Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Termin va so‘z, nom, kasb-hunar so‘zlari o‘rtasidagi o‘zaro
Download 342.69 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kogotkova T.S. K voprosu o proizvodstvenno-professionalnoy leksike govora i sootnoshenie ee s
- D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi
- Tashkent, 1955. – 16 s; Ibragimov S. Professionalnaya leksika uzbekskogo yazыka (na materialax
- Sohaviy leksikaning sistem tahlili (Samarqand viloyati kasb-hunarlari materiallari asosida): Filol. fanlari doktori … dis. – Toshkent, 2004. – 262 b.
Termin va so‘z, nom, kasb-hunar so‘zlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
1. Termin, so`z va nom. 2. Kasb-hunar so`zlari va leksemalar o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik. 3. Terminlarning nominativ vazifa bajarishi. 4. Terminlashish va determinlashish.
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968. 4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985. 5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T., 2002. 6. Dadaboyev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv. – T.: 1994. 7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya – M., 1977. 8. Doniyorov R.O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -T.:1977. 9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
Ma’lumki, fan-texnika, qishloq
xo‘jaligi, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar eng qadimgi davrlarda o‘sha sohalarning boshlang‘ich davrlarida qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar kabi ma’lum predmetlarga atab qo‘yilgan va o‘sha predmetlarni bildiradigan bir ma’noli so‘z va terminlardir. 18
Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar: 1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega; 2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi; 3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir; 4) termin stilistik jihatdan neytraldir; 5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo. Keltirilgan fikrlarda olimlar terminlarning xarakteri xususiyatlarini aniq va to‘la qayd qilganlar. Bu belgilardan termin uchun nihoyatda xarakterli belgilar terminlarning uslubiy neytralligi, terminologik leksika alohida tizim (sistema) ekanligi (uning bunday sistema ekanligi o‘zi qo‘llanilayotgan sohadagina sistema elementi sifatida ko‘zga tashlanishida ko‘rinadi), termin funktsiya bajarishi kabilardir. Terminlar shu belgilari bilan oddiy so‘zlardan farqlanishi mumkin. Terminlarning maxsus termin ekanligi o‘zi qo‘llanayotgan sohada yaqqol ko‘zga tashlanadi. U bu tizimdan boshqa tizimga o‘tsa oddiy so‘zga aylanadi. Shu sababli ham M.Mukarramov “bo‘g‘in” so‘zi tilshunoslikda, ya’ni fonetikada termin, “yosh bo‘g‘in”, “qo‘l bo‘g‘inlari” birikmalarida inson tanasining a’zolari sifatida ekanligini ta’kidlaydi. V.G.Gak yuqorida ko‘rsatilgan maqolasida termin bilan so‘zning farqli munosabatini ifoda planiga ko‘ra uch tipga bo‘lib o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi: 1) bir planli leksik birlik – oddiy so‘z; 2) bir planli leksik birlik – termin; 3) ikki planli leksik birlik – bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda termindir. 19
V.G.Gakning fikricha, birinchi tip leksik birliklar doimo o‘zining oddiy so‘zligini saqlaydi. Ular ilmiy adabiyotlar tilida ham termin sifatida qo‘llanmaydi. Bu so‘zlarga atoqli otlar, olmosh va yordamchi so‘zlar kiradi. Ikkinchi tip birliklar haqiqiy terminlardir. Ular kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham o‘zlarining terminologik xususiyatini saqlay oladi. Ular oddiy so‘z bilan yonma-yon qo‘yilganda ham o‘zlarining oddiy so‘zdan uzoqlashganligini, begonalashganligini namoyon qilib turadi. Bunday so‘zlar tangens, sinus, affiks, prefiks, oqsil, oltingugurt, umurtqasizlar tipidagi so‘zlardir. Uchinchi tipda so‘zlar bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda termin ma’nosida qo‘llanishi mumkin. Bunday terminlar ko‘pincha o‘z til imkoniyatlari zaminida hosil qilinadi: Masalan: so‘z, gap, kuch, bo‘g‘in, maydon, uchburchak, ildiz, to‘qima kabi.
Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi» 1 . Texnik malakaning endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning mutaxassislari kundalik faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. Chunki hayotda fan va texnika taraqqiyoti qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lsa, uni egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun terminlar ham shunchalik muhim ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida gapirib: “...texnikada quyidagi
20
tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari” 1 , A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar so‘zlarining bir-biridan farqli ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “...termin – bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, kasb-hunar so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir” 2 .
T.S. Kogotkova bu fikrga yana ham oydinlik kiritib “Mahalliy ishlab chiqarishning biror sohasi dialektal so‘zlari jamini ishlab chiqarish – kasbkorlikka oid leksika deb ataymiz” 3 deb ta’kidlaydi. Ko‘rinadiki, olimlar termin bilan kasb-hunarga oid so‘zlar o‘rtasida ma’lum farqlar borligini, termin esa muayyan fan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, texnikada va boshqa sohalarda rasmiy qo‘llanila oladigan, qonunlashtirilgan so‘zlarni terminlar hisoblab, kasb-kor, hunarga, ma’lum bir doiraga (dehqonchilik poliz mahsulotlari va shuningdek, taom nomlarini ham) oid so‘zlarni terminlar jumlasiga kiritmaydilar. Fan-texnikaning tez sur`atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidan- yangi mashinalar, apparatlar, asbob-anjomlar va texnologik jarayonlarning paydo bo‘lishi bilan ularni ifodalovchi yangi terminlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha terminologiyasi to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. Ana shunday sohalardan biri bugungi kitobatchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi poligrafiya- nashriyotchilik sohasidir. Mazkur soha taraqqiyotiga e`tibor bersak, bu sohaga
21
texnik vositalarning kirib kelishi, asosan, yigirmanchi asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Lekin uning eng taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir. Hozirgi zamonaviy poligrafiya-nashriyotchilik tarmog‘i hujjatlarni tayyorlash va ularning nusxalarini ko‘paytirish, kitob holiga keltirish jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan texnik vositalar qo‘llanadigan etakchi sohalardan biriga aylandi. Natijada, ushbu soha terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda. Albatta, bunday o‘zgarishlar o‘zbek tilining ish ko‘rish doirasini kengaytirib, uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan boyitdi. Ko‘pchilik hollarda yangi terminlar yaratish ishiga oddiy tarjima yoki kalkalash jarayoni sifatida qaraymiz. Terminologiyadagi mavjud kamchilik hamda tartibsizliklarning asosiy sabablaridan biri ham shundadir. Zotan, yangi termin yaratish har taraflama mukammal bo‘lgan ijodiy jarayondir. Har qanday ilmiy-texnikaviy termin oddiy so‘zning yoki so‘z birikmasining terminologiyadagi aksi bo‘lib, u aniq chegaralangan hamda belgilangan mazmunga, bu mazmun esa, kontekstdan qat`iy nazar, faqat shu terminga oid bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, hech qanday til faqat o‘z termin elementlari hisobiga terminologiyasini qura olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki, dunyoda sof tilning o‘zi umuman mavjud emas. Har doim boshqa tillardan termin o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bu jarayondan chekinish mumkin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham xorijiy terminlarni sun`iy ravishda tilga olib kirish har doim o‘zini oqlayvermaydi. Bunday holatlarda ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan foydalanish va bunda termin ifodalashi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyati bilan termin o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashga e`tiborni qaratish lozim. Ko‘p hollarda ba’zi tushunchalarni ifodalovchi terminlar iste`molda mavjud bo‘lmaydi. Natijada bunday tushunchalar o‘ta muhim va ahamiyatli bo‘lishiga qaramasdan, keng tarqalish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
22
Ko‘rsatilgan bu kamchiliklarning ayrimlari o‘zbek terminologiyasida ham mavjuddir. Xususan, tilimizda ayni bir terminni birdan ortiq tushuncha uchun qo‘llash, bir tushunchani turli terminlar bilan atash, variantlilikning mavjudligi, rus tili va u orqali evropa tillaridan o‘zlashtirilgan terminlarning tushuncha mohiyatini to‘g‘ri aks ettira olmasligi, bir tushunchani ifodalovchi terminlarning noqulayligiga sabab bo‘luvchi ko‘p komponentlilik holatining mavjudligi, xorijiy terminlarning keragidan ortiq darajada qo‘llanishi, ayrim terminlarning yozilishidagi har xillik kabi terminologiyaning etakchi tendentsiyasiga zid keluvchi holatlar ko‘plab uchraydi. O‘zbek terminologiyasidagi bunday salbiy holatlarning mavjudligi sohaviy terminologiyalarni tartibga solish borasida hali ko‘p ishlar qilinishi lozimligidan dalolat beradi. Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasb- hunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan, kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
asosiy
kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari” 1 , A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar so‘zlarining bir-biridan farqli ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “...termin – bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, kasb- hunar so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan
23
yarim rasmiy so‘zdir” 1 . T.S. Kogotkova bu fikrga yana ham oydinlik kiritib “Mahalliy ishlab chiqarishning biror sohasi dialektal so‘zlari jamini ishlab chiqarish – kasbkorlikka oid leksika deb ataymiz” 2 deb ta’kidlaydi. Ko‘rinadiki, olimlar termin bilan kasb-hunarga oid so‘zlar o‘rtasida ma’lum farqlar borligini, termin esa muayyan fan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, texnikada va boshqa sohalarda rasmiy qo‘llanila oladigan, qonunlashtirilgan so‘zlarni terminlar hisoblab, kasb-kor, hunarga, ma’lum bir doiraga (dehqonchilik poliz mahsulotlari va shuningdek, taom nomlarini ham) oid so‘zlarni terminlar jumlasiga kiritmaydilar.
24
O‘zbek terminologiyasi va uning taraqqiyot bosqichlari
Reja 1. O`zbek terminologiyasi va uning taraqqiyot bosqichlari. 2. Davlat tili haqidagi Qonun va terminologiya masalalari. 3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Terminologiya qo`mitasining tashkil qilinishi. 4. Sohalar terminologiyasining shakllanishi.
Adabiyotlar 1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968. 4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985. 5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002. 6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv. – T.: 1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya – M., 1977. 8. Doniyorov R.O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -T.:1977. 9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
Har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga etkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda 25
etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili” 1 da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasb- hunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan, kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbek tilshunosligida tarmoq terminlaril birmuncha o‘rganilgan sohalardan biri hisoblanadi. Bu sohada ko‘pgina nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan 2 . Taom nomlari ham ba’zi ishlarning o‘rganish obyekti bo‘lgan.
Lekin o‘rganilgan ishda Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalaridagi taom
nomlari nazardan chetda qolgan.
Vaholanki, Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchramaydigan yoki ma’no jihatdan farqlanadigan juda ko‘p so‘z-terminlar mavjud. Qoraqalpog‘istondagi o‘zbeklar etnik jihatdan ikkita katta guruhga – qipchoq va o‘g‘uzlarga mansubdir. O‘zbeklarning bu xildagi bo‘linishi, ularning til jihatdan farqlanishiga – o‘zbek tilining qipchoq va o‘g‘uz shevalari mavjud bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Mazkur shevalar ayrim lingvistik belgilariga ko‘ra, bir-biridan bir qadar farqlanadi. Shu sababli ham o‘rganilayotgan hudud shevasidagi leksik xususiyatlarni o‘rganish o‘zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi uchun qimmatli ma’lumotlar beradi. Ma’lumki, tilshunoslikda soha atamalarining turli jihatlarini yoritishga doir anchagina izlanishlar olib borilgan. Ushbu muammolarni tadqiq etishga
2222
Mamatov N. Uzbekskaya xlopkovodcheskaya terminologiya: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. – Tashkent, 1955. – 16 s; Ibragimov S. Professionalnaya leksika uzbekskogo yazыka (na materialax ferganskix govorov): Avtoref. dis. … d-ra filol. nauk. – Tashkent, 1961. – 163 s; Abdiyev M. Sohaviy leksikaning sistem tahlili (Samarqand viloyati kasb-hunarlari materiallari asosida): Filol. fanlari doktori … dis. – Toshkent, 2004. – 262 b. 26
tilshunoslardan N.Dmitriev, N.Baskakov, A.Reformatskiy, V.Danilenko, N.Mamatov, S.Ibrohimov, M.Abdiev va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Turkiy tillar materiallari asosida uning terminologik tizimini o‘rganish o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlandi. Bu davrgacha qator turkiy tillarda har xil sohalar bo‘yicha terminlar yuzaga keldi, darsliklar nashr qilindi, rus tilidan ilmiy-texnik adabiyotlarning, turli-tuman o‘quv qo‘llanmalarning tarjima qilinishi sohalar terminologiyasining shakllanishiga ijobiy ta’sirini o‘tkazdi va 50-yillargacha shakllanib ulgurgan, katta lisoniy materiallarni o‘zida jamlagan tarmoqlar terminlarini o‘rganish, ularni tartibga solish tilshunoslik fani oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Shu tariqa milliy turkiy tillarda terminologiya masalalarini tadqiq qiluvchi dastlabki ilmiy ishlar maydonga keldi. Bunday ilmiy ishlarning ilk namunalariga A.Ishayevning Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek
shevalari” (1977),
N.A.Baskakovning “Sovremennoe sostoyanie terminologii v yazikax narodov SSSR” (1959), N.K.Dmitrievning “Grammaticheskaya terminologiya v uchebnikax rodnogo yazika” (1955), F.S.Faseyevning “Tatar telende terminologiya” (1969), B.U.Oruzbaevaning “Slovoobrazovanie v kirgizskom yazыke” (1964), R.A.Urekenovaning “Obrazovanie terminov v kazaxskom yazыke” (1980), M.SH.Gasimovning “Osnovы terminologii azerbaydjanskogo yazыka” (1972), “Azerbajchan dili terminolokijasinin asaslari” (1973). O‘zbek tili tarmoqlar terminologiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan dastlabki tadqiqot 1955- yilda himoya qilingan N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik terminologiyasi” nomli ishidir. Ishda paxtachilik bilan bog‘liq atamalar taraqqiyoti, ularning tasnifi, atamalarning so‘z, so‘z birikmalaridan farqli jihatlari, atamaning ta’rifi, O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanish tarixi va u bilan bog‘liq holda yangi atamalarning paydo bo‘lishi, o‘zbek paxtachiligi atamashunosligining boyishida ichki va tashqi manbalarning hal qiluvchi mavqei atroflicha tahlil etilgan.
27
Keyinchalik H.Jamolxonovning “O‘zbek botanika terminologiyasining tarkib topishi va rivojlanish tarixidan” (nomzodi … diss. 1968), M.Asomuddinovaning “O‘zbek tilida kiyim-kechak va uning qismlarining nomlari” (nomzodi … diss. 1970), T.Nugmanovning “O’zbek tilida polizchilik terminlari” (nom. diss. 1971), M.Bo’ranovning “Terminы jivotnovodstva v uzbekskix govorax Karakalpakii: Avtoref. dis…. kand. filol. nauk. (1972), M.Ramazanovning “Iz istorii formirovaniya i razvitiya uzbekskie matematicheskoy terminologii: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1973), T.Xodjamberdievning “Jivotnovodcheskaya leksika uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1975), S.Azizovning “Leksiko-grammaticheskoe issledovanie muzikalnoy terminologii uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … kand. filol. nauk. (1981),
“Farmatsevticheskaya terminologiya v sovremennom uzbekskom yazike: Avtoref. dis. … kand. fil. nauk. (1982), Z.Xusainovaning “Nazvaniya svadebnix obryadov i tseremoniy v uzbekskom yazike: Avtoref. diss. ... kand. filol. nauk. (1983), N.Ikramovaning “Uzbekskaya kulinarnaya leksika: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1983), A.Madvaliyevning “Uzbekskaya ximicheskaya terminologiya i voprosi eyo normalizatsii: Avtoref. dis. … kand. filol. nauk.
(1986), R.Doniyorovning “Texnicheskaya terminologiya uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … dokt. filol. nauk. (1988), 1
I.Pardayevaning “O‘zbek tilining zargarlik terminologiyasi: Filol. fanlari nomzodi … dis.(1994), Z.Mirxoliqovning “O‘zbek tilida baliq nomlarining lug‘aviy-ma’noviy va grammatik xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi … dis. (1991), M.Saidovaning “Namangan shevalaridagi qarindoshlik terminlarining leksik-semantik tahlili: Filol. fanlari nomzodi ... dis. (1995), A.To`raxojaevaning “Mustaqillik sharoitida o`zbek tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining taraqqiyoti” (nom. diss. 2012) Download 342.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling