Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Download 342.69 Kb. Pdf ko'rish
|
kabilarni
kiritish mumkin. 28
O‘zbek tilshunosligida ham terminlarni o‘rganish borasida yangi qadamlar qo‘yildi, ya’ni ilmiy terminologiyaga oid, kasb-hunarga oid, o‘zbek tili leksikasiga oid
tadqiqotlar, shuningdek, entsiklopediya, izohli lug‘atlar birin-
ketin maydonga keldi. Alohida qayd etish lozimki, 1989- yil oktabrda o`zbek tili davlat tili haqida qonunga ega bo`ldi. Shuningdek, yana bir olamshumul voqeani qayd etib o`tish o`rinlidir. 1991-yili 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo`lib o`z mustaqilligini e`lon qildi. Bu muhim dalillar tilda qadimdan qaror topib kelgan lisoniy informatsiya almashish jarayonini yanada keng miqiyosda rivojlantirishdan iborat muhim vazifani ko`ndalang qildi. Pirovardida, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan sohalar bo`yicha yuzaga kelayotgan lisoniy materiallarni o`zbek tili qonun-qoidalari va talablari doirasida qayta ko’rib chiqish lozimligini taqoza qildi. Ayniqsa, bu jarayonda ijtimoiy-siyosiy hujjatlar va adabiyotlarni mukammal yaratish masalalari muhim rolni o`ynaydi. Zero, O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunining 7-moddasida “Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta`minlaydi, shu jumladan, uni hamma e`tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy qilish hisobiga ta`minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo`mitasinang roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi” deyilgan. 1 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida shunday yozilgan: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
29
Avval Respublika muassasalararo terminologiya komissiyasi nomi bilan tuzilgan komissiya musta q illikdan keyin O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma h kamasi h uzuridagi Terminologiya komiteti sifatida ish boshladi. Uning 40dan orti q so h alar bo`yicha ish olib boruvchi tarmo q lari ish boshladi. Natijada so h alar terminlari tilshunos olimlar va soҳa mutaxassislari ko`magida unifikatsiya q ilindi va tartibga keltirildi. Ammo shuni h am aytish mumkinki, bu jarayonda ba`zi subyektiv sabablar tufayli terminbozlik illatlari ҳam namayon bo`la boshladi. Ayrim “yangilikparvarlar” oldindan ishlatilib kelinayotgan baynalminal terminlarni yoppasiga almashtirish, ya`ni yangi yasalmalar yoxud arabcha, fors-tojikcha so`zlar bilan almashtirish payiga tushdilar. Masalan, gazeta-ro`znoma; jurnal-oynoma, oybitik, majalla, jarida; samolyot-tayyora, aeroport-tayyoragoҳ; respublika-jumҳuriyat; rayon-noҳiya; avtobus- ko`po`rindi q ; radio-ovoznigor; institut-oliygoҳ; fakultet-kulliyot; kurs-bos q ich;
pensiya-nafa q a; posobiya-nafa q a; prezidium-rayosat; jyuri-ҳakam; arbitr- hakam kabi.
30
Sohalar terminologiyasi
Reja 1. Soha terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik terminlarining shakllanishi va rivojlanishi. 3. Pedagogik terminologiya. 4. Texnik terminologiya. 7. Boshqa sohalar terminologiyasi. 8. Terminologik lug’tlar.
Adabiyotlar 1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968. 4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985. 5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002. 6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv. – T.: 1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya – M., 1977. 8. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -T.:1977. 9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
Adabiyotshunoslik terminlarining tarixini uzoq o`tmishdan idirishimizga to`g‘ri keladi. Bunga xalq o g‘zaki ijodi namunalarida uchraydigan yuzlab terminlarni keltirish mumkin. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida mazkur soha terminlarining anchasini uchratish mumkin. Davrlar o`tishi bilan ular son va sifat jihatdan o`zgarib, tushunchaning mohiyatini aniq ifodalay boshlagan. Ushuk, ertak, masal, masalgo`y, rivoyat, maqol, matal, roviy, qissa,
31
tuyuq, g‘azal, chiston, masnaviy, fard, murabba, muxammas, doston, roman, drama, komediya, tragediya, poema, libretto, etyud, novella kabilar shular jumlasidandir. Ularning ko`pchiligi o`zbekcha terminlar bo`lsa, bir qismi arab, fors-tojik va rus tili orqali o`zlashgan.
Adabiyotshunoslikka oid terminologik lug’atlari bir necha bor adabiyotshunos olimlar tomonidan tuzilgan. H.Homidiy, Sh.Abdullayev, S.Ibrohimovalarning “Adabiyotshunoslik terminlari” (1967), V.Rahmonovning “She`r san`atlari” (1972), N.Hotamov va B.Sarimsoqovlarning “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug’ati” (1983), A.Hojiahmedovning “O`zbek aruzi lug’ati” (1998), T.Boboyev va Z.Boboyevalarning “Badiiy san`atlar” (2001), Y.Is’hoqovning “So`z san`ati so`zligi” (2006) kabi lug’atlar shular jumlasidandir. Bugungi o`zbek tilshunoslik terminlari til ҳodisalari bilan bog’liq tushunchalarni to`la ifodalay oladi deyish mumkin. Aytish mumkini, til sathlarining barchasida qo`llaniluvchi tushunchalarni ifodalaydigan terminlar lug’ati yaratilgan. Sinonimlar, antonimlar, omonimlar, paronimlar, iboralar, o`zlashma so`zlar, etimologik lug’at, imlo lug’ati, bevosita tilshunoslik terminlari lug’ati kabilar shular jumlasidandir.
O`zbek tili tilshunoslik terminlari ham uzoq tarixga ega. Mahmud Kosh- g‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida tilshunoslikka oid juda ko`plab terminlarni uchratish mumkin. Shuningdek, tilni maxsus tadqiot obyekti sifatida o`rgangan Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn” asarida o`sha davr filologiyasi tushunchalarini ifodalovchi terminlarni uchratish mumkin. O`tgan asrning boshlarida panislomistlar, panturkislar kabi oqim vakillari turli soha terminlariga munosabat bildirib tilda har xillikning kelib chiqishiga sababchi bo`lganligi ma`lum. Panislomchi guruh tarafdorlari leksikamizdagi ruscha terminlardan voz kechib, arabcha terminlarni tadbiq qilish tarafida 32
bo`lganlar. Panturkistik oqim tarafdorlari esa o`zbek tiliga baynalminal so`z va terminlarni kiritishga tamomila qarshi edi. Ular tilda yangi paydo bo`lgan tushunchalarni ifodalash uchun faqat o`z tildagi so`zlardan foydalanishni taklif qilganlar. Eskirgan so`zlardan foydalanish, ularning ham imkoni bo`lmaganda boshqa turkiy tillardan so`zlar olish, uning ham iloji qolmaganda arabcha va forscha terminlardan foydalanishni taklif qilganlar. Bu holatlar esa termin va terminologiya masalalarini xalqqa to`g‘ri etkazishning imkonini bermasdi albatta. Shuning oqibatida XX asrning boshlarida tilshunoslik terminlarida har xilliklar va chalkashliklar hukm surgani adabiyotlardan ma`lum. Masalan, Kishining og‘zidan chiqibda yozilganda o`ziga tegishli apt (shakl) va tovushga ega bo`lgan narsaga tovushliq (harf) deb aytiladir. O`z boshli (mustaqil) va ko`makchi so`zlar. Kitobni esa ruscha tez va bosilimlarini (urg‘u) joyida qo`yib o`qiy bilmaganlari uchun, Saidiy o`qishi kerak edi. Shuningdek fonetika o`rnida savtiyot, morfologiya o`rnida sarf, sintaksis o`rnida nahv so`zlari qo`llangan. Bugungi o`zbek tilshunoslik atamalari til hodisalari bilan bog‘liq tushunchalarni to`la ifodalay oladi deyish mumkin. Aytish mumkini, til sathlarining barchasida qo`llaniluvchi tushunchalarni ifodalaydigan terminlar lug‘ati yaratilgan. Sinonimlar, antonimlar, omonimlar, paronimlar, iboralar, o`zlashma so`zlar, etimologik lug‘at, imlo lug‘ati, bevosita tilshunoslik terminlari lug‘ati kabilar shular jumlasidandir. Ammo ba`zi lug‘at, darslik va qo`llanmalarda tilshunoslik terminlarini ishlatishda ham har xilliklarni ko`rish mumkin. Ayniqsa, maktab darsliklari bilan oliy ta`lim darsliklarida bunday holat ko`zga tashlanadi. Masalan, termin o`rnida atama, sinonim-ma`nodosh, antonim-zid ma`noli, omonim-shakldosh, fonetik-tovushshunoslik, leksikologiya-so`zshunoslik kabi holatlarni kuzatish mumkin.
Ammo unutmaslik kerakki, bir-ikki terminni tarjima qilish yoki almashtirish bilan ish bitmaydi. O`sha o`zgartirilayotgan termin bilan bog‘liq yasalmalarning ham taqdirini hisobga olish kerak, albatta. Deylik, omonim terminini shakldosh terminiga almashtirsak, omonimiya, omofon, omograf, omoleksema kabi terminlarni qanday ataymiz.
33
Pedagogik terminologiya ta`lim tizimining barcha jabhalarida faol ishlatiladi desak, xatolashmagan bo`lamiz. Tarixga nazar tashlasak, DLTda 70ga yaqin ta`lim-tarbiyaga oid leksema borligi qayd etiladi. Demak, Sharqdagi ta`lim-tarbiyaning ildizlari olis tarixga borib taqaladi.. O`tgan asrning boshlarida Turkiston xalqlarining milliy ongining o`sishi, maktab va madrasalarning isloh qilinishi, ularda dunyoviy bilimlarning kengroq o`qitilishi natijasida pedagogik terminlarga bo`lgan ehtiyoj kuchaya borgan. Behbudiy, Shakuriy, Ayniy, Hamza, Munavar qori, Avloniy va boshalarning Rusiya, Qirim, Orenburgda ochilgan yangi musulmon maktablari, ularning o`qitish va o`qitish usuli bilan tanishib, maҳalliy shaproitlarga moslashtirib maktablar ocha boshladilar. Natijada shu maktablarga mos darslik va qo`llanmalar maydonga keldi va bu darsliklarda ilk bor ta`lm-tarbiyaga oid maxsus terminlar shakllana boshladi. Pedagogik terminologiya masalalari N.Usmonov tomonidan maxsus tadqiq qilingan. U pedagogik terminlarni avvalo, ikki katta guruhga ajratib ko`rsatadi. 1.
2.
Tarbiya nazariyasi terminlari. Shuningdek, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi terminlarning ichki bo`linishiga ham e`tibor qaratgan. 1. Ta`lim sistemasiga aloqador terminlariga o`quv rejasi, o`quv predmeti, ta`limning tarbiyalovchilik xarakteri. 2. Tarbiya sistemasiga oid terminlar: tarbiyalash, tarbiyachi, axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi va h. 3. Faoliyati ta`lim-tarbiya bilan bog‘li shaxs nomlari: rektor, prorektor, dekan, o`qituvchi, sinf rahbari kabi. Bulardan tashqari, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi o`zlashma terminlar ham talaygina. Institut, pedagogika, metod, praktika, abiturient, maktab, dars, 34
muallim, imtiҳon, kitob, maktab va h. Tadqiqotchining ko`rsatishicha, o`n mingdan ortiq pedagogik terminlar mavjud. Texnikaviy terminologiya o`zbek tili so`z boyligining salmoqli qismini tashkil qiladi. U texnikaning doimiy taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda tinimsiz boyib, takomillashib boradi. Bugungi kunda turmushimizning turli-tuman sohalarida ishlatiladigan texnikalar sonining o`zi nechta. Uning adog‘iga yetish mushkul bo`lsa kerak. Kundalik maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy utyug, muzlatgich, gaz plitkasidan tortib, murakkab agregatlar: katta zavodlardagi texnikalar, harbiy arsenaldagi texnikalar, samolyot yoki kosmik raketalar va ular bilan bog‘liq terminlarning sanab adog‘iga yetish mumkinmikin. Ma`lumotlarga qaraganda, hozirgi samolyotlarda sakson mingdan ortiq detal (qism) mavjud ekan. Bu degani sakson mingdan ortiq so`z. Boshqa texnikalarda-chi. Demak, tilshunoslar va soha mutaxassislari oldida texnik terminologiyaning har bir sohasiga jiddiy munosabatda bo`lish va omma uchun tushunarli variantlarini taklif qilishdek murakkab vazifa turibdi. Texnik terminologiyadagi nuqsonlardan biri dublet (sinonim) terminlarning ko`payib ketishidir. Masalan, tirkama-tirkagich, tirsakli val-tirsaksimon val, pritsep- tirkama-arava, ariq qazish mashinasi-ariq kovlash mashinasi, kartoshka kovlash mashinasi-kartoshka qazish mashinasi, silliqlash stanogi-jilvirlash stanogi va h. Bunday har xilliklar tilda meyorning buzilishiga olib keladi. Yoki teleuzatishlar yoki katta sahnalar bilan bog‘liq jarayonda chiroq ustasi degan kasbiy terminga duch kelamiz. Buni eshitgan odam dastavval u chiroqni yaxshi tuzatadigan usta bo`lsa kerak deb o`ylaydi. Vaҳolanki, bu kasb egasi butunlay boshqa ish bilan shug‘ullanadi, ya`ni u sahnani turli ranglarda yoritish ishi bilan shug‘ullanadi. U ruschada master sveta deb yuritiladi. Mazkur sohaning terminlari professor Renat Doniyorov tomonidan tadqiq qilingan. Ma’lumki, tillar leksikasini boyitish asosan ichki resurslardan foydalangan holda so‘z yasash usulidan va boshqa tillardan leksemalar o‘zlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. So‘z yasash mohiyati va uning hilma- 35
xil usullari (sintetik, analitik, leksik), o‘zlashtirmalarning ahamiyatiga etarli baho bera olish va ulardan chiqadigan umumlashmalar bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar chiqarishga imkon tug‘diradi.
Shu jihatdan qaraganda, ayrim tillar leksikasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq nafaqat qardosh bo‘lmagan tillar, balki qardosh tillar leksikasini ham tarixiy va qiyosiy-chog‘ishtirma rejada tadqiq qilish o‘ziga xos ahamiyatga egadir.
I.Ismailovning 1966-yilda nashr ettirgan monografiyasi muhim ishlardan biri sanaladi. 1 Muhimi shundaki, mazkur ishda, o‘zbek va uyg‘ur tillardagi “qon-qorindoshlik terminlari” (ota, ona, aka,t og‘a, xola, bo‘la (bobo), buvi, amma, nabira), “nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari” (er, xotin, kuyov, kelin, pochcha, boja, ovsin, qaynota, qaynona, quda), nihoyat, “tutingan so‘zi bilan ifodalangan yaqinlik nomlari” (tutingan ota, tutingan ona, tutingan o‘g‘il, tutingan opa, tutingan aka-uka) ning bir-biridan farqi, o‘xshash jihatlari, bunday terminlarning paydo bo‘lishi va amalda qo‘llanish me`yorlari atroflicha tahlil etilgan. Muallifning o‘zi qayd etganidek, “o‘zbek va uyg‘ur tilidagi qavm-qarindoshlik terminlarining bir-biridan farqi, shuningdek, ularning tarixiy taraqqiyoti, shevalardagi ko‘rinishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bu tillardagi umumturkiy birlik va har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari, bir- biridan farqlari tahlil etiladi”. Muhim dalil sifatida shuni alohida ta’kidlab o‘tamizki, keyingi yillarda turkiy tillarning ayrim leksik qatlamlarini qiyosiy yo‘sinda o‘rganishga bag‘ishlangan yana bir nechta monografiya yuzaga keldi. Shulardan biri “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasining taraqqiyoti 2 ” deb nomlanadi. D.X.Bazarova va K.Sharipovalar tomonidan yozilgan monografiyada Markaziy Osiyo xududidagi turkiy tillar va ularning ayrim shevalarda qo‘llanilgan zoologik terminlar, jumladan, otlar, tuyoqli yovvoyi hayvonlar, ushoq mollar, qoramollar, cho‘chqalar va ular bilan aloqador o‘nlab leksemalar tadqiqot obyekti qilib olingan. Muhimi shundaki, bunday
36
terminlarning o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur tillarida qo‘llanish doirasi, leksik- semantik xususiyatlari etarli dalillar asosida isbotlab berilgan. Ammo mazkur ishda “termin”, “so‘z” (slovo), “nom” (nazvanie) kabi leksemalar aralash holda ishlatilaverganini ham ko‘rsatib o‘tilgan. R.Doniyorov va A.Qosimovlar mazkur ishning yutuq va kamchiliklari haqida o‘z fikrlarini bildirishgan 1 .
Qozog‘iston turkiy tillar leksikasidan tadqiqot 2 nomli monografiya maydonga keldi. Ushbu tadqiqot ham turkiy tillar leksikasini qiyosiy rejada tahlil qilishga bag‘ishlangan muhim ishlar. Unda “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi turkiy tillar so‘z boyligining maxsus atamalari-uy-ro‘zg‘or buyumlari, mevali daraxt va poliz ekinlari nomlari qiyosiy-tarixiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda regiondagi turkiy tillarning so‘z boyligi, sohalar leksikasi, ularning shakllanishi, taraqqiyoti va o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq hamda turkman tillarining o‘zaro munosabati, ularning bir-biriga ijobiy ta’siri” kabi jihatlar etarli dalillar orqali atroflicha yoritilgan.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hamda mustaqillikka erishganligimiz munosabati bilan tilimizda qo‘llanilib kelayotgan ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarning anchasi har ikkala tildagi mos muqobillari bilan almashtirila boshlandi. Masalan, o‘zbek tilida qo‘llanib kelgan terminlar qo‘yidagicha almashtiriladi: Abstrakt – mavhum, avtograf – dastxat, adaptatsiya – moslashish, administratsiya – ma’muriyat, direktiva – ko‘rsatma, krizis – tanglik va b.
37
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning paydo bo‘lish
tarixini qadimdan boshlashimiz zarur. Umumturkiy meros bo‘lmish O‘rxun-enisey va boshqa yodnomalarda o‘z ifodasini topgan qag‘an, budun, balыq (“shahar” ma’nosida), sab (“kengash” ma’nosida), bitikchi (“kotib” ma’nosida), alp (“qahramon” ma’nosida) kabi terminlar buning yaqqol misolidir. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar, tabiiyki, o‘zining leksik qatlamlarida ham o‘z ifodasini topadi. Bu fikrimizni M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi qo‘yidagi ijtimoiy-siyosiy terminlar misolida ham ko‘rish mumkin : and, buzun, baæ, boæun (“jamoa” ma’nosida), bachèg‘ (“ahd” ma’nosida), beg, æarlèg‘, boæ (“qabila” ma’nosida), æag‘è, bulg‘aq (“fitna” ma’nosida), æer (“mamalakat” ma’nosida) va hokazo 1 . O‘sha davr ijtimoiy- siyosiy terminologiyasing muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ularning ba’zilari hozirgi kunda ham o‘zbek va qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda faol qo‘llanib kelinmoqda (el-el, boy-bay, ont-ant). H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib olingan XI-XIV asrlar Download 342.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling