma`naviyya» asariga she`riy sharh sifatida yaratilgan asar bo`lib, uning har bandida Mashrab va «Mabdai nur» so`zlari uchraydi. Uslub jihatidan bu asar Mashrabning Rumiyga o`xshatma tarzida yozgan forsiy asarlaridagi uslubga yaqin. Shuningdek, «Mabdai nur» Mashrabniki ekanini tasdiqlovchi bir qator manbalar ham hozirgi kunda ma`lum bo`ldi. Bulardan biri, Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron» va Majzub Namangoniyning «Tazkirat ul-avliyo» tazkiralaridir. Bu har ikki manba ham, ayniqsa, Mashrabning shogirdlaridan biri Ishoq Bog`istoniyning dalolat berishicha, unga Pirmat Setoriy ikki asar bergan. Ulardan biri bizga ma`lum «Qissayi Mashrab» asari bo`lsa, ikkinchisi «Mabdayi nur» asaridir. Shu bilan birga Fitrat yuqorida ko`rsatilgan maqolada bu asarning Mashrabga tegishli ekanligini ham isbotlab ko`rsatgan. Shuning uchun ham bu tasavvufiy asar Mashrabniki ekanini inkor qiluvchi keskin bir isbotga uchramaganimiz uchun Mashrab asari ekanini qabul qilishga majburmiz. O`z vaqtida aytilgan G`afur G`ulomning «Ikki Mashrab» haqidagi qarashlari hozirgi kunda Milliy Istiqlol sharoitida o`z ta`sirini yo`qotgan. Demak, yuqoridagi asoslar bo`yicha bu asarni ham Mashrab qalamiga mansub deb aytishga mone`lik yo`q.
Tayanch so`z va tushunchalar Tasavvuf tariqatlari, Qalandariylik, Abdollik, Qalandariylik she`riyati, Mualliflik muammosi Savol va topshiriqlar: 1. Markaziy Osiyoda qaysi tasavvufi tariqatlari mavjud bo`lgan? 2. Qalandariylik ta`limoti haqida qaysi manbalarda qanday ma`lumotlar berilgan?
Mashrabning qalandariylik tariqati aks etgan qaysi asarlarini bilasiz? 4. Qalandariylik she`riyatidagi timsollar haqida ma`lumot bering. Har bir timsolga Mashrab ijodidan misollar keltiring.
«Mabdayi nur» asarining muallifi masalasida fikringiz qanday? Ushbu mavzuda yaratilgan qaysi ilmiy
manbalarni bilasiz? Ularga munosabatingiz? 6. «Kimiyo» asari haqida adabiyotshunoslikdagi so`nggi xulosalar nimalardan iborat.
Xo`janazar Huvaydo ijodi Reja:
1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar. 2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida.
3. «Devoni Huvaydo». 4. «Rohati dil» dostonini falsafiy-tasavvufiy doston.
19
XUSh asrning 40-yillariga kelib ashtarxoniylarning so`nggi vakili Abulfayzxon zamonida Farg`ona ham ayrila boshladi. Ayniqsa, Buxoro hukumatiga uzoq vaqt muxolif bo`lgan ming urug`i vakillari Abulfayzxondan keyin kuchaya boshladilar. Nihoyat, «Oltin beshikxon» orqali boburiylar sulolasiga bog`lanuvchi Farg`ona davlati vujudga kelib, uning dastlabki hukumdorlaridan biri Shohruhxon 1710-16 yillarda podshohlik qilgan. Shohruh 40 yoshida vafot qilganidan so`ng uning o`rniga o`g`li Abdurahimbiy o`tirdi. U sohibqiron unvoniga erishgan podshohlardan, uning davrida Samarqand va Kattaqo`rg`on qo`lga kiritildi, biroq 1733 yilda u o`z ukasi Abdulkarimbiy tomonidan o`ldirildi va u o`n yilcha hukumdorlik qildi. Abdurahimbiy 54 yoshida vafot etgach, o`rniga Abdurahmon tahtga o`tiradi va u Erdonabiy tomonidan o`ldirilgandan so`ng Erdonabiy hukumronligi 14 yil davom etadi. 42 yoshida vafot etgan Erdonabiy o`rniga Norbo`tabiy hukumronlik qildi, 1798-99 yilgacha uni hukumdorligi davom etadi. Bu davrda Andijon, Namangan, O`sh va boshqa hududlar Qo`qon honligi tasarrufiga o`tgan. Keyingi asrlarda Olimxon (1799-1811), Umarxon (1811-1822) Qo`qon xoni sifatida shuhrat qozonganlar. XUSh asrda mustaqillikka erishgan Farg`onada bir muncha madaniy hayot jonlana boshlagan. Adabiy muht kuchlanish davriga kirgan. Nafaqat xonlar saroyida, balki xalq orasida yashagan shoirlar ham talaygina. Bu haqda Fitrat: «Bu davrda Farg`ona saroy adabiyotlarining xalq adabiyotiga ayricha diqqat qilg`anlari ham ko`riladir» 1 Shu kabi fikrlarni akad. A.Qayumovning «Qo`qon adabiy muxiti» kitobida o`qiymiz. «XUSh asrda Qo`qonda xon saroyiga mutlaqo aloqasi bo`lmagan, butun qayotini xolq ichida o`tkazgan shoirlar ham bor edi. Ularning asarlarida xalq hayotining ayrim lavhalari o`z aksini topadi» 12
Shuningdek bu kitobda Farg`ona xududida yashagan shoirlardan Nizomiddin Xo`qandiy (vafoti 1710) va Akmal (vafoti 1810) taxallusli ijodkorlar haqida ma`lumot berilgan. Shu davr shoirlaridan Mirzo Ma`sum Kosoniy Shohruhbek vafotiga ta`rix yozadi: Agar xohe xusuli soli favti Shohruh sulton Shovad ravshan zi naqdi Shohruhbek bekamu nuqson. («Shohruhbek» so`zidan 1126, ya`ni 1716 sanasi chiqadi). Tarjimasi: Agar Shohruh sultonning vafot etgan yilini topmoqchi bo`lsang, u (bekamu) nuqson Shohruhbekdan aniq bo`ladi. Ushbu shoir Qo`qon xoni Abdulkarimbek vafotiga bag`ishlab, «Xayf az shahonshohi Abdulkarim»deb tarix ham yozgan edi. Shuningdek, XUSh asrda yashagan Mirzo Sho`xiy, Nusrat kabi shoirlar saroy bilan yaqin aloqada bo`lganlari tarixiy manbalardan ma`lum.
1 Ôèòðàò. ÕÓ1 àñðäàí ñûíãðà ûçáåê àäàáè¸òèãà óìóìèé áèð =àðàø. Àëàíãà. 1929.8-9.Á.8.
2 À. +àþìîâ. +û=îí àäàáèé ìóõèòè. - Ò: Ôàí, 1961. Á 49. 20
Huvaydo ijodi haqidagi ma`lumotlar bizgacha «Devoni Huvaydo» asarining qo`lyozmasi, «Bayozi Haziniy»da Huvaydo g`azallariga bog`langan taxmislar, «Tuhfatu-l-Obidin va unsu-l-oshiqin»bayozi orqali etib kelgan Huvaydo nafaqat Farg`onada, balki Buxoro va Xorazm adabiy muhitida ham mashhur bo`lib, Mujrim Obid (Buxoro), Ogahiy (Xorazm) kabi shoirlar uning ijodiga murojaat etib, asarlariga tatabbu va taxlis bitishgani ma`lum. Huvaydo ijodi uning avlodlari Hoji Saloxiddin va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg`iloniylar tayyorlagan devonda to`la aks etgan bo`lsada, shoir asarlaridan namunalar 1961 yilda nashr qilindi 3
4
Xo`janazar G`oyibnazar o`g`li Huvaydo O`shda tug`ilgan bo`lib, uning vafoti Noseh va Mirxasan Sadoyi kabi shoirlarning tarixlarida 1195(1780) deb ko`rsatilgan. Huvaydoning otasi G`oyibnazar so`fi Qashgarda mashhur Ofiq Xo`ja eshonga muridlik qilgan, so`ngra Chimyonda xonadon qurdirib shayxlik qilgan. Huvaydo avlodlaridan Mavloviy Sirojiy, Samarbonu, Saloxiddin Soqib sohibi devon shoirlar bo`lgan. Huvaydoning she`riy asarlari «Devoni Huvaydo»da jamlangan bo`lib, uning ko`plab qo`lyozma va toshbosma nusxalari mavjud. Devonda 351 g`azal, 28 ruboiy, 41 to`rtlik (qit`a), 3 muxammas, 3 masnaviy va bittadan musaddas, musammon va mustahzod kirgan. «Roxati dil»nomli diniy-tasavvufiy manzum dostoni ham «Devon»dan o`rin olgan. Huvaydo she`riyatining aksar qismi Ishqi ilohiy tavsifiga bag`ishlangan bo`lib, tabiiki, ularda Qur`oni karim hikmatlari, diniy mifologik qahramonlar talaygina. Xuvaydoning ayni ruxdagi asarlari keyinroq Haziniy, Nizomiy- Ho`qondiy, Muxlis, Shovqiy Namangoniy asarlariga ko`chgan, bu shoirlar Huvaydo g`azallariga muxammaslar bitganlar. Shuningdek, Huvaydo she`rlarida o`z davrdan qolish, shikoyat motivlari ham o`rin olgan: Kimga borib aytayin zolim folkidin dodni, Uqmagay ahli zamona nolayu faryodni. Yoki:
Huvaydo aytadur zolim falakning ilnidin ming dod, Menga qolganda ul zolimni charxi najravon bo`ldi. Huvaydo g`azallarida hikmatli iboralar, nazn kuzatishlar, go`zal san`at yaratgan misralar anchagina: G`uncha ko`p og`zin ochkach bog`da qo`ymay uzdilar, Og`zini ochmasligida bildi bog`bon qadrini. Huvaydoning engil, ohangdor va o`ynoqi misralari tabiiy ravishda boshqa shoirlar ijodiga ham singan. Masalan, Arzimni aydim bodi saboga, etkursa holim ul dilraboga. Qilsa xudoyim ko`nglin muloyim, Raxm aylagaymu man mubtaloga.
3 Ùóâàéäî. Òàíëàíãàí øåúðëàð. -Ò: 1961. 4 Õûæàíàçàð Ùóâàéäî. Ðîùàòè äèë. -Ò: À.+îäèðèé íîìèäàãè õàë= ìåðîñè íàøðè¸òè 1994
21
Baytlari Muqimiy va Hamza g`azallariga ham ko`chgan. Huvaydoning: Kabobi dudi bag`rimdin Xubon saxrosiga tushsa, Ushaldi qadri mushkim deb kiyin bag`rida qon kuygay baytlari ta`sirida Hamid Olimjonning «Kuygay» radifli g`azali yaratilgan. Shoirning Shiddati ohim o`tidin gunbazi ahzoring kuyar, Shamsu Kamer bila yana jumlai axtoring kuyar. Chiqsa tanimni uchquni, tushsa jaxonni mulkina, Vaxshu tuyuru devu jin, mo``minu kofiring kuyar. Kabi shiddati baytlari uning yurak alangasidan otilgan ishq o`tining parchalaridir. Huvaydo lirikasi an`anaviy sharq she`riyatining vazn va janr talablari asosida yaratilsa-da, bu she`riyat shoir iste`dodi tufayli yaratilgan go`zal g`azal va ruboiylar evaziga boyidi, timsollar olami kengaydi, ruhiy axvoli chuqurlashdi. «Rohati dil» dostonini falsafiy-tasavvufiy ruhdagi asar bo`lishi bilan birga unda shoir tarjimayi holiga dahldor o`rinlar ham bor. Kitobning yozilish sabablari ham doston muqaddimasidan anglashiladi Kitobimning otidur «Rohati dil», Erur har bir so`zi tanbehi gofil.. Du`odin o`zga sizlarga so`zum yo`q Bu dunyoda so`zum qolgay o`zum yo`q. Kaminaning oti Xo`janazardur, Otasining oti Goyibnazardur. Nasabda Ravshaniy, mavludiy Chimyon, Garibi xokisori dil parishon. Ko`ngil shaxri yagona azm qildim, Kitobim asar edi, man nazm qildim. Bu Chimyon shahrining liyru javoni, Tamomiysi erurlar turkiyxoni. Alar garchi so`zega behunerroq Dedim bo`lsa kitobim turkiy behroq. «Roxati dil» dostonining asosiy g`oyasi komil inson shaxsini kamol topishda e`tiqod sofligi, iymon mustaxkamligini shakllantirishdur. Insonda iymon-e`tiqod etakchi o`rin olishida shoir islom dining asosiy rukunlariga amal qilishlik lozim deb biladi. An`anaviy dostonlar kabi asar «Hallo-ul jaxonga hamd», «Na`ti Rasulilloh (SAV)», bilan boshlanib, so`ngra «Hikoyati tobuti Jabroyil alayxissalom»keladi. Hikoyatda aytilishicha, Jabroyil alayxissalom Muhammad Mustavoga bir tobut keltirib, bu o`lim belgisi ekanini aytadi. Shunda Payg`ambar o`lim xaqligiga iymon keltirish bilan birga men bu dunyodagi barcha g`arib- qurobolar bilan birgaman. Ularni razolatga tashlab, o`zim arshi-a`loga keta olmayman, men ularga shafoat etishim, bu imtihon-dunyodin o`tishda xaq yo`lga yo`llashim kerak» mazmunida javob beradi: Dedi: - Yo Jibriyil, siz menga sirdosh Bu tobutni olib borgil, ayo yor, Xudoyim va`da qildi manga bisyor... G`arib ko`ngli sinuq bechoralarni...
22
Bu isyon dashtida ovoralarni... Nechun tashlab man alarni man ketayin. Alar birla bo`layin munda, ey yor, Yana o`zga umidim, maqsudim bor. Ushba hikoyat bayonidan so`ng , Abubakr Siddiq, Umar Foriq, Usmon Nuran, Hazrat Ali va uning o`g`illari Imom Hasan, Imom Husayn haqida qisqa bayonnomalar keltirib, ular hayotining barcha mo``minlarga ibratli bo`lganini eslatadi. So`ngra yuqorida zikr qilingan «Dar bayoni kitob» bobidan so`ng Qiyomat kuni barcha o`z gunohlari uchun mas`ul mazmunida ikki bob bayon qilinadi, so`ngra safarda uch qardosh «nafsi shaytoniy»ga bo`lib xalok bo`lganlari haqida maxsus hikoya aytiladi.
Doston shu kabi diniy rivoyat va hikoyatlar majmuasidangina iborat emas, balki unda soflik, halollik va insoniylikni tarannum etgan qismlar talaygina. Dostonning ta`limiy ahamiyati shundaki, u poklikka rahna soluvchi, insonni to`g`ri yo`ldan ozdiruvchi barcha harom-zararli jihatlarni birma-bir sanaydi. Bunda «chog`ir ichmakning zarari», g`iybatchi, yolg`onchi, zinogar kimsalarning qilmishi qattiq qoralanadi. Dostondagi ayni boblarda ezgu sifatlar qabih holatlarga qarshi qo`yilib «Hikoyati mardi foniy», «Hikoyati ilmi tolib» kabi boblar keltirilgan. Doston tarkibida ancha mufassal bayon qilingan hikoyatlardan biri «Qissayi Ibrohim binni Adham»dir. Huvaydo bayonida bu qissa an`anaviy «Qissayi Ibrohim Adham»dan biroz farq qiladi. Asosiy syujet Ibrohim binni Adham voqealarini hikoya qilsa-da, Huvaydo Adham ismli cho`pon, uning qabrda tirilgan shoh qizini ozod qilib, unga uylanishi, keyin esa Adhamning sulton bo`lishi, nihoyat, mashhur voqea - tevachining o`z tuyasini shohga qarashli tomlardan izlashi va u shohlikni tashlab ketishi voqealari bayon qilinadi. Adhamning o`g`li Ibrohim otasining daragini izlab ketishi, uni Makkada topib, o`shal on vafot etgani va Adham umrini g`ariblikda kechirgani bayon qilingan. Shoir Adham qismati asarda shunday xulosalanadi: Muhammad ummatisiz bandayi xos, Manim so`zimga emdi aylang ixlos.
Manim yig`lag`anim o`g`limga ermas, Kishi g`am chekmaguncha g`amni bilmas.
G`ariblik uchun ko`nglim to`ladir, Aning holiga rahmim ko`p keladir.
Dedi har kim g`aribliq birla bo`lsa, G`ariblarga kishi ko`z yoshi qilsa,
Payg`ambarning g`aribligin qilib yod, Xudo qilg`ay ani do`zahdin ozod...
Umid uzdimki shohlikdin ilohim, Zanu farzand etim qildim ilohim. 23
Agar ming pora qilsalar bu yo`lda, Qachon sandin ko`nglum uzgum ilohim.
Qobis tog`ing borib ul zamonda, Necha yillar ibodat qildi onda.
Ki bir kun bordi shohi oliyhimmat, Bu doriy bebinodin qildi rihlat.
Dostondagi boshqa hikoyatlardan farqli ravishda ushbu qissa ichida Huvaydo nomidan olti g`azal keltirilgan. Ularning dastlabki to`rttasi qahramon holini bayon qiluvchi, yoki uni boshqalarga aytgan so`zlarini ifoda qiluvchi baytlardir. So`nggi ikki g`azal ham shoirning qissadan chiqarilgan hissasi bo`lgani uchun g`azal maqta`ida shoir tahallusi keltirilgan: G`ofil ersang qil ibodat berma dunyoga ko`ngil, Berdi dunyoga ko`ngilni ahlikim ko`tohlar.
Dunyo hasratxona erur, ey Huvaydo dunyodin, Hasrat ila o`tdilar ming - minglabo xamroxlar. «Roxati dil» dostoni «Munojot ba jonibi qoziyu-l-xojat» (birga xojatlarning qozisi Alloxga iltijo) bilan yakunlangan: Xoliqo, jabr ayladim o`z jonima, Qvymadim toat ta`omin xonima...
Na balo kelsa o`zingdan roziman, Munda g`amgin ondja beg`am aylagil.
Bu Huvaydoyi g`aribning xolini, Qilmag`il san nafsi bodga mubtalo. «Roxati dil» asarining asosiy yo`nalishi islom dinining tarixiga murojaat etish orqali o`quvchining ma`naviyatini boyitishga qaratilgan. Dostonda garchi insonning falsafiy dunyoqarashi, yaratuvchiga bo`lgan muhabbat kuylangan bo`lsa-da, sho`rolar davrida nashr qilinmay keldi. Xo`janazar Huvaydoning nafaqat bu dostoniga, balki uning ijodini tadqiq qilishga rag`bat ham asosan Istiqlol davrida amalga oshirildi. Zero, dostonning nashrlaridan biri prof. Saidbek Xaan yozadi: «Huvaydo har bir hikoyatning mazmuni va bosh qahramoni qiyofasini badiiy ifodada ochib berishgan ekan, o`ziga xos uslub, yuksak badiiylik, tilning ravonligi, she`rning o`ynoqligini rang - barang bo`yoqlar orqali ochib beradi. Dostondagi har bir misra o`quvchini to`lqinlantiradi. Undagi chuqur mazmunni idrok etishga chorlaydi» 1
1 Ñàèäáåê Ùàñàí. Õàññîñ øîèð âà äîñòîííàâèñ Õûæàíàçàð Õóâàéäî «Ðîõàòè äèë». -Ò. Àáäóëëà +îäèðèé íîìèäàãè õàë= ìåðîñè íàøðè¸òè, 1994. - Á-5.
24
Xo`janazar Xuvaydo o`zining betakror ijod yo`li bilan inson ma`naviyatini boyitishga, qalbning rangini olamlari tasviri orqali badiyatga o`quvchini hurmat ruxida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling